13-Mavzu. Alohida kredit turlari Reja
debet qoldig‘i bo‘yicha mijoz bankka kredit Shartnomasida ko‘rsatilgan foiz stavkasiga muvofiq foiz to‘laydi;
Download 272.34 Kb. Pdf ko'rish
|
13-Mavzu. Alohida kredit turlari Reja
debet qoldig‘i bo‘yicha mijoz bankka kredit Shartnomasida ko‘rsatilgan foiz stavkasiga muvofiq foiz to‘laydi; kredit qoldig‘i bo‘yicha bank mijozga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha Shartnomaga muvofiq foizlar to‘laydi; Kontokorrent hisobvaraq amal qiladigan muddat 12 oydan oshmasligi kerak. Qarz oluvchi 12 oy o‘tgach, kredit qoldig‘in ta’minlashi kerak. Agar kreditlash muddati tugagan vaqtda debet qoldig‘i mavjud bo‘lsa, u to‘liq so‘ndirilguncha kredit hisobidan pul berilmay turiladi. Kredit Shartnomasi shartlari bajarilsa, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lsa, kontokorrent hisobvaraq bo‘yicha kredit uning yozma iltimosnomasi asosida, ilgari berilgan limit doirasida tiklanishi mumkin. Har oyda kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha qoldiq tahlil qilinadi. Bunda mablag‘lar hisobvaraq bo‘yicha harakatlanishi ko‘rib chiqilishi, oy davomidagi debet va kredit aylanmalari hisobga olinishi zarur. Kredit aylanmalari ko‘p bo‘lgan hollarda, Shuningdek qarz oluvchining xo‘jalik-moliyaviy faoliyat natijalari asosida kredit xodimi xulosa chiqaradi. Shu xulosaga asosan kontokorrent hisobvarag‘idan bundan buyon ham foydalanish maqsadga qanchalik muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin. Qarz oluvchi moliyaviy ko‘rsatkichlarni buzgan, uning to‘lov qobiliyati yomonlashgan va yaxshilanishi ehtimolidan uzoq bo‘lgan hollarda, kredit qo‘mitasi qarz oluvchini kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha kreditlashni to‘xtatish va ilgari berilgan kreditlarni ko‘zda tutilgan tartibda undirib olish masalasini ko‘rib chiqadi. 2. Overdraft kontokorrentning alohida shakli hisoblanadi. Uning o‘ziga xos tomoni Shundaki, bank mijozga qisqa vaqt davomida uning hisob-kitob hisobvarag‘ida debet qoldiq bo‘lishga ruxsat beradi. Overdraftdan foydalanish huquqi, qoida tariqasida eng ishonchli mijozlarga beriladi. Overdraft hisobvarag‘idan kreditlar qarz oluvchining asosiy faoliyatiga taalluqli tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul hisob-kitob hujjatlari haqini to‘lash yo‘li bilan beriladi. To‘lovlarning boshqa turlari (kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar, ish haqi, byudjetga to‘lovlar va boshqa to‘lovlar) overdraft hisobvarag‘idagi kredit qoldig‘i doirasida o‘tkaziladi. Overdarft qo‘llanilganda qarz oluvchining overdraft hisobvarag‘iga kiritiladigan barcha summalar qarzni qoplashga yo‘naltiriladi. Natijada mablag‘lar kelib tushgani sayin kredit hajmi o‘zgarib borishi mumkin. Qarzdan foydalangalik uchun foizlar amaldagi kelishilgan stavkalar bo‘yicha undiriladi. Kontokorrent hisobvarag‘idagidan farqli o‘laroq, overdraft ko‘rinishidagi qarz bank bilan mijoz o‘rtasidagi Shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit berish shartlari va uni qaytarish tartibiga ko‘ra bank qarz oluvchiga hisobvaraqda turgan mablag‘lardan ortiq summadagi haqni to‘lashga ruxsat etmaslik huquqiga ega bo‘ladi. Overdraft shaklida kredit berilganda kredit oluvchi har bir oy oxirida overdraft bo‘yicha kredit qoldig‘i bo‘lishini ta’minlagi lozim. Agarda bankda mijozning depozit hisobvarag‘i bo‘lsa, u holda depozit mablag‘lari dirasida unga doimiy debet qoldig‘iga ega bo‘lish huquqi beriladi. Oy oxirida ushbu bankda qarz oluvchining depozit mablag‘lari bo‘lmasa va overdraft bo‘yicha debet qoldig‘i bo‘lsa, u to‘liq qoplangunicha bunday qarz berish to‘xtatib turiladi. Qarz oluvchi overdraftdan foydalanilgan hollarda u mazkur kredit turini boshqasiga qayta rasmiylashtirish huquqiga ega. Buning uchun kredit qaytarilishi ta’minlangan bo‘lishi hamda qisqa muddatli kreditlash yuzasidan belgilangan muddatga rioya etilishi shart. Overdraft kontokorrent sifatida qayta rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 3. Lombard krediti asosiy faoliyatga taalluqli tovar-modiiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash uchun qimmatli qog‘ozlarni garovga olib, alohida qarz hisobvarag‘idan beriladigan qisqa muddatli qarzdir. Lombard krediti ta’minoti sifatida quyidagilar garov Shartnomasi rasmiylashtirilib berilishi mumkin: davlat qimmatli qog‘ozlari; boshqa emitentlarning aksiyalari va obligatsiyalari, veksellari va depozit sertifikatlari. Bankning o‘z aksiyalari garov sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Lombard kreditining o‘ziga xos xususiyati Shundan iboratki, garov Shartnomasi tuzilgan kundagi nominal qiymat bo‘yicha emas, balki garov sotilayotgan vaqtda yuzaga keladigan kurs xatarlari munosabati bilan, uning muayyan qismi uchun baholanadi. Shu bois, qimmatli qog‘ozlarni garovga olib lombard kreditini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotganda bank qarz oluvchining moliyaviy ahvoli va kredit qobiliyatini tahlil qilish bilan bir vaqtda kredit ta’minoti tarzida qabul qilinadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida hamda ularning kurs xatari darajasini baholashga alohida e’tibor beradi. Shu tariqa, qimmatli qog‘ozlar kotirovkalanayotganda ularning kurs xatarini belgilab beruvchi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi birja kursi o‘zgarishlari munosabati bilan qimmatli qog‘ozlarning garov qiymati birja qiymatining 80 foizidan, kotirovkalanayotgan qimmatli qog‘ozlar garov qiymati esa, nominal qiymatning 60 foizidan oshmasligi zarur. Qimmatli qog‘ozlarni garovga olib beriladigan kredit muddati qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish muddatidan oshmasligi lozim. Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasining birja kurs kredit Shartnomasida qayd etilayotganida fond birjasidagi oxirgi savdolarda chiqarilgan kotirovka ma’lumotlari hisobga olinadi. Davlat qimmatli qog‘ozlari reyting sifati ayniqsa Yuqoridai darajada bo‘ladi. Shu bois ular garovga qabul qilinayotganda beriladigan kreditning maksimal summasi ular garov qiymatining 90 foizigacha etishi mumkin. Qarz oluvchi fond bozoridagi sotib olgan boshqa qimmatli qog‘ozlar garovga olinayotganda kredit maksimal summasi ular garov qiymatining 80 foizidan Yuqoridai bo‘lmaydi. Lombard kreditini berish, qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foiz to‘lash tartibi umumiy asoslarda amalga oshiriladi va u alohida qarz hisobvarag‘i bo‘yicha kreditlash tartibiga o‘xshashdir. Asosiy faoliyat bilan bog‘liq tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash maqsadida tuzilgan pul hisob-kitob hujjatlari pulini to‘lash uchun qabul qilinadi. Qarz oluvchi bankka garovga qo‘ygan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlarga foizlar qo‘shilmaydi. Qimmatli qog‘ozlarni garovga olib kredit Shartnomasi tuzilganidan keyin bank qimmatli qog‘ozlar emitentiga uning qimmatli qog‘ozlarini garovga qo‘yish bitimi tuzilganligini hamda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar kiritilishi lozim bo‘lgan depozit hisobvarag‘i raqamini ma’lum qiladi. Lombard kredit beriladigan hollarda garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar qarz oluvchining muddatsiz depozit hisobvarag‘iga qo‘yiladi (depozit Shartnomasi rasmiylashtirilmasdan) va birinchi navbatda ularni saqlash xarajatlarini qoplashga, Shuningdek, kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga yo‘naltiriladi. Kreditlash jarayonida bank garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi birja kursidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi teleks, kompyuter aloqasi va aloqaning boshqa turlari yordamida axborot to‘plab beradi. Kreditlash davomida Fond birjasida o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati pasaygan bo‘lsa, u holda kredit qo‘mitasining qaroriga muvofiq qarz oluvchiga Shu summada qo‘shimcha ta’minot berish talabi bildirilishi yoki kredit miqdori kamaytirilib, kreditning ta’minlangan qismi muddatidan oldin undirib olinishi mumkin. Lombard krediti bo‘yicha barcha majburiyatlari bajarilgandan keyingina garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar va ular bo‘yicha olingan daromadlar qarz oluvchiga qaytariladi. Lombard kredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan hollarda bank imtiyozli davr tugaganidan keyin garov to‘g‘risidagi amaldagi qonunga muvofiq o‘z garov huquqidan foydalanadi. Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir. Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol krediti iste’mol kreditining shakllaridir. Iste’mol krediti iste’mol krediti berish qoidalariga muvofiq iste’mol krediti Shartnomasi (bundan buyon matnda Shartnoma deb yuritiladi) bo‘yicha to‘lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi. Iste’mol krediti o‘z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga (bundan buyon matnda daromadlar deb yuritiladi) ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga beriladi. Iste’mol krediti berish qoidalari iste’mol krediti beruvchi tashkilot tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. Iste’mol krediti berish qoidalari hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lishi va ularda iste’mol krediti berish shartlari, Shuningdek kredit miqdori, uni berish muddati, foiz stavkasi, iste’molchi to‘lashi lozim bo‘lgan to‘lovlar jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kreditga sotish sotuv kunida amalda bo‘lgan narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining keyinchalik o‘zgarishi Shartnoma taraflarining majburiyatlariga ta’sir etmaydi. Moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanilganda: Shartnoma iste’molchi tomonidan tovarni (xizmatni) sotib olishga doir Shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin; iste’molchi moliyaviy iste’mol krediti olish to‘g‘risida iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilishi shart. Moliyaviy iste’mol krediti berish O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotning bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Iste’molchi olingan iste’mol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda iste’molchi faqat iste’mol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar to‘laydi. Iste’molchi tomonidan Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi: bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati; uchinchi shaxslarning kafilligi; mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi, Shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari; qonun hujjatlarida va Shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanishi mumkin. Iste’molchining daromadlari hajmi, Shuningdek Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining iste’molchi tomonidan taqdim etilgan ta’minoti iste’mol krediti summasini qaytarish va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun etarli bo‘lishi kerak. Moliya iste’mol krediti berish Shartnomasi va uning qarz oluvchi tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasiga kredit tarixini shakllantirish uchun joylashtiriladi va ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi. Iste’molchi Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil iste’mol kreditini qaytarish muddati tugagach, iste’mol krediti beruvchi tashkilotning birinchi talabiga binoan qonun hujjatlariga va Shartnomaga muvofiq iste’mol krediti summasini qaytarishi hamda mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashi shart. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan fermer xo‘jaliklariga g‘alla etishtirish uchun "O‘zdonmahsulot" tayyorlov korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya Shartnomasi summasining 30 foizigacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga kontraktatsiya Shartnomasi summasining 80 foizigacha miqdorida kredit berilishi mumkin. Jamg‘arma kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan paxta xom ashyosi etishtiradigan fermer xo‘jaliklariga ushbu kredit kontraktatsiya Shartnomasi summasining 20 foizgacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga beriladigan kredit miqdori kontraktatsiya Shartnomasi summasining 70 foizigacha miqdorda beriladi. Kreditlar belgilangan shartlar asosida kreditni qaytarishga qodir bo‘lgan qarz oluvchilarga Shartnoma asosida 1,5 yilgacha (18 oy) bo‘lgan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i joylashgan manzil bo‘yicha beriladi. Kreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi: Download 272.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling