Inventarizatsiya va uni tashkil etish tartibi
Download 25,57 Kb.
|
1 2
Bog'liqBUXGALTERIYA MUSTAQIL ISH DOC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inventarizatsiya haqida tushuncha, uni ahamiyati va turlari.
Inventarizatsiya va uni tashkil etish tartibiReja:
Tayanch iboralar: Inventarizatsiya, to‘liq va qisman, inventarizatsiya yozuvi, inventarizatsiya ro‘yxati.
Korxonada mavjud bo‘lgan mulkliklar saqlanishini ta’minlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob ma’lumotlari nechog‘lik xaqikiyligi, to‘g‘riligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o‘tkaziladi. Korxonadagi mulklar deganda, asosiy vositalar, nomoddiy, aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, tovar, pul mablag‘lari va boshqa moliyaviy aktivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham inventarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kreditorlik qarzlari, bank kreditlari, olingan qarzlar tushuniladi. Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi ma’lumotlar albatta, xaqikiy ma’lumotlar asosida bo‘lmog‘i lozim. Bu shart bajarilishi uchun ham korxona inventarizatsiyasi o‘tkazilmog‘i shartdir. Yo‘qlama qilishning utkazilish tartibiga karab rejali va tusatdan amalga oshirilgan yo‘qlama qilishlarga bo‘linadi.Buxgalteriya hisoboti va balanslari to‘g‘risidagi nizomga kura korxona yo‘qlama qilishni kuyidagi muddatlarda utkazishi shart: 7 Eldon S. Hendrikson Michael F. Van Breda. Accounting theory. Пер. С анг./под ред. Проф. Я.В. Соколова.-М: Финансы и статистика, 2011. -576с
YUkorida ko‘rsatilgan yo‘qlama qilish muddatlariga karab korxonada bir yilda utkaziladigan yuklama qilishlar rejasi to‘ziladi. SHu rejaga asosan korxonaga tegishli barcha qiymatliklar, yo‘qlama qilinadi va bu ma’lumotlar hisob ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ana shu yul bilan hisob ma’lumotlarining realligi ta’minlanib boriladi. Moddiy javobgar shaxslar almashgan vaqtda almashinish kuni yo‘qlama utkazilishi shart. Rejali yo‘qlama qilishni utkazish uchun bir kancha tadbir-choralar amalga oshiriladi. Rejali yo‘qlama qilishdan tashkari, korxonalarda tusatdan xam yo‘qlama qilish utkaziladi. Bunday yo‘qlama qilishlar korxona raxbariga yoki yukori tashkilot va idoralarga tegishli ob’ektdagi javobgar shaxsning nojuya xarakatlari xaqda biror xabar kelganda, korxona faoliyati taftish qilinishi davrida, ut olish, suv tashish va boshqa ba’zi sabablarga kura amalga oshiriladi. Inventarizatsiya - korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish demakdir. Korxonalarda asosan, 1 oktyabrdan keyin inventarizatsiya o‘tkaziladi, bunga sabab yillik balans ma’lumotlarini xaqiqiyligini ta’minlashdir. Ammo qo‘yidagi holatlarga ham e’tiborni qaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda nventarizatsiya qilinadi. Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik ularning hamma faoliyatlarida o‘z aksini topmoqda. SHular jumlasidan, inventarizatsiya o‘tkazish muddati va ob’ekti ko‘rsatilgan ro‘yxat ham, korxona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yil boshiga tuziladi. Bu ro‘yxatga binoan, korxonada doimo amaliyotda bo‘ladigan inventarizatsiya komissiya a’zolari tarkibi ham tuzilgan bo‘ladi. Bularni hammasi korxona rahbari tasdiqlaydi. Inventarizatsiya o‘tkazish hisobotgi ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladigan inventarizatsiya rejali hisoblanadi. Rejasiz inventarizatsiya esa, qo‘yidagi hollarda o‘tkaziladi:
Inventarizatsiyani yuqoridagi, o‘tkazish tartibiga ko‘ra turga bo‘lishdan tashqari, qo‘yidagi xususiyatiga qarab ham turga ajratish mumkin. Mablag‘lar qancha qismini inventarizatsiya qilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
To‘lik inventarizatsiyada korxona mulklarining barchasi inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya 1 yilda bir bor o‘tkazilishi shart. (yillik hisobot tuzilishidan oldin). Qisman inventarizatsiya korxona mulklarining ma’lum bir qismigina inventarizatsiya ob’ekti bo‘lishi bilan xususiyatlidir. Download 25,57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling