4-mavzu. Xo`Jalik operatsiyalarini hujjatlashtirish, aktivlar va majburiyarlrni inventarizarsiya qilish mavzuning maqsadi


Download 46.22 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi46.22 Kb.
#1242000
Bog'liq
4-mavzu.BHN


4-MAVZU. XO`JALIK OPERATSIYALARINI HUJJATLASHTIRISH, AKTIVLAR VA MAJBURIYARLRNI INVENTARIZARSIYA QILISH
Mavzuning maqsadi: Hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiyalashning normativ-huquqiy asoslari. Hujjatlashtirish haqida tushuncha. Hujjatning majburiy rekvizitlari. Hujjatlarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar. Hujjatlarning turkumlanishi. Hujjatlarning aylanishini tashkil etish.
Inventarizatsiya to‘g‘risida tushuncha, uning ahamiyati va turlari. Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish tartibi. Inventarizatsiya natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi. Baholash usulining mazmuni. Kalkulyatsiyaning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Kalkulyatsiya turlari.
Tayanch tushunchalar va iboralar
Hujjat-bu amalga oshirilgan xo`jalik operatsiyasi to`grisida yozma guvohlik bo`lib, buxgalteriya hisobi ma`lumotlariga yuridik kuch bag`ishlaydi.
Hujjatlashtirish-bu xo‘jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga olinadigan xo‘jalik operatsiyalarini nazorat Qilish va aks ettirishning asosiy usulidir. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har qanday sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasining hujjatlarda o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri aks ettirilishini taqozo etadi. Hujjatsiz buxgalteriya hisobida yozuvlar amalga oshirilmaydi. Hujjat yuridik asosga ega bo‘lib, ular korxona faoliyatiga baho berishda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlaydi.
Inventarizatsiya- bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan haqiqat o‘rtasidagi tafovutni bartaraf qilish maqsadida korxona mablag‘lari natura holatini, ushbu korxonaning boshqa korxonalar bilan hisob-kitob ishlarini tekshirish usulidir. Inventarizatsiya yordamida haqiqatdagi mavjud moddiy qiymatliklar, tugallanmagan ishlab chiqarish, debitor va kreditorlar buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Aniqlangan tafovut, ya’ni mablag‘larning ortiqcha yoki kam chiqishi tegishli dalolatnomalarda rasmiylashtiriladi va hisobda aks ettiriladi.
Baholash-bu baholash xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarag‘nini pul o‘lchovida ifodalash usulida namog‘n bo‘ladi. Bu usul buxgalteriya hisobida natura o‘lchovidagi mulklarni qiymat o‘lchoviga keltirish va bir xil o‘lchovda aks ettirish hamda umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ushbu usul yordamida mulklar umumlashtirilib, umumiy balans chiqarish imkoni mavjud bo‘ladi.
Kalkulyatsiya-bu korxona faoliyatini boshqarish jarag‘nida sarflangan xarajatlarni va ishlab chiqarilgan mahsulot, ish yoki xizmat birligining tannarxini aniqlash usulidir.


4.1.-mashq. Hujjatlarning mazmuni va rekvizitlari


Topshiriq:Yuqorida berilgan chizmaga hujjat rekvizitlarini yozing va ularga izohlab bering.


4.2.-mashq. Inventarizatsiyani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar


Topshiriq: 1. Inventarizatsiyani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni yuqoridagi jadvalga joylashtiring.
2. Qisqacha izoh bering.


4 .3.-mashq. Inventarizatsiyani o‘tkazish bosqichlari va mazmuni
Topshiriq:
1. Hujjatlarning rekvizitlarini yuqoridagi chizmaga aks ettiring.
2. Qisqacha izoh bering.
Download 46.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling