13-Mavzu. Alohida kredit turlari Reja
Download 272.34 Kb. Pdf ko'rish
|
13-Mavzu. Alohida kredit turlari Reja
13-Mavzu. Alohida kredit turlari Reja: 1.Alohida schyotdan kreditlash va kredit liniyasini ochib kreditlash tartibi. Kontokorrent schetidan kreditlash. 2.Overdraft bo‘yicha kreditlash va uni o‘ziga xos xususiyatlari. Lombard krediti va undan foydalanish imkoniyatlari. Revolver kreditini berish tartibi va uning ahamiyati. 3. Iste’mol krediti haqida tuShuncha. va uni rasmiylashtirish shartlari. Ta’lim kreditini berish tartibi va uning ahamiyati. Ipoteka krediti va undan foydalanish imkoniyatlari. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga ajratiladigan kreditlar va ulardan foydalanish shartlari. 4.Tijorat banklari tomonidan sinditsiyalashgan kreditlarni berish tartibi. Tayanch so‘zlar: alohida schyotdan kreditlash, kredit liniyasi, overdraft bo‘yicha kreditlash, iste’mol kredit, revolver kreditini, ta’lim krediti, ipoteka krediti, sinditsiyalashtirilgan kredit. 1.Tijorat banklari «kredit liniyasi ochmasdan» yoki «kredit liniyasi ochib», xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarga alohida qarz hisobvaraqlaridan quyidagi maqsadlar uchun kreditlar berishi mumkin: tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va kursatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob hujjatlari haqini to‘lash, qarz oluvchining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, amal qilish muddati 30 kundan oshmaydigan akkreditivlar ochish. Xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarni alohida qarz hisobvarag‘idan «kredit liniyasi ochmasdan» kreditlash bir martalik qarzlar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday qarz berish to‘g‘risidagi qarorni bank ushbu qoidalarda ko‘zda tutilgan hujjatlar to‘plami asosida har bir qarz bo‘yicha alohida qabul qiladi. Bank muassasasi kreditga bo‘lgan ehtiyojni xo‘jalik yurituvchi sub`yekt bilan birgalikda kredit buyurtmanomasiga hamda to‘plamda berilgan boshqa hujjatlarga asosan belgilaydi. Bank kreditni kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan muddatlarda qaytara boshlaydi. Shartnomada kreditni qaytarishning quyidagi tartibi belgilanishi mumkin: majburiyatlarni bajarish muddatlari tugaganda kreditlar bo‘yicha qarzni qarz oluvchining hisob-kitob varag‘idan olish yo‘li balan; qarz oluvchining hisob-kitob varag‘idan pul mablag‘lari bo‘sh qoldig‘ini uning to‘lov topshiriqnomasiga ko‘ra qarz hisobvarag‘iga kiritish yo‘li bilan muddatidan oldin; tovar-moddiy boyliklar va xizmatlar haqi sifatida kelib tushgan veksellarni hisobga olish yo‘li bilan; Bank kafolat, kafillik bo‘yicha olingan majburiyatnomalardan, garov huquqini amalga oshirganda tushadigan mablag‘lardan foydalanish yo‘li bilan. Xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarni “Kredit liniyasi ochib” kreditlash alohida qarz hisobvarag‘idan, oldindan kelishilgan kredilash summasi doirasida amalga oshiriladi. Bunda qarz oluvchining asosiy faoliyatiga taalluqli bulgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul hisob-kitob hujjatlari haqi Shu mablag‘lar hisobidan to‘lanadi. Shunda qarzni rasmiylashtirish shartlarini har gall bank bilan kelishish ehtiyoji qolmaydi. Bunday kredit xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlovchi, tayyorlov faoliyati bilan Shug‘ullanuvchi korxonalarga, savdo, ta’minot korxonalari va qoida tariqasida umumiy asosda kreditlanadigan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarga berilishi mumkin. Yuqoridaida aytilgan kredit turi berishning majburiy shartlaridan biri qarz oluvchi barqaror moliyaviy ahvolga ega bo‘lishidir. «Kredit liniyasi ochib» qarz berilishi bankning kafolat majburiyatnomasi bilan rasmiylashtirilishi kerak. Bu kafolatnoma orqali bank o‘z vakillik hisobvarag‘ining ahvolidan qatiyo nazar, o‘z zimmasiga qarz oluvchiga kredit Shartnomasida belgilangan miqdor, muddat va kreditlash limiti doirasida hech qanday mone’liksiz kredit berilishini kafolatlovchi majburiyatlarni oladi. Bank kafolat majburiyatnomasi ikki nusxada tuziladi. Ularning biri kredit xodmining farmoyishiga ko‘ra, balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olish uchun buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi qarz oluvvchining yig‘majildida saqlanadi. Hisobni yuritish uchun qabul qilingan majburiyatlar summasi qarz summasini chegirib tashlab, belgilangan tartibda iqtisodiy me’yorlarni hisoblab chiqish chog‘ida e’tiborga olinadi. «Kredit liniyasi ochib» beriladigan kredit hajmi, undan foydalanish muddatlari va qaytarish davriyligi qarz oluvchi tovar etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan tuzgan Shartnomalar tahlili asosida belgilanadi. Bu holat kredit Shartnomasida o‘z ifodasini topgan bo‘lishi lozim. «Ochiq kredit liniyasi» bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgani uchun qarz oluvchi bankka foizlar to‘laydi. Bu foizlar kreditdan foydalanish darajasi qandayligidan qati nazar, butun kreditlash limiti summasiga qo‘shiladi. 2. Bank kontokorrent kreditni moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarga beradi. Bunday hisobvaraq kredit Shartnomasiga muvofiq ochiladi va mijozning bank barcha turdagi operatsiyalarni bajaradigan yagona hisobvarag‘i bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur hisobvaraq aktiv-passiv hisoblanadi, ya’ni unda aktiv qoldiq ham, passiv qoldik ham bulishi mumkin. Kontokorrent hisobvaraq ochilayotganda qarz oluvchining hisob-kitob hisobvarag‘ yopiladi. Qarz oluvchi kontokorrent hisobvaraq bo‘yicha kreditdan belgilangan kreditlash limiti doirasida foydalaniladi. Kreditlash limiti summasiga bankning kafolat majburiyatnomasi rasmiylashtiriladi. Qarz oluvchidan tushgan barcha mablag‘lar kontokorrent hisobvarag‘iga kiritiladi. Agar kiritilgan summa (tushum) qarz summasidan oshsa (Shu hisobvaraqdagi debet qoldig‘i), hisobvraq bo‘yicha qoldiq kredit qoldig‘i bo‘ladi. Bunda kontokorrent hisobvarag‘i oldiga qo‘yiladigan maqsad o‘zgarmaydi. Kontokorrent hisobvrag‘idan kredit asosiy faoliyat bilan bog‘liq tovar- moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar pul hisob-kitob hujjatlari haqini to‘lash yo‘li bilan beriladi. Boshqa turdagi to‘lovlar (kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar, ish haqi, byudjetga to‘lovlar va boshqa to‘lovlar) kontokorrent hisobvarag‘idagi kredit qoldig‘i doirasida beriladi. Kreditni qaytarish tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olingan tuShumni kontokorrent hisobvarag‘i kreditiga kiritsh tartibida amalga oshiriladi. Foizlar Shartnomada aytilgan muddatlarda debet va kredit qoldig‘i bo‘yicha alohida yoziladi: Download 272.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling