13-Ma’ruza Mavzu: Qurilish keramikasi ishlab chiqarish. Ma’ruza rejasi


- Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 1.38 Mb.
bet2/2
Sana02.11.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1740931
1   2
Bog'liq
13-Ma\'ruza

14.1- Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologiyasi.
Plastik usulda qoliplovchi lentali press tuzilishi va ishlash prinsipi.
Lentali pressning asosiy vazifasi namlantirilgan tuproqni plastik qoplash va lenta xolidagi buruss xosil qilish. Lentali press quyidagi qisimlardan iborat. Bular yuritma, aralashtirish kamerasi, lentali kamera, qoliplash qismidan iborat. Lentali pressning ishchi elementlari quydatuproqardan iborat bo‘ladi. Elektromotor, friksion mufta, reduktor aralashtirgich, konusli shnek, pichoq, ta’minlovchi valik, press shneki, presslash kalonkasi, mundshtuk, shnekli val qismlardan iborat.

14.2- rasm. Lentali press kinematik sxemasi.
1. Elktromotor, 2. Muft, 3. Reduktor, 4. Etaklovchi yulduzcha, 5. Etaklanuvchi yulduzcha, 6. Ta’minlovchi valik, 7. Press silindr qismi, 8. Loy aralashtirgich, 9. Lopastli val, 10. SHnekli val, 11. Zanjirli uzatma.
Lentali press quyidagicha ishlaydi. Tuproq aralshtirgichda lopastlar (kurakchalar) yordamida aralashtirilib, namligi 18-25% qilib tayyorlangandan so‘ng aralashtirgich kurakchalari yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Mufta joylangan bo‘lib, u yaxshilab aralashgan loy massasini lentali-kamera tomonga yo‘naltirib beradi. Loy massasi lentalilanganda undan qisman havo chiqarilib yuboriladi. Natijada loy massasining plastikligi ortadi va qoliplash namligi kamayadi, hom ashyo quritish vaqti qisqaradi va mustakamligi ortadi. Lentali kameradan loy massasi ta’mnlovchi valik va zichlovchi shnek oralig‘ida qo‘shimcha maydalaniladi, aralshtiriladi. Zichlanadi va almashuvchi mundshtuk bilan jihozlangan pressning chiqish teshigi orqali bruss ko‘rinishida chiqariladi. Mundshtukni almashtirib shakli va o‘lchamlari turlicha bo‘lgan burus olish mumkin.
14.3- rasm. Lentali press konstruktiv sxemasi.
Ma’ruzani mustaxkamlash uchun savollar beradi.
1.Keramik mahsulotlar olish uchun hom-ashyo nima ?
2. Keramik g‘isht olishning qanday usullarini bilasiz ?
3. Hom-ashyoni qazib olish va aralashma tayyorlashda
kaysi mashinalardan foydalanilidi ?
4. Xom-ashyo omborlari kanday jihozlanadi ?
5Lentali presslar nimaga ishlatiladi va qanday tuzilgan ?
6. Lentali presslarning kanday turlarini bilasiz ?
7. Lentali pressning asosiy ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi
va ular qanday hisoblanadi ?
Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxati
1. Qosimov E. Qurilish ashyolari. Oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun . - darslik. T.:«Mehnat»-2004, - 512 b.
2. Mikulskiy V.G., Gorchakov G.I., Kozlov V. «Stroitelnыe materialы», M.1996 g.
3. Samigov N.A., Samigova M.S. “Qurilish materiallari va buyumlari”. Toshkent. “Mehnat ”, 2004y. 310b.
4. Gorchakov G.I., Bajenov YU.M. «Stroitelnыe materialы», M. 1989 g.
Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling