Hujjatlashtirish


Download 115.6 Kb.
bet1/6
Sana17.11.2023
Hajmi115.6 Kb.
#1782812
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hujjatlashtirish


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI
“Suv xoʻjaligida buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi

“Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan



HUJJATLASHTIRISH m a v z u s i d a g i

KURS ISHI

Bajardi: Xabibullayeva Maxfuza


Kurs ishi rahbari: Tabayev Azamat

Toshkent – 2021 y



Reja:
Kirish
1.Hujjatlashtirish, uning mohiyati va axamiyati.
2.Hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirishga qo’yilgan talablar. Хo’jalik muammolarini hujjatlashtirish.
3 Buxgalteriya hujjatlari va turlari
4 Hujjatlar aylanishi.
Xulosa
Adabiyotlar

Kirish
Hujjatlar kishilik jamiyatini o’zliksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar kechagina vujudga kelgan emas balki, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Bobilning meloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xamurappining adolatpesha qonunlar majmuasi va boshqa manbaalarning mavjudligi hujjatlar deb ataladigan tartibot vositalarining nechog’lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko’rsatadi. Albatta kishilik jamiyatining taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning almashina borishi kishilar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomillashgan. SHarqda X-X1X-asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar tilxat yoki mazmunan shu nga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliklar mazmunan har xil bo’lgan. Xabar tavsif farmoyish bildirish tasdiqlash kabilar misol bo’la oladi.
Hujjatlashtirish - funqtsional vazifasiga ko’ra, bir turli va o’zaro bog’lik hujjatlar to’plami.
Hujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikki omil bilan baxolanadi. Birinchidan, boshqaruv mehnatining umumiy hajmida ish yuritish jarayonlarining salmog’i katta bo’lib, 30-60 foizga yetadi. Korxonalarni boshqarish jarayonida minglab xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Biznesga oid hujjatlashtirish yordamida boshlanadi, amalga oshiriladi, nazorat qilinadi, hisobga olinadi, tartibga solinadi va nihoyasiga yetkaziladi.
Ikkinchidan, biznes hujjatlarini yuritishning ahamiyati korxonaning tadbirkorlik faoliyati, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga, operativlilikka, boshqaruv xodimining mehnat madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta’sir o’tkazishi bilan belgilanadi.
Hujjat tuzish - belgilangan formalarga binoan hujjatlar tuzish jarayonidir.
Hujjatlar mazmunan, shaklan, hajman xilma-xil bo’lib, ularning maksadi, yunalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari xam turlichadir. Yirik hujjatShu nos A.S.Golovach shu nday ta’qidlaydi: "Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni shu soha xodimlarining ko’pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo’shligidir, ular muassasa, korxona va tashkilotlarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo’l-yuriqlari, usullari majmuasini yetarli darajada bilmaydilar".
Ba’zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo’linmaydi, o’nga shu nchaki bir qog’ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifatida qaraladi. Bu albatta, notug’ridir va shu ni ta’kidlash lozimki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi jarayonlarning aksariyat biznes hujjatlarini yuritishining asosidir.


Download 115.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling