13-maruza: Sanoat binolarining zamonaviy konstruksiyalari. Bir qavatli sanoat binolarining rejasi oddiy


Sanoat binolarining qo‘shimcha elementlari


Download 90.95 Kb.
bet24/25
Sana13.11.2023
Hajmi90.95 Kb.
#1770747
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

Sanoat binolarining qo‘shimcha elementlari

Sanoat binolarining qo‘shimcha elementlariga zinalar, parda devorlar, darvozalar, eshiklar, yong‘inga qarshi to‘siq devorlar, deformatsiya choklari, uskunalar poydevori va hakozolar kiradi.


Sanoat binolarida ishlatiladigan zinalarni ko‘p qavatli sanoat binolarida ishlatilib, ularni vazifasi, hamda antresol qavatlariga, xizmat maydonchalariga va etajerkalariga ko‘tarilish va kishilarni evakuatsiya qilish uchun mo‘ljallangan (turar- joy va jamoat binolaridagi kabi) (2.54–rasm) bo‘lib, bunda ko‘p qavatli sanoat binosi
marshi eni 1350, 1500 va 1750 mm, ko‘tarilish balandligi 1,2 m dan 2,1 m gacha qabul qilinadi.

    1. rasm. Ko‘p qavatli sanoat binosi zinalari.




a – ikki marshli (yaxlit marshli); б – uch marshli, alohida bosqichlari kosourlar ustiga qo‘yilgan.1 – kosour; 2 – qo‘l ushlagich (panjara); 3 – balka (to‘sin); 4 – lift.
Xizmat zinalari – xizmat (ish) maydoni bilan aloqa qilish uchun, ko‘prik kranlar kabinasiga ko‘tarilish uchun muhim qurilish konstruksiyalarini ko‘zdan kechirib turish uchun o‘rnatiladi. Ularni po‘lat konstruksiyalardan tayyorlanadi (2.55, 2.56, 2.57–rasmlar).
Yong‘in paytida foydalaniladigan zinalarning asosiy vazifasidan tashqari sanoat binolarining balandliklari har xil bo‘lgan joylarda va fonarlarning to‘ri qismida o‘rnatiladi. Avariya zinalari kishilarni yong‘in va avariya yuz bergan paytda binodan evakuatsiya qilishda, asosiy zinalardan foydalanishning iloji bo‘lmay qolgan taqdirda
ishlatiladi. Bunday zinalarni eng uzoq ish joyidan to chiqish joyigacha bo‘lgan masofasi 30 m dan 100 m gacha bo‘lib, ishlab chiqarish kategoriyasiga, bino qavatiga, o‘tga chidamliligiga bog‘liq bo‘ladi. Ular po‘lat yoki temirbetondan tayyorlanib, bino tashqarisiga ko‘p marshli konstruksiyada o‘rnatiladi.
    1. rasm. Xizmat zinalarining konstruktiv yechimlari.




a – marshli; б – marsh yuqori qismining tayanishi; в – marsh ostki qismining beton yostiqqa mahkamlanishi; g – narvon; 1 – shveller; 2 – list; 3 – po‘lat tasma; 4 – har 300 mm masofada qo‘yiladigan diametri 18 mm li sterjen; 5 – o‘lchami 100x100x6 mm bo‘lgan plastina;6 – burchaklik.

    1. rasm. Ko‘prik kraniga chiqish uchun mo‘ljallangan xizmat zinasining stex ichki ustunlarida joylashish sxemasi.




    1. rasm. Sanoat binosi etajerkasi.




1 – ustun; 2 – ishchi maydon; 4 – texnologik jihozlar.
Parda devorlarni to‘suvchi va ajratuvchi turlarga bo‘linadi. To‘suvchi parda devorlar omborlarni bo‘lishda, idoralarni va yordamchi xonalarni bir–biridan ajratishda qo‘llaniladi. Bunday parda devorlar shift qismiga etmagan bo‘ladi. Ularni temirbeton, metall va yog‘och materiallaridan yig‘iladigan ya’ni qismlarga ajratiladigan qilib tayyorlanadi. Ularning balandliklari 2,2 metrdan 3 metrgacha bo‘lib, eni esa 500 mm dan oshib boruvchi o‘lchamlarga teng bo‘ladi (2.58–rasm).
    1. rasm. Metall to‘rli devor.




1 – to‘r simni qotirishda ishlatiladigan ust quyma; 2 – parma; 3 – burchaklardan qilingan shit belbog‘i; 4 – sim to‘r; 5 – belbog‘ simi; 6 – po‘lat list; 7 – anker bolti; 8 – ustun.
Ajratuvchi parda devorlarni zararli tutun, chang ajralishi bilan bog‘liq bo‘lgan shovqinli ishlab chiqarish uchastkalarini boshqa uchastkalardan ajratish uchun (izolyatsiya qilish uchun) o‘rnatiladi. Ular g‘isht, blok, yig‘ma temirbeton panellardan o‘rnatilib, tom shiftigacha bekitiladi.

Darvozalar transport vositalarini kirib–chiqadigan joylarda tashqi devorlarda ko‘zda tutiladi. Darvozalarning konstruksiyasi va turlari transport vositalarining harakteriga, gabarit va asbob–uskunalar katta–kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Ochilib –


yopilishiga ko‘ra darvozalar tovaqali, ikki yoki bir yoqqa surilib ochiladigan, ko‘tarilib ochiladigan va shtorasimon bo‘lishi mumkin (2.59–rasm). Materialga ko‘ra darvozalar yog‘ochdan, metall sinchli yog‘ochdan va butunlay metalldan bo‘ladi (2.60–rasm).

    1. rasm. Sanoat binolari darvozalarining asosiy turlari.





Download 90.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling