13-Mavzu. Alohida kredit turlari Reja


debet qoldig‘i bo‘yicha mijoz bankka kredit Shartnomasida ko‘rsatilgan  foiz stavkasiga muvofiq foiz to‘laydi;  


Download 272.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana13.04.2023
Hajmi272.34 Kb.
#1351833
1   2   3
Bog'liq
13-Mavzu. Alohida kredit turlari Reja

 
debet qoldig‘i bo‘yicha mijoz bankka kredit Shartnomasida ko‘rsatilgan 
foiz stavkasiga muvofiq foiz to‘laydi; 

 
kredit qoldig‘i bo‘yicha bank mijozga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish 
bo‘yicha Shartnomaga muvofiq foizlar to‘laydi; 
Kontokorrent hisobvaraq amal qiladigan muddat 12 oydan oshmasligi kerak. 
Qarz oluvchi 12 oy o‘tgach, kredit qoldig‘in ta’minlashi kerak. Agar kreditlash 
muddati tugagan vaqtda debet qoldig‘i mavjud bo‘lsa, u to‘liq so‘ndirilguncha 
kredit hisobidan pul berilmay turiladi.
Kredit Shartnomasi shartlari bajarilsa, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli 
barqaror bo‘lsa, kontokorrent hisobvaraq bo‘yicha kredit uning yozma 
iltimosnomasi asosida, ilgari berilgan limit doirasida tiklanishi mumkin.
Har oyda kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha qoldiq tahlil qilinadi. Bunda 
mablag‘lar hisobvaraq bo‘yicha harakatlanishi ko‘rib chiqilishi, oy davomidagi 
debet va kredit aylanmalari hisobga olinishi zarur. Kredit aylanmalari ko‘p bo‘lgan 
hollarda, Shuningdek qarz oluvchining xo‘jalik-moliyaviy faoliyat natijalari 
asosida kredit xodimi xulosa chiqaradi. Shu xulosaga asosan kontokorrent 
hisobvarag‘idan bundan buyon ham foydalanish maqsadga qanchalik muvofiqligi 
to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.
Qarz oluvchi moliyaviy ko‘rsatkichlarni buzgan, uning to‘lov qobiliyati 
yomonlashgan va yaxshilanishi ehtimolidan uzoq bo‘lgan hollarda, kredit 
qo‘mitasi qarz oluvchini kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha kreditlashni to‘xtatish 
va ilgari berilgan kreditlarni ko‘zda tutilgan tartibda undirib olish masalasini ko‘rib 
chiqadi. 
2. Overdraft kontokorrentning alohida shakli hisoblanadi. Uning o‘ziga xos 
tomoni Shundaki, bank mijozga qisqa vaqt davomida uning hisob-kitob 
hisobvarag‘ida debet qoldiq bo‘lishga ruxsat beradi. 
Overdraftdan foydalanish huquqi, qoida tariqasida eng ishonchli mijozlarga 
beriladi. Overdraft hisobvarag‘idan kreditlar qarz oluvchining asosiy faoliyatiga 
taalluqli tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
pul hisob-kitob hujjatlari haqini to‘lash yo‘li bilan beriladi.
To‘lovlarning boshqa turlari (kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar, ish haqi, 
byudjetga to‘lovlar va boshqa to‘lovlar) overdraft hisobvarag‘idagi kredit qoldig‘i 
doirasida o‘tkaziladi.


Overdarft qo‘llanilganda qarz oluvchining overdraft hisobvarag‘iga 
kiritiladigan barcha summalar qarzni qoplashga yo‘naltiriladi. Natijada mablag‘lar 
kelib tushgani sayin kredit hajmi o‘zgarib borishi mumkin. Qarzdan foydalangalik 
uchun foizlar amaldagi kelishilgan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
Kontokorrent hisobvarag‘idagidan farqli o‘laroq, overdraft ko‘rinishidagi 
qarz bank bilan mijoz o‘rtasidagi Shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit berish 
shartlari va uni qaytarish tartibiga ko‘ra bank qarz oluvchiga hisobvaraqda turgan 
mablag‘lardan ortiq summadagi haqni to‘lashga ruxsat etmaslik huquqiga ega 
bo‘ladi.
Overdraft shaklida kredit berilganda kredit oluvchi har bir oy oxirida 
overdraft bo‘yicha kredit qoldig‘i bo‘lishini ta’minlagi lozim. Agarda bankda 
mijozning depozit hisobvarag‘i bo‘lsa, u holda depozit mablag‘lari dirasida unga 
doimiy debet qoldig‘iga ega bo‘lish huquqi beriladi.
Oy oxirida ushbu bankda qarz oluvchining depozit mablag‘lari bo‘lmasa va 
overdraft bo‘yicha debet qoldig‘i bo‘lsa, u to‘liq qoplangunicha bunday qarz berish 
to‘xtatib turiladi. 
Qarz oluvchi overdraftdan foydalanilgan hollarda u mazkur kredit turini 
boshqasiga qayta rasmiylashtirish huquqiga ega. Buning uchun kredit qaytarilishi 
ta’minlangan bo‘lishi hamda qisqa muddatli kreditlash yuzasidan belgilangan 
muddatga 
rioya 
etilishi 
shart. 
Overdraft 
kontokorrent 
sifatida 
qayta 
rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3. Lombard krediti asosiy faoliyatga taalluqli tovar-modiiy boyliklar, 
bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash uchun qimmatli 
qog‘ozlarni garovga olib, alohida qarz hisobvarag‘idan beriladigan qisqa muddatli 
qarzdir.
Lombard krediti ta’minoti sifatida quyidagilar garov Shartnomasi 
rasmiylashtirilib berilishi mumkin: 

 
davlat qimmatli qog‘ozlari; 

boshqa emitentlarning aksiyalari va obligatsiyalari, veksellari va depozit 
sertifikatlari. Bankning o‘z aksiyalari garov sifatida qabul qilinishi 
mumkin emas. 
Lombard kreditining o‘ziga xos xususiyati Shundan iboratki, garov 
Shartnomasi tuzilgan kundagi nominal qiymat bo‘yicha emas, balki garov 
sotilayotgan vaqtda yuzaga keladigan kurs xatarlari munosabati bilan, uning 
muayyan qismi uchun baholanadi. 
Shu bois, qimmatli qog‘ozlarni garovga olib lombard kreditini berish 
to‘g‘risida qaror qabul qilinayotganda bank qarz oluvchining moliyaviy ahvoli va 
kredit qobiliyatini tahlil qilish bilan bir vaqtda kredit ta’minoti tarzida qabul 
qilinadigan qimmatli qog‘ozlar sifatida hamda ularning kurs xatari darajasini 
baholashga alohida e’tibor beradi.
Shu tariqa, qimmatli qog‘ozlar kotirovkalanayotganda ularning kurs xatarini 
belgilab beruvchi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi birja kursi o‘zgarishlari 
munosabati bilan qimmatli qog‘ozlarning garov qiymati birja qiymatining 80 
foizidan, kotirovkalanayotgan qimmatli qog‘ozlar garov qiymati esa, nominal 
qiymatning 60 foizidan oshmasligi zarur.


Qimmatli qog‘ozlarni garovga olib beriladigan kredit muddati qimmatli 
qog‘ozlar muomalada bo‘lish muddatidan oshmasligi lozim.
Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasining birja kurs kredit Shartnomasida qayd 
etilayotganida fond birjasidagi oxirgi savdolarda chiqarilgan kotirovka 
ma’lumotlari hisobga olinadi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari reyting sifati ayniqsa Yuqoridai darajada bo‘ladi. 
Shu bois ular garovga qabul qilinayotganda beriladigan kreditning maksimal 
summasi ular garov qiymatining 90 foizigacha etishi mumkin.
Qarz oluvchi fond bozoridagi sotib olgan boshqa qimmatli qog‘ozlar garovga 
olinayotganda kredit maksimal summasi ular garov qiymatining 80 foizidan 
Yuqoridai bo‘lmaydi.
Lombard kreditini berish, qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foiz 
to‘lash tartibi umumiy asoslarda amalga oshiriladi va u alohida qarz hisobvarag‘i 
bo‘yicha kreditlash tartibiga o‘xshashdir.
Asosiy faoliyat bilan bog‘liq tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash maqsadida tuzilgan pul hisob-kitob hujjatlari 
pulini to‘lash uchun qabul qilinadi.
Qarz oluvchi bankka garovga qo‘ygan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha 
olinadigan daromadlarga foizlar qo‘shilmaydi.
Qimmatli qog‘ozlarni garovga olib kredit Shartnomasi tuzilganidan keyin 
bank qimmatli qog‘ozlar emitentiga uning qimmatli qog‘ozlarini garovga qo‘yish 
bitimi tuzilganligini hamda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar kiritilishi 
lozim bo‘lgan depozit hisobvarag‘i raqamini ma’lum qiladi. 
Lombard kredit beriladigan hollarda garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar 
bo‘yicha olinadigan daromadlar qarz oluvchining muddatsiz depozit 
hisobvarag‘iga qo‘yiladi (depozit Shartnomasi rasmiylashtirilmasdan) va birinchi 
navbatda ularni saqlash xarajatlarini qoplashga, Shuningdek, kreditdan 
foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.
Kreditlash jarayonida bank garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi 
birja kursidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi teleks, kompyuter aloqasi va aloqaning 
boshqa turlari yordamida axborot to‘plab beradi.
Kreditlash davomida Fond birjasida o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, 
garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati pasaygan bo‘lsa, u holda kredit 
qo‘mitasining qaroriga muvofiq qarz oluvchiga Shu summada qo‘shimcha ta’minot 
berish talabi bildirilishi yoki kredit miqdori kamaytirilib, kreditning ta’minlangan 
qismi muddatidan oldin undirib olinishi mumkin.
Lombard krediti bo‘yicha barcha majburiyatlari bajarilgandan keyingina 
garovga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar va ular bo‘yicha olingan daromadlar qarz 
oluvchiga qaytariladi. 
Lombard kredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan hollarda bank 
imtiyozli davr tugaganidan keyin garov to‘g‘risidagi amaldagi qonunga muvofiq 
o‘z garov huquqidan foydalanadi. 
Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan 
kreditdir. 


Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol krediti iste’mol kreditining 
shakllaridir. 
Iste’mol krediti iste’mol krediti berish qoidalariga muvofiq iste’mol krediti 
Shartnomasi (bundan buyon matnda Shartnoma deb yuritiladi) bo‘yicha to‘lovlilik, 
muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi. 
Iste’mol krediti o‘z faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va 
boshqa daromadlarga (bundan buyon matnda daromadlar deb yuritiladi) ega 
bo‘lgan jismoniy shaxslarga beriladi. 
Iste’mol krediti berish qoidalari iste’mol krediti beruvchi tashkilot tomonidan 
ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. 
Iste’mol krediti berish qoidalari hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lishi 
va ularda iste’mol krediti berish shartlari, Shuningdek kredit miqdori, uni berish 
muddati, foiz stavkasi, iste’molchi to‘lashi lozim bo‘lgan to‘lovlar jadvali 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kreditga sotish sotuv kunida amalda bo‘lgan 
narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) narxlarining keyinchalik o‘zgarishi Shartnoma taraflarining 
majburiyatlariga ta’sir etmaydi. 
Moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanilganda: 

Shartnoma iste’molchi tomonidan tovarni (xizmatni) sotib olishga doir 
Shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi 
mumkin; 

 
iste’molchi moliyaviy iste’mol krediti olish to‘g‘risida iste’mol tovarlarini 
(xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizatsiya qiluvchi 
tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilishi shart. 
Moliyaviy iste’mol krediti berish O‘zbekiston Respublikasida ishlab 
chiqarilgan iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki 
realizatsiya qiluvchi tashkilotning bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa 
kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Iste’molchi olingan iste’mol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit 
bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. 
Bunday holda iste’molchi faqat iste’mol kreditidan haqiqatda foydalanilgan 
muddat uchun foizlar to‘laydi. 
Iste’molchi tomonidan Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi: 

 
bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati; 

uchinchi shaxslarning kafilligi; 

mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi, Shu jumladan garov depoziti, 
banklarning omonat sertifikatlari; 

qonun hujjatlarida va Shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan 
ta’minlanishi mumkin. 
Iste’molchining daromadlari hajmi, Shuningdek Shartnoma bo‘yicha 
majburiyatlar bajarilishining iste’molchi tomonidan taqdim etilgan ta’minoti 


iste’mol krediti summasini qaytarish va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan 
foizlarni to‘lash uchun etarli bo‘lishi kerak. 
Moliya iste’mol krediti berish Shartnomasi va uning qarz oluvchi tomonidan 
bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasiga kredit tarixini 
shakllantirish uchun joylashtiriladi va ulardan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda foydalaniladi. 
Iste’molchi Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, 
kafolat beruvchi yoki kafil iste’mol kreditini qaytarish muddati tugagach, iste’mol 
krediti beruvchi tashkilotning birinchi talabiga binoan qonun hujjatlariga va 
Shartnomaga muvofiq iste’mol krediti summasini qaytarishi hamda mazkur kredit 
bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashi shart. 
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari 
uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob 
jamg‘armasi kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan fermer xo‘jaliklariga 
g‘alla etishtirish uchun "O‘zdonmahsulot" tayyorlov korxonalari bilan tuzilgan 
kontraktatsiya Shartnomasi summasining 30 foizigacha miqdorida, ushbu kredit 
liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga kontraktatsiya 
Shartnomasi summasining 80 foizigacha miqdorida kredit berilishi mumkin.
Jamg‘arma kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan paxta xom 
ashyosi etishtiradigan fermer xo‘jaliklariga ushbu kredit kontraktatsiya 
Shartnomasi summasining 20 foizgacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari 
hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo‘jaliklariga beriladigan kredit miqdori 
kontraktatsiya Shartnomasi summasining 70 foizigacha miqdorda beriladi. 
Kreditlar belgilangan shartlar asosida kreditni qaytarishga qodir bo‘lgan qarz 
oluvchilarga Shartnoma asosida 1,5 yilgacha (18 oy) bo‘lgan muddatga, qaytarish 
muddatini uzaytirish huquqisiz mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit 
hisobvarag‘i joylashgan manzil bo‘yicha beriladi. 
Kreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi: 


Download 272.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling