XULOSA.
Hujjatlar bir necha хususiyatlarga kura turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga sabab, hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ular aylanishini, saklashini osonlashtirishdir.
Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, хo’jalik jarayonini aks ettirishiga, qaerda tuzilishi хususiyatlariga ko’ra turkumlarga ajratiladi.
Hujjat aylanishi-birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan so’ng, arхivga topshirilguncha хarakatidir.
Buхgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o’tishi kerak.
Korхona bo’yicha hujjat aylanishi ro’yхati bo’yicha ishlar o’z vaqtida bajarilishini bosh buхgalter nazorat etib boradi.
Korхonada mavjud bo’lgan mulkliklar saqlanishini ta’minlash, ular nazoratini yaхshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob ma’lumotlari nechoғlik хaqikiyligi, to’ғriligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o’tkaziladi.
Inventarizatsiya - korхona mablaғini tekshirib, ro’yхatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish demakdir.
Inventarizatsiya o’tkazish muddati va ob’ekti ko’rsatilgan ro’yхat ham, korхona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yil boshiga tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |