13-Ma’ruza Magnit maydoni va moddaning magnit xossalari Reja


Download 408.23 Kb.
bet2/4
Sana07.03.2023
Hajmi408.23 Kb.
#1245173
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza13

5 - rasm. Yassi kontur tekisligiga parallel bo’lgan magnit maydonining ta’siri
1-hol. magnit induktsiya vektori kontur tekisligiga paralleldir.
O’tkazgichning va kesmalar bilan ajratilgan dh qismini ajratib olaylik. Amper qonuniga binoan ularga qarama-qarshi yo’nalgan juft kuchlar ta’sir etadi. Kesmalarga ta’sir etuvchi kuchlar quyidagicha aniqlanadi.
, (13.5)
, (13.6)
Bu kuchlar qarama-qarshi yo’nalgan va aylanish momentini tashkil etuvchi juft kuchlardir:
.
Bu yerda b - bo’lakning uzunligi, dS - esa uning yuzasi. Agar butun kontur yuzasini parallel bo’lakchalarga bo’lsak va ularga ta’sir etuvchi juft kuchlarning kuch momentlarini yig’ib chiqsak, butun konturga qo’yilgan natijaviy kuch momentini hosil qilamiz:
, (13.7)



6 - rasm. Yassi konturga uning tekisligiga perpendikulyar bo’lgan magnit maydonining ta’siri
2-hol. Magnit maydon induktsiya vektori kontur tekisligiga perpendikulyar joylashgan (6 - rasm).
Konturning istalgan kichik bo’lagi ga ta’sir etuvchi kuch quyidagiga tengdir:
, (13.8)
bu kuch normal bo’yicha bo’laklarga yo’nalgan bo’ladi va konturni aylantirmay, cho’zadi.
Agar tok kuchi yoki magnit maydon induktsiyasi qarama-qarshi tomonga yo’nalishini o’zgartirsa, bu kuchlarning yo’nalishi o’zgarib, konturni siqadi yoki kengaytiradi.
Umumiy hol. induktsiya vektori konturga o’tkazilgan normal bilan a burchak tashkil qilsa, vektorni ikkita tashkil etuvchiga ajratamiz (7 - rasm).

7 - rnsm. Istalgan yo’nalishdagi magnit maydonining yassi konturga ta’siri
Induktsiya vektorining normal tashkil etuvchisi konturni cho’zishi yoki siqishi mumkin.
Induktsiya vektorining tangentsial tashkil etuvchisi konturga ta’sir etuvchi aylanma momentni hosil qiladi
M = I · B sinα .
Vektor ko’rinishida quyidagicha ifodalaymiz:

, (13.9)
bu yerda normal yo’nalishdagi birlik vektor, - tokning magnit momentidir.
- umumiy hol bo’lib, undan 1- va 2- xususiy hollarni olish mumkin
( va )
Magnit momenti bo’lgan kichik tokli konturni, muvozanat holatida magnit maydonidagi nuqtaga joylashtiramiz va kontur tekisligida yotuvchi ixtiyoriy o’q atrofida 900 burchakka buramiz. Bu holda unga ta’sir etuvchi aylantiruvchi moment maksimal qiymatga erishadi (Mmax=RmB) va magnit induktsiyasi
, (13.10)
ga teng bo’ladi. Muvozanat holatda V ning yo’nalishi kontur tekisligiga normal bo’yicha yo’nalgandir.
Magnit induktsiya vektori – elektr maydon kuchlanganligi ga o’xshash magnit maydonining asosiy xarakteristikasidir.
Magnit maydonini ham elektr maydon kuchlanganligi chiziqlariga o’xshash induktsiya chiziqlari orqali grafik usulda tavirlash mumkin.
Magnit induktsiya vektori har bir nuqtada induktsiya chiziqlariga urinma bo’ylab yo’naladi (8 - rasm).


Download 408.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling