13-Mavzu. Alohida kredit turlari Reja


qishloq xo‘jaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va uskunalarni xarid qilish;  


Download 272.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi272.34 Kb.
#1351833
1   2   3
Bog'liq
13-Mavzu. Alohida kredit turlari Reja

 
qishloq xo‘jaligi texnikasi, ehtiyot qismlar va uskunalarni xarid qilish; 

 
yonilg‘i-moylash materiallarini xarid qilish; 

 
mineral o‘g‘it, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik 
vositalari, veterinariya dori-darmonlari sotib olishga; 

 
MTP, muqobil MTP, shirkat xo‘jaliklari, SFU (Suvdan foydanuvchilar 
uyushmasi), boshqa xo‘jalik sub’ektlari xizmatlaridan foydalanganlik 
uchun to‘lovlar; 

 
g‘alla hosilini o‘rish va paxta xom ashyosi yig‘im-terimi xarajatlari uchun 
to‘lovlar;

 
bevosita g‘alla va paxta xom ashyosi ishlab chiqarish faoliyati bilan 
bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar uchun. 
Olinadigan kreditning qaytarish ta’minoti sifatida qarz oluvchi bankka o‘ziga 
uzoq muddatga ijaraga berilgan erdan joriy yilda olinadigan bo‘lg‘usi hosilni 
ta’minot sifatida taqdim etadi. 


Bunda bank va fermer xo‘jaligi o‘rtasida bo‘lajak hosilni garovi Shartnomasi 
imzolanadi. Shartnomada garovga qo‘yilgan hosilni "O‘zdonmahsulot" va 
"Paxtasanoat" tayyorlov korxonalariga va boshqa xo‘jalik sub’ektlariga sotishdan 
tushgan barcha pul mablag‘lari birinchi navbatda ushbu kreditlar va ular bo‘yicha 
hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilishi to‘g‘risidagi shartlar belgilab 
qo‘yiladi. 
Shuningdek, garov Shartnomasiga fermer xo‘jaligi tomonidan bo‘lg‘usi 
hosilni kredit bergan bank-benefitsiar foydasiga ixtiyoriy sug‘urta qilinganligi 
to‘g‘risidagi sug‘urta polisini ilova etishi shart. 
Tijorat banklari qarz oluvchilarga kredit berishni Shartnoma asosida, garovga 
er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga taqdim etgan holda, amalga 
oshiradi.
Bunda er uchastkasini ijaraga berish muddati kredit Shartnomasida 
belgilangan, ta’minlanishi uchun u garovga qo‘yilayotgan kreditni qaytarish 
muddatidan kamida besh yilga ko‘p bo‘lishi kerak. 
Kredit berish muddatlari kreditlanayotgan tadbirning qoplanish muddatlariga 
bog‘liq bo‘ladi, xususan: 

 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga doir aylanma 
mablag‘larni to‘ldirishga kredit odatda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga 
beriladi; 

 
fermer xo‘jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalash uchun kreditlar 
muddatni kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha bo‘lgan muddatga berilishi 
mumkin. 
Qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘lanmagan fermer xo‘jaliklarining 
aylanma mablag‘larini to‘ldirishga doir boshqa kreditlar bo‘yicha, ularning 
kreditlardan foydalanishi eng ko‘p muddati, uzaytirishni hisobga olganda, 12 
oydan ortiq qilmasdan belgilanadi. 
Beriladigan kreditning summasi er uchastkasini ijaraga olish huquqi 
qiymatining 80 foizidan oshishi mumkin emas. 
So‘ralayotgan kredit summasining qaytarilishini ta’minlash sifatida er 
uchastkasini ijaraga olish huquqining qiymati etarli bo‘lmagan taqdirda qarz 
oluvchi er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yishga qo‘shimcha 
tarzda ta’minotning boshqa shakllarini taqdim etishga haqlidir. Kredit 
qaytarilishining qo‘shimcha ta’minoti sifatida mol-mulk va qimmatli qog‘ozlarning 
garovi, olingan kreditning qaytarilmaslik xatarini sug‘urtalash, uchinchi 
shaxslarning kafilligi, Shuningdek ta’minotning boshqa turlari taqdim etilishi 
mumkin. 
Kreditlar alohida ssuda hisobvarag‘ini ochish va tovar-moddiy boyliklar 
uchun qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalarini ana Shu hisobvaraqdan naqd 
pulsiz tarzda to‘lash yo‘li bilan beriladi. 
Naqd pulni ssuda hisobvarag‘idan berish faqat o‘z faoliyatini yuridik shaxsni 
tashkil etgan holda amalga oshiruvchi fermer xo‘jaliklari, kichik biznesning 
boshqa sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutalarda 
mikrokreditlash tartibi (ro‘yxat raqami 903, 2000 yil 29 fevral) belgilab bergan 
maqsadlarga va tartib hamda miqdorlarda amalga oshiriladi. 


Ipoteka kreditlari yosh oilalarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:  

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi 
va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va 
qoidalariga rioya qilgan holda yakka tartibda uy-joy qurishga va 
rekonstruksiya qilishga;  

Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib 
olishga.   
Ipoteka krediti quyidagi muddatlarga beriladi:  
a) Jamg‘arma kredit yo‘nalishi mablag‘lari hisobidan:
1) oila a’zolari yashashiga mo‘ljallangan uy-joy qurilishi va ko‘p kvartirali 
uylardagi kvartira yoki yakka tartibda qurilgan uylarni sotib olish uchun 3 yillik 
imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga;
2) yakka tartibda qurilgan uylarni qayta qurish (rekonstruksiya qilish) uchun 
5 yilgacha muddatga;
b)bankning o‘z mablag‘lari va boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
1)oila a’zolari yashashiga mo‘ljallangan uy-joy qurilishi va ko‘p kvartirali 
uylardagi kvartira yoki yakka tartibda qurilgan uylarni sotib olish uchun 2 
yilgacha imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga;
2)yakka tartibda qurilgan uylarni qayta qurish (rekonstruksiya qilish) uchun 5 
yilgacha muddatga.
3) yosh oilalarga beriladigan kreditlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil 
muddatga.
Bank tomonidan beriladigan kreditning miqdori quyidagicha belgilanadi:  
a)qayta quriladigan (rekonstruksiya) uy-joy yoki sotib olinadigan kvartira 
uchun – 2500 eng kam oylik ish haqi miqdorigacha;
b)yakka tartibda uy-joy qurish va sotib olish uchun 3000 eng kam oylik ish 
haqi miqdorigacha.
Shu bilan birga taqdim etiladigan kreditning miqdori quriladigan, sotib 
olinadigan hamda qayta quriladigan (rekonstruksiya) uy-joy yoki sotib olinadigan 
kvartira qiymatining 75 foizidan oshmasligi lozim.
Yosh oila a’zolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi bo‘lgan yuridik shaxslar 
yosh oila tomonidan olinadigan uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib 
olishga ipoteka krediti uchun dastlabki badalni bankka o‘tkazishlari mumkin.
Bunda, badal summasi o‘sha oila a’zosi (eri yoki xotini)ning qaysi biri 
nomiga ipoteka krediti rasmiylashtiriladigan bo‘lsa, uning nomiga bankda ochilgan 
jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga ish beruvchi tomonidan o‘tkaziladi.
Revolver krediti o'zi nima? Qayta tiklanadigan va har uch oyda toʼliq qoplash 
harti asosida oʼn ikki oy muddatga ajratiladigan kredit.revolver kredit qayta 
tiklanadigan kredit liniyasi bo‘lib, aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 
muntazam to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida ochiladi. Revolver kreditlash 
tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va 
maqsadli foydalanishlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. 
Revolver kreditlash uchun qayta tiklanadigan kredit liniyasi bir yilgacha 
bo‘lgan muddatga ochiladi. 


 Revolver kreditlari qonun hujjatlariga muvofiq bir yoki bir nechta ta’minot 
turlari bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin. Revolver kreditlarning qaytarilishi 
ta’minoti bo‘lib muomaladagi tovarlar ham xizmat qilishi mumkin. 
Bunda qarz oluvchi tomonidan muomaladagi tovarlarni yo‘qolish (nobud 
bo‘lish), kamomad chiqishi yoki zararlanish xatarlaridan kredit liniyasi hamda 
unga hisoblangan foizlarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z 
hisobidan sug‘urtalashi, Shuningdek ushbu kredit bo‘yicha majburiyatlar to‘liq 
bajarilgunga qadar sug‘urta muddati uzaytirilishi lozim. 
Tijorat banklari revolver kreditlari berishni Shartnoma asosida amalga 
oshiradilar. Revolver kreditlari uchun foiz stavkasi miqdori tomonlarning 
keliShuviga ko‘ra kredit Shartnomasida belgilanadi. 
Revolver kreditlarini berish faqat ilgari olingan kreditlar va hisoblangan 
foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollardagina amalga 
oshiriladi. 
Zarar ko‘rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga 
kreditlar ajratilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa Shartnomada ko‘zda tutilgan 
tartibda muddatidan oldin undirib olinadi. Bu qoida kredit Shartnomasida qayd 
etilgan bo‘lishi kerak. 
Revolver kreditini olish uchun birinchi marta murojaat qilishda qarz 
oluvchi kredit buyurtmasi bilan birga bankka quyidagi hujjatlarni (kredit hujjatlari 
yig‘ma jildini ) taqdim qiladi: 
pul oqimlari majburiy tartibda ko‘rsatiladigan biznes-reja; 
qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi 
hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), Shuningdek 90 kundan 
ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar 
to‘g‘risida hisobot 
Kreditning qaytarilmasligi xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi 
tomonidan garovga muomaladagi tovarlar taqdim etilganda muomaladagi tovarlar 
0,5 tuzatish koeffitsiyentini qo‘llagan holda baholash qiymati bo‘yicha garovga 
qabul qilinadi. 
Qarz oluvchi va bank o‘rtasida qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda 
muomaladagi tovarlarni garovga qo‘yish to‘g‘risida garov Shartnomasi tuziladi. 
Garov Shartnomasida bankning muomaladagi tovarlarni sotishdan qarz 
oluvchining barcha depozit hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablag‘larni 
birinchi navbatda akseptsiz tartibda muddatida qaytarilmagan kredit hamda 
hisoblangan, ammo muddatida to‘lanmagan foizlar to‘loviga yo‘naltirishga qonun 
hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa haqli ekanligi qayd etilishi 
shart. 
Kredit Shartnomasi tuzilgunga qadar bankning kredit siyosatiga muvofiq 
belgilangan tartiblarga muvofiq bank tomonidan kredit hujjatlari yig‘ma jildi qarz 
oluvchining kreditga layoqatligi, likvidliligi, kredit tarixi, uning rahbarining nufuzi 
(uning ilgarigi ish joyi, malakasi, ilgari olingan kreditlarning o‘z vaqtida 
qaytarilishini ta’minlanganligi) tahlil qilinadi. 
Revolver krediti berish haqida qaror qabul qilingan taqdirda bank bilan 
qarz oluvchi o‘rtasida kredit Shartnomasi tuziladi. 


Kredit Shartnomasida boshqa majburiy shartlardan tashqari quyidagi 
shartlar ham qayd etilishi lozim: 
kredit liniyasi limitining summasi; 
kredit bo‘yicha amaldagi qarzdorlikka hisoblanadigan foiz stavkasi miqdori 
va foizlarni to‘lash muddatlari; 
kreditni o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun qo‘shilgan penyalar summasi; 
Revolver kreditlarini muddati o‘tgan (90 kundan ortiq) kreditorlik 
qarzdorligiga ega bo‘lgan korxonalarga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Revolver kreditlari alohida ssuda hisobvarag‘idan ochilgan kredit liniyasi 
limiti doirasida qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida to‘lovlarni 
amalga oshirish yo‘li bilan ajratiladi. 
Revolver kreditlashni qayta tiklash kredit Shartnomasi shartlari qarz 
oluvchi tomonidan to‘liq ijro etilgan taqdirda uning to‘lov topshiriqnomalari 
asosida amalga oshiriladi. 
Tijorat banklari Shartnomaning butun amal qilish davri mobaynida 
kreditdan foydalanishning doimiy monitoringini amalga oshiradilar. 
Monitoring jarayonida qarz oluvchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, uning 
tuzilgan Shartnomalarga (buyurtmalarga) muvofiq holda mahsulot yetkazib 
berishga oid majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab 
chiqarish xarajatlari, foydasi, o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi dinamikasi, 
tovar-moddiy boyliklar zaxiralari holati, aylanma mablag‘larning aylanishi tahlil 
qilinadi. Bank qarz oluvchining ko‘rsatkichlarini qarz oluvchining kredit hujjatlari 
yig‘ma jildida tizimlashtirgan holda kreditga layoqatliligini doimiy monitoring 
qiladi. 
Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan 
taqdirda bank revolver kreditning maqsadga muvofiq holda foydalanilmagan 
qismini qarz oluvchining hisobvaraqlaridan kredit Shartnomasida nazarda tutilgan 
hollarda akseptsiz tartibda muddatidan oldin undirib olishga haqlidir. 
Revolver kreditni va uning hisoblangan foizlarini to‘lash qarz oluvchi 
tomonidan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan to‘lov topshiriqnomalari 
asosida amalga oshiriladi. 
Qarz oluvchi tomonidan revolver kredit bo‘yicha qarzni qaytarish uchun 
o‘tkazilgan summa, to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan to‘lov maqsadidan qat’i nazar, 
bank tomonidan quyidagi navbatda yo‘naltiriladi: 
a) penya to‘lovlariga; 
b) muddati o‘tgan foizlar to‘loviga; 
v) jadvalga muvofiq foizlar to‘loviga; 
g) kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikni qoplashga; 
d) jadvalga muvofiq kredit bo‘yicha qarzni qoplashga. 
Qarz oluvchi revolver kredit bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlarni 
kredit Shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda to‘lamasa, bank muddati o‘tgan 
qarzdorlik va hisoblangan foizlarni kredit Shartnomasida nazarda tutilgan hollarda 
qarz oluvchining asosiy va ikkilamchi depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar 
hisobidan akseptsiz tartibda undirib olishga haqlidir. 


Bank qarz oluvchini uning hisobvaraqlaridagi mablag‘lar akseptsiz tartibda 
olib qo‘yilganligi haqida uch bank ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor 
qiladi. 
4.Tijorat 
banklari 
tomonidan 
yirik 
investitsiya 
loyihalarini 
sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 
asosan( AV №1509 2005 yil 20 avgust) sinditsiyalashtirilgan kredit — bir necha 
banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash; 
yirik investitsiya loyihasi — umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi 
darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasi; 
bank sindikati — sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki 
undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro keliShuv; 
etakchi bank — sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan 
va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati 
yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga 
xizmat ko‘rsatuvchi bank; 
ishtirokchi bank — sinditsiyalashtirilgan kredit berishda qatnaShuvchi 
bank. 
Sinditsiyalashgan kreditlar faqat yuridik shaxslarga beriladi.Tijorat banklari 
tomonidan 
sinditsiyalashtirilgan 
kreditlash 
qaytarishlik, 
to‘lovlilik, 
ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga 
oshiriladi.Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar 
o‘rtasida 
tuziladigan 
kredit 
Shartnomasi 
asosida 
amalga 
oshiriladi. 
Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish 
muddatiga bog‘liq holda kredit Shartnomasida belgilanadi.Sinditsiyalashtirilgan 
kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit 
to‘g‘risidagi keliShuv shartlariga ko‘ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar 
o‘rtasida tuziladigan kredit Shartnomasi asosida belgilanadi.Zarar ko‘rib ishlovchi, 
nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga hamda samarasiz 
investitsiya loyihalarini taqdim qilgan xo‘jalik sub’ektlariga sinditsiyalashtirilgan 
kreditlar berilmaydi. Sinditsiyalashtirilgan kredit olgandan keyin moliyaviy ahvoli 
yomonlashgan qarzdordan berilgan kreditlar o‘rnatilgan tartibda muddatidan avval 
undirib olish chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim. Bu qoida kredit Shartnomasida 
albatta qayd etilgan bo‘lishi kerak. 
Qarz oluvchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yirik kredit berishni 
so‘rab murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo‘lgan standart 
tadbirlarni: o‘zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga 
qobiliyatliligi tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta’minlanganligi 
tahlilini va boshqalarni amalga oshiradi. 
Sinditsiyalashtirilgan 
kreditlashni 
amalga 
oshirishning 
mumkinligi 
to‘g‘risida kredit qo‘mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o‘zida 
ushbu bitimga boshqa banklarni (keyingi matnda — ishtirokchi banklar) jalb etish 
hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi (bundan keyingi matnda — 
yetakchi bank) sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi. 
Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil 
etish to‘g‘risida yetakchi bank kredit qo‘mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, 


yetakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan 
banklarni aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan 
qarz oluvchi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. Shundan keyin yetakchi bank 
ishtirokchi banklar bilan investitsiya loyihasi bo‘yicha barcha kredit hujjatlarini 
taqdim etadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar bank siri hisoblanadi. 
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berishga xorijiy banklar va boshqa xorijiy 
moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan 
kreditlashni amalga oshirish xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan tuzilgan 
bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Ishtirokchi banklar bilan muzokaralar boshlangunga qadar yetakchi bank 
tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan belgilangan tartibda kredit paketini 
tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda ishtirokchi banklar o‘rtasida 
tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash borasidagi o‘zaro keliShuv 
loyihasi tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. 
Yetakchi bank ishtirokchi banklarga taklif yo‘llashdan oldin qarz oluvchi 
haqidagi ma’lumotlarni Banklararo kredit byurosi ma’lumotlari bilan solishtirishi 
lozim. 
Kredit Shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash 
faqatgina yetakchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsiya 
loyihasini sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzilgandan 
keyin amalga oshiriladi. 
Ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda 
kreditlash borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi 
va 
ushbu 
bitimni 
imzolagan 
barcha 
ishtirokchi 
banklar 
o‘zlariga 
sinditsiyalashtirilgan kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar. 
Bank sindikati tuzilgandan keyin ushbu bitimdan chiqish, ya’ni 
sinditsiyalashgan kredit berish borasidagi kredit Shartnomasini imzolashdan bosh 
tortilgan taqdirda ishtirokchi bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa 
ishtirokchi banklar oldida boy berilgan foydani qoplab berish borasida javobgar 
bo‘ladi. 
Yirik investitsiya loyihasi uchun sinditsiyalashtirilgan kredit olish uchun
qarz oluvchi yetakchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
kredit buyurtmasi; 
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi; 
qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tuShumlari (pul oqimi) taxmini 
albatta ko‘rsatilgan biznes-reja; 
qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash maqsadida oxirgi 3 yillik 
hisobot davri uchun tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan buxgalteriya 
balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish 
dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil 
etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil 
etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno; 
mazkur ko‘rsatib o‘tilgan ta’minot shakllaridan birini; 
yetakchi bankning kreditlashni tashkil etishga doir ichki qoidalarida ko‘zda 
tutilgan boshqa hujjatlar. 


Olingan kreditni qaytaraolmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz 
oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi 
kerak. Qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlarini taqdim etish huquqiga ega: 
mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi; 
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati; 
uchinchi shaxsning kafilligi; 
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytaraolmaslik 
xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi. 
Yirik investitsion loyihani moliyalashtirish maqsadida xorijiy bank yoki 
boshqa moliyaviy institutlar ishtirokida sinditsiyalashtirilayotgan kredit amalga 
oshirilayotgan bo‘lsa, kreditni qaytarish majburiyatining ta’minoti sifatida 
hukumat kafolati taqdim etilishi mumkin. 
Ta’minot turlaridan biri kreditni qaytarish ta’minoti sifatida ishtirokchi 
banklar talab qilayotgan summani qoplash uchun yetishmasa, qarz oluvchi 
yetakchi bank roziligi bilan uning yetishmayotgan qismini qoplash uchun 
qo‘shimcha ravishda ta’minot turlarining biri yoki bir nechtasini bir-birini 
to‘ldirishi asosida taqdim etishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasining «Garov to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, 
muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk, Shu jumladan, 
buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatli qog‘ozlar (ishtirokchi banklar 
emitent bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardan tashqari) va boshqalar garov predmeti 
bo‘lishi mumkin. Bunda garov Shartnomasi bir tomondan qarz oluvchi va ikkinchi 
tomondan ishtirokchi banklar tomonidan imzolanadigan shaklda tuziladi. 
Kafolat 
Fuqarolik 
kodeksining 299-moddasiga muvofiq 
kafolat 
beruvchining yetakchi va ishtirokchi banklar oldidagi yozma majburiyati shaklida 
rasmiylashtiriladi. Yozma majburiyat yetakchi bankda saqlanadi. 
Kafillik Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga muvofiq, yetakchi va 
ishtirokchi banklar — benifitsiarlar foydasiga kafil, yetakchi, ishtirokchi banklar 
va qarz oluvchi tomonidan imzolanadigan yozma shakldagi kafillik Shartnomasi 
bilan rasmiylashtiriladi. 
Yetakchi bank ishtirokchi banklar bilan kelishgan holda ularga eng qulay 
bo‘lgan ta’minot shaklini tanlash huquqiga ega. 
Bunda yetakchi bank ishtirokchi banklar bilan birgalikda tavsiya 
etilayotgan ta’minot turini tahlil qilishi shart. Jumladan, garov taqdim etilgan 
taqdirda, yetakchi bank garov sifatida taklif etilayotgan mulkni qarz oluvchi hamda 
ishtirokchi banklar vakillari ishtirokida birgalikda baholashi yoki qonunchilikda 
belgilangan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotni jalb etgan 
holda baholashni amalga oshirishi mumkin. Kafolat, sug‘urta yoki uchinchi 
shaxsning kafilligi taqdim etilgan taqdirda, yetakchi bank kafolat beruvchining, 
sug‘urta kompaniyasining yoki qarz oluvchiga kafil bo‘layotgan shaxsning 
moliyaviy ahvolini batafsil tahlil qilishi va o‘z xulosasini ishtirokchi banklarga 
ma’lum etishi lozim. 
Bank sindikati kredit jildidagi barcha hujjatlarni ko‘rib chiqib kredit berish 
to‘g‘risida qaror qabul qilganidan, yetakchi va har bir ishtirokchi bankning 


sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi aniqlangandan keyin, yetakchi va 
ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‘rtasida kredit Shartnomasi imzolanadi. 
Kredit Shartnomasida kreditning umumiy summasi, maqsadi, foiz stavkasi, 
muddati, har bir ishtirokchi bank tomonidan ajratiladigan kredit miqdori, kredit 
maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda ishtirokchi banklar tomonidan ko‘riladigan 
jazo choralari va jarimalar, kredit Shartnomada belgilangan muddatlarda 
ajratilmagan hollarda ishtirokchi banklarga nisbatan qo‘llaniladigan jarima miqdori 
va boshqalar belgilangan bo‘lishi shart. 
Kredit yig‘ma jildi yetakchi bankda yuritiladi va unda saqlanadi. Kredit 
yig‘ma jildining nusxasi har bir ishtirokchi bankda saqlanadi. 
Ishtirokchi banklar tomonidan qarz oluvchi bilan sinditsiyalashtirilgan 
kredit berish to‘g‘risida kredit Shartnomasi tuzilgandan so‘ng, ishtirokchi bankning 
ichki tartibida belgilangan tarzda tegishli mas’ul xodimi tomonidan buxgalteriyaga 
kreditning miqdori, muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisob 
raqamini ochish to‘g‘risida farmoyish beradi. 
Sinditsiyalashtirilgan 
kredit 
hisobidan 
investitsion 
loyihalarni 
moliyalashtirish har bir ishtirokchi bank tomonidan Markaziy bankning Adliya 
vazirligida 2000 yilning 2 martida 906-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan 
«O’zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom» asosida barcha zarur loyiha-smeta va boshqa hujjatlar 
nusxalari yetakchi bankka taqdim etilgandan keyin boshlanadi. 
Ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‘rtasida kredit Shartnomasi 
tuzilgandan so‘ng, har bir ishtirokchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlash 
to‘g‘risidagi keliShuvda qayd etilgan shartlar asosida qarz oluvchiga o‘z bankida 
belgilangan tartibda alohida ssuda hisobvarag‘i ochadi. 
Ishtirokchi banklar tomonidan kreditlashni amalga oshirish kredit 
Shartnomasida belgilangan maqsadlar va muddatlarda har bir ishtirokchi bank 
uchun belgilangan kalendar muddatida qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari 
asosida tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun ssuda 
hisobvarag‘idan naqd pulsiz shaklda to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Sinditsiyalashtirilgan kreditning summasi har bir ishtirokchi bank 
balansida, uning tomonidan berilgan kredit miqdoriga teng ulushda aks ettiriladi. 
Har bir ishtirokchi bank tomonidan berilgan sinditsiyalashtirilgan kredit 
ushbu bank balansida kredit muddatiga qarab mos ravishda quyidagi balans hisob 
raqamlarida olib boriladi: 
12700 «Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa 
muddatli kreditlar» va 15100 «Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga 
berilgan uzoq muddatli kreditlar»; 
12900 «Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar» va 15300 «Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq 
muddatli kreditlar»; 
13100 «Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan 
qisqa muddatli kreditlar» va 15500 «Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va 
jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar». 


Alohida ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha berilgan kreditlar kredit bo‘limi 
xodimining 
ko‘rsatmasi 
asosida 
muddatli 
majburiyatnomalar 
shaklida 
rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga qarab, kreditlar to‘la 
qaytarilguniga qadar 91901 — «Qarz oluvchilarning qisqa muddatli kreditlar 
bo‘yicha majburiyatlari» va 91905 — «Qarz oluvchining uzoq muddatli kreditlar 
va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari» nomli ko‘zda tutilmagan holatlar 
hisobvarag‘ida hisobga olinadi. 
Qaytarish muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir 
necha bosqichda qoplanishini ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi 
mumkin. 
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining pul mablag‘lari 
mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar hisobvarag‘i orqali 
undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-
kartotekaga joylashtiriladi va qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi. 
Yetakchi bank tomonidan qarz oluvchining kreditni qaytarish qobiliyatini, 
berilgan kreditdan maqsadli foydalanishi va garov holati yoki kafilning moliyaviy 
holati bo‘yicha kreditdan foydalanishning butun muddati davomida monitoring 
amalga oshiriladi. Ushbu monitoring ishtirokchi banklar talabi asosida, ular 
ishtirokida yoki kredit Shartnomasida belgilangan tartibda har bir ishtirokchi bank 
tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin. 
Monitoring jarayonida yetakchi bank va har bir ishtirokchi bank tomonidan 
qarzdorning 
xo‘jalik-moliyaviy 
faoliyati, 
uning 
tomonidan 
tuzilgan 
Shartnomalarga 
(buyurtmalarga) 
muvofiq 
mahsulot 
yetkazib 
berish 
majburiyatlarini bajarilishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish xarajatlari 
va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, foyda, o‘z aylanma mablag‘larining 
mavjudligi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari ahvoli, aylanma 
mablag‘larning aylanishi, barcha bank hisobvaraqlaridagi harakatlarni tahlil qiladi 
va ushbu ko‘rsatkichlarni qarzdorning kredit yig‘majildida umumlashtirib boradi. 
Bankka taqdim etilgan garovning holati va kreditdan samarali hamda 
maqsadli foydalanishi kredit Shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq joyiga 
chiqib o‘rganiladi. 
Qurilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha yetakchi va 
ishtirokchi banklar monitoring jarayonida kreditlangan ob’ektda bajarilgan ishlar 
hajmini nazorat o‘lchovini kredit Shartnomasida qayd etilgan muddatlar va shartlar 
asosida amalga oshiradi. 
Monitoring natijalari yetakchi bank tomonidan ishtirokchi banklarga hamda 
ishtirokchi banklar tomonidan boshqa sindikat a’zolariga sinditsiyalashtirilgan 
kredit haqidagi keliShuvda belgilangan muddatlarda yuboriladi. 
Monitoring sifati va muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlanishi bo‘yicha 
javobgarlik har bir ishtirokchi bank zimmasida bo‘ladi. 
Monitoringni amalga oshirish bank sindikati kelushivida yoki kredit 
Shartnomasida yetakchi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunda monitoring 
sifati va muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlash borasidagi javobgarlik yetakchi 
bank zimmasida bo‘ladi. 


Berilgan 
kreditlardan 
boshqa 
maqsadlarda 
foydalanganlik 
holati 
aniqlanganda, ishtirokchi banklar yoki yetakchi bank kredit Shartnomasida 
belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz 
oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan muddatidan oldin 
undirib olish huquqiga ega. 
Sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanmagan hisoblangan 
foizlarni undirish va kreditni qaytarish yetakchi va ishtirokchi banklar tomonidan 
ularning mazkur kredit umumiy summasidagi ulushiga mos holda qarzdorning 
asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida mavjud mablag‘lar hisobidan, 
kredit Shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda undiriladi. 
Hisoblangan foizlar va kredit qoldig‘i bo‘yicha barcha majburiyatlarini 
bajarish uchun qarz oluvchining mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda kredit 
uchun hisoblangan foizlar va kredit qarzi qoldig‘ini to‘lash bo‘yicha muddati 
o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish Fuqarolik kodeksining 784-
moddasiga muvofiq belgilangan navbat tartibida amalga oshiriladi. 
Yetakchi bank tomonidan muammoli kreditni paydo bo‘lishini oldini 
olishga qaratilgan chora-tadbirlar boshqa ishtirokchi-banklar bilan kelishilgan 
holda amalga oshiriladi. 
Yetakchi bank, uning tomonidan kreditlash jarayonini noto‘g‘ri tashkil 
etilishi va uning natijasida zarar ko‘rilishiga olib keladigan quyidagi harakatlar 
bo‘yicha javobgar bo‘ladi: kredit hujjatlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirish, yuzaki 
monitoring o‘tkazish, ishtirokchi banklarga kredit qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammolar borligi haqida ma’lum qilmaslik, qarz oluvchining depozit 
hisobraqamida mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, kreditlarni qaytarish uchun 
mablag‘larni o‘z vaqtida o‘tkazmaganlik yoki umuman o‘tkazmaganlik va h. k. 
Qarzdorning to‘lovga layoqatsizligi tufayli kreditni va uning foizlarini o‘z 
vaqtida to‘lay olmaganligi uchun mas’uliyat sinditsiyalashtirilgan kredit 
to‘g‘risidagi keliShuv asosida barcha ishtirokchi banklar zimmasida bo‘ladi. 
Yetakchi bank mazkur bitimni tashkil etish paytidagi bevosita va 
qo‘shimcha vaqt va mablag‘ sarflarini qoplashi uchun qarz oluvchidan vositachilik 
haqi undirish huquqiga ega. Vositachilik haqi miqdori sinditsiyalashtirilgan 
kreditlash haqidagi keliShuvda va kredit Shartnomasida nazarda tutiladi. 
Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit 
Shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, yetakchi bank boshqa 
ishtirokchi banklar bilan kelishilgan holda Fuqarolik kodeksining 280-
moddasi ikkinchi qismiga muvofiq sudga murojaat qilmasdan, undirishni mustaqil 
ravishda garov predmetiga qaratishga haqlidir. 
Garovga qo‘yilgan mulkni sotishdan tushgan mablag‘ summasi barcha 
hisoblab yozilgan foizlar va kredit qarzi qoldig‘ini qoplash uchun yetarli 
bo‘lmagan taqdirda u ishtirokchi banklar o‘rtasida ularning mazkur 
sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘idagi ulushiga nisbatan 
mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Sinditsiyalashtirilgan 
kreditni 
qaytarilishini 
ta’minlashning boshqa 
shakllarida ham ishtirokchi banklar talablarini qondirish xuddi shu tartibda amalga 
oshiriladi. 


Ishtirokchi banklar sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha qarz oluvchining 
to‘lovga qobiliyatlilik darajasida muammolar paydo bo‘lganligi aniqlangan 
taqdirda ehtimolli yo‘qotishlarni qoplash uchun Tijorat banklarida aktivlar sifatini 
tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar 
shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (AV 
№2696, 2015 yil 14 iyul) muvofiq sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi hajmida 
zaxiralar yaratishga majburdirlar. 

Document Outline

  • Revolver krediti o'zi nima? Qayta tiklanadigan va har uch oyda toʼliq qoplash harti asosida oʼn ikki oy muddatga ajratiladigan kredit.revolver kredit qayta tiklanadigan kredit liniyasi bo‘lib, aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun muntazam to‘lovlarn...

Download 272.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling