1. Sug’d va Xorazm yozuvlari qaysi yozuv asosida vujudga kelgan edi?


Download 47.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1578057
Bog'liq
7 UZB 2-bob majburiy


7-sinf UZB tarixi

1. Sug’d va Xorazm yozuvlari qaysi yozuv asosida vujudga kelgan edi?


A) Oromiy B) Shumer C) Turkiy D) Yunon.
2. Qayer Sug’ddagina emas, balki butun O’rta Osiyoda nasroniylik markazlaridan hisoblanardi?
A) Xorazm viloyatining Urganch tumani.
B) Farg’ona viloyatining Rishton tumani.
C) Samarqand viloyatining Urgut tumani.
D) Toshkent viloyatining Chinoz tumani.
3. . Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, kim xalifa deb e’lon qilinadi?
A) Abu Bakr. B) Umar. C) Usmon. D) Ali.
4. Arablar tomonidan Movarounnahrga ilk bor hujumlar qachon va qayerlardan boshlanadi?
A) 611-yilda Ustrushona va 622-yilda Qo’bodiyondan.
B) 635-yilda Bolasog’un va 646-yilda Badaxshondan.
C) 654-yilda Maymurg’ va 667-yilda Chag’oniyondan.
D) 673-yilda Samarqand va 688-yilda Toxaristondan
5. Manbalarda qayd etilishicha, VII asr o’rtalarida qaysi hudud arablar tomonidan ikki marotaba talon-taroj etilgan?
A) Sug’d B) Chog’aniyon C) Xorazm D) Xuroson
6. Arablar Buxorodan ko’p o’ljalar bilan Marvga qaytishda yo’l-yo’lakay qaysi shaharni egallaydilar?
A) Termiz. B) O’tror. C) Xo’jand. D) Nasaf.
7. Hozirgi Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarni arablar qanday ataganlar?
A) Yettisuv. B) Kavkaz. C) Xuroson. D) Oltoy
8. Narshaxiy qayerda tug’ilgan ?
A) Samarqandning Vador qishlog’i
B) Keshning Ostona qishlog’i
C) Xorazmning Sanoat qishlog’i
D) Buxoroning Narshax qishlog’i
9. Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig’i nima deb atalgan?
A) Xiroj. B) Ushr. C) Zakot. D) Jiz’ya.
10. Mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq nima deb atalgan?
A) Xiroj. B) Ushr. C) Zakot. D) Jiz’ya.
11. Hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig’i nima deb atalgan?
A) Xiroj. B) Ushr. C) Zakot. D) Jiz’ya.
12. Idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq nima deb atalgan?
A) Xiroj. B) Ushr. C) Zakot. D) Jiz’ya.
13. VIII asrning 20-yillarida Sug’dda qo’zg’olon ko’targan G’urak va Divashtich qanday lavozimga ega bo’lishgan?
A) Badaxshon hokimi, dehqon
B) Dehqon, tunukasoz
C) Samarqand ixshidi, Panjikent hokimi
D) Badaxshon hokimi, Panjikent hokimi
14. 738-748-yillarda hukmronlik qilgan Xuroson noibini aniqlang.
A) Said Xarashiy B) Ashros
C) Nasr ibn Sayyor D) Umar ibn Abdulaziz
15. “Muqanna” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) “Munajjim”. B) “Niqobdor”.
C) “Savdogar”. D) “Faylasuf’
16. Muqanna qay tariqa halok bo’ladi?
A) Istilochilarga taslim bo’lishni istamasdan o’zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo’ldi
B) Arablar tomonidan asirga olinib, tili sug’urildi va otga bog’lab tilka-pora qilindi
C) Arablarga taslim bo’lishni istamasdan o’z qorniga xanjar tiqib halok bo’idi
D) Mag’lubiyat alamidan Muqanna o’z buyrug’iga binoan xizmatkori tomonidan o’ldirildi
15. “Muqanna isyoni” ocherki muallifi kim?
A) Hamid Olimjon B) Maqsud Shayxzoda
C) Sadriddin Ayniy D) Oybek
44.”Muqanna” dramasi muallifi kim?
A) Hamid Olimjon B) Maqsud Shayxzoda
C) Sadriddin Ayniy D) Oybek
16. Abu Muslim qo’zg’olonining deyarli barchasi qanday libos kiyib olgan edilar?
A) Qora. B) Oq. C) Ko’k. D) Qizil.
17. Abbosiylar sulolasining birinchi xalifasi kim?
A) Umar ibn Abdulaziz B) Abul Abbos Saffox
C) Abbos D) Muhammad ibn Ali
18. . Buxoroda abbosiylarga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni qachon sodir bo’ldi?
A) 750-yilda B) 754-yilda C) 759-yilda D) 760-yilda
19. Damashqdan so’ng hokimiyat qayerga ko’chgan?
A) Kufa B) Makka C) Bag’dod D) Raqqa
20. Xalifa davlatni boshqarishda kimga tayangan?
A) Amir ul-umaro B) Sohibi Shur’at
C) Amir ash shuaro D) Vazir ul-vuzaro
21. Xalifalikda harbiy ishlar uchun mas’ul bo’lgan shaxs bu... ?
A) Amir ul-umaro B) Sohibi Shur’at
C) Amir ash shuaro D) Vazir ul-vuzaro
22. Xalifalikdagi masalalarni hal etish uchun kengash bo’lib, bu kengash nima deb atalgan?
A) Davlat kengashi B) Devon ad-Dar
C) Majlisi oliy D) Devoni oliy
23. Devon ad-dar 3 ta asosiy devonga bo’lingan, javoblardan qay biri Devon ad darda mavjud bo’lmagan?
A) Devon al-mashriq B) Devon al-mag‘rib
C) Devon al-haram D) Devon alxaraj
24. Movarounnahrga tegishli masalalar qaysi kengashda hal qilinar edi?
A) Devon al-mashriq B )Devon al-mag‘rib
C) Devon al-haram D) Devon al-xaraj
25. Arab xalifaligida 750-1258-yillarda qaysi sulola hukmronlik qilgan?
A) Sosoniylar. B) Umaviylar. C) Abbosiylar. D) Tohiriylar.
26. . Arab xalifaligida dastlab kim abbosiylar sulolasi hokimiyatini o’rnatish maqsadida kurash olib borgan?
A) Marvon I B) Muhammad ibn Ali
C) Abul Abbos Saffoh D) Abu Muslim
27. Qaysi Xorazm shohi yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi?
A) Chag’on. B) Divashtich. C) G’urak. D) Tug’shoda
28. Qayerlardan buddaning bahaybat haykallari topilib, o’rganildi?
1. Sharqiy Turkistondagi Turfandan.
2. Surxon vohasidagi Bolaliktepadan.
3. Farg’ona vodiysidagi Quvadan.
4. Qo’rg’ontepayaqinidagi Ajinatepadan.
A) 1-2. B) 3-4. C) 1-3. D) 2-4,
29. Muhammad (s.a.v.) qaysi shaharda dunyoga kelgan?
A) Madina. B) Damashq. C) Makka. D) Bag’dod
30. Qaysi so’z “bo’ysunish”, “itoat etish”, “o’zini Alloh irodasiga topshirish” degan ma’noni anglatadi?
A) Islom. B) Xristian. C) Budda. D) Zardusht.
31. Qaysi davlatda poytaxtdan tashqari Jo’l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko’targan?
A) O’g’uzlar davlati. B) Qoraxoniylar davlati.
C) Qarluqlar davlati. D) Qoraxitoylar davlati.
32. Somoniylar davlatining poytaxti?
A) Toshkent. B) Buxoro. C) Samarqand. D) Urganch.
33. Musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh - madrasa qaysi shaharda bunyod etiladi?
A) Toshkent. B) Buxoro. C) Samarqand. D) Urganch.
34. O’rta asrlarda qayerda yuqori navli qog’oz ishlab chiqarilar edi?
A) Xorazm. B) Samarqand. C) Buxoro. D) Toshkent
35. Oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo’l ostidagi yerlar nima deb yuritilgan?
A) “Mulki xos”. B) “Vaqf yerlari”.
C) “Mulki sultoniy”. D) “Mulk yerlari”.
36. G’aznaviylar davlatining poytaxti?
A) Mashhad. B) G’azna. C) Nishopur. D) Qandahor.
37. Somoniylar davlati ravnaq topgan davrda qaysi hududlarda hukm yurgizgan ?
A) Movarounnahr va Xuroson
B) Shimoliy va Sharqiy Eron
C) Shimoliy Hindiston va Jung’oriya D) A va B
38. O’g’uzlar davlatining poytaxti?
A) Bolasog’un. B) Suyob. C) Yangikent D) O’tukan.
39. . Kim boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari Ma’munga yordam beradilar?
A) Ziyod ibn Solih. B) TohiribnHusayn.
C) Nasr ibn Sayyor. D) Jabroil ibn Yahyo.
40. Ma’lumki, Somoniylar mamlakatui boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma’muriyatini tashkil etdilar. Ular nimalardan iborat edi?
A) Amid ul-mulk va devonlardan iborat edi
B) Hojibi buzruk va ulamolardan iborat edi
C) Bosh boshqaruv mahkamasi va devonlardan iborat edi
D) Amir dargohi va devonlardan iborat edi
41. Somoniylar davlati ravnaq topgan davrda qaysi hududlarda hukm yurgizgan ?
A) Movarounnahr va Xuroson
B) Shimoliy va Sharqiy Eron
C) Shimoliy Hindiston va Jung’oriya D) A va B
42. . Sharqda mashhur bo’lgan mato “vadoriy” qayerda tayyorlangan?
A) Xorazm. B) Samarqand. C) Buxoro. D) Toshkent.
43. Xitoy bilan bo’lgan savdoda nimalar asosiy o’rinda turgan?
1. Choy. 2. Ipak. 3. Tuz. 4. Ot.
5. Surp. 6. Paxta. 7. La’l. 8. Lal
A) 1-2-3-4. B) 5-6-7-8. C) 1-3-5-7. D) 2-4-6-8.
44. . ”Buxoro tarixi” “nomli asar muallifi kim ?
A) Buxoriy B) Marvaziy C) Narshaxiy D) Sheroziy
45. Somoniylar sulolasi barham topgach, kim somoniylarning Xurosondagi hududini so’ng Xorazm davlatini (1017) ham o’z saltanatiga qo’shib olgan?
A) Mas’ud G’aznaviy. B) Ma’mun G’aznaviy.
C) Mahmud G’aznaviy. D) Mansur G’aznaviy.
46. XI-XII asrlarda «Xoqoniya» davlati rivoj topib kuchaygach, qanday nom olgan?
A) «Qoraxoniylar» davlati
B) «Buyuk-Qoraxoniylar» davlati
C) «Qoraxoniylar xoqonligi» davlati
D) «Qarluq-Qoraxoniylar» davlati
47. . Kimlarning qoraxoniylar ustidan g’alaba qozonishi oqibatida Qoraxoniylar davlati tugatiladi?
A) Mo’g’ullar. B) Jung’orlar.
C) Qipchoqlar. D) Qoraxitoylar.
48. Kimlarning hukmronligi davrida “dehqon” degan tushuncha o’zining “qishloq hokimi” ni anglatuvchi asl ma’nosini yo’qotdi?
A) O’g’uzlar davlati. B) Qoraxoniylar davlati.
C) Qarluqlar davlati. D) Qoraxitoylar davlati
49. Sabuqtegin bilan qoraxoniylar o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq somoniylarga qayer beriladi?
A) Sirdaryo havzasi
B) Movarounnahrning markaziy qismi
C) Amudaryodan janubdagi yerlar
D) Amudaryo bo’yi viloyatlari - Xuttalon, Vaxsh, Chag’oniyon
50. . Qoraxoniylar davlati asoschisi kim?
A) Horun Bug’rohon B) Abdulkarim Sotuk Bug‘roxon
C) Ibrohim Bo’ritegin D) Abdulla Sotuk
51. . Ilk o’rta asrlarda dehqon mulkini qo’riqlovchi, harbiy posbon qanday atalgan?
A) Kadivar B) Kashovarz C) Chokar D) Dehqon
52. . Xorazm davlatining hukmronlik ramzlari qaysilar?
A) Burgut, lochin B) Humo, burgut
C) Qaldirg’och, laylak D) Ot, burgut
53. . G’arbiy turk xoqonligining markazi qayerda
joylashgan?
A) Yettisuv B) Kavkaz C) Xuroson D) Oltoy
54. Abruy boshchiligida xalq qo’zg’oloni qayerda
bo’lgan?
A) Xorazm B) Samarqand C) Buxoro D) Toshkent
55. Ilk o’rta asrlarda qayerdan qo’shni mamlakatlarga bo’yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan?
A) Sug’d. B) Xorazm. C) Choch. D) Farg’ona.
56 . Ilk o’rta asrlarda Farg’ona hokimlari nima deb atalardi?
A) Ixshid. B) Yabg’u. C) Tudun. D) Dehqon.
57. Binkat qaysi shaharning o’rta asrlardagi nomi?
A) Toshkent. B) Buxoro. C) Samarqand. D) Urganch.
58. Sug’dda o’g’il bolalar necha yoshga kirganlarida savdo ishlarini o’rganish uchun o’zga mamlakatlarga jo’natilar edi?
A) 17 yosh. B) 18 yosh. C) 19 yosh. D) 20 yosh.
59. Turkiy run (ko’kturk) yozuvi qancha harflardan iborat edi?
A) 37-39 harflardan. B) 38-40 harflardan.
C) 39-41 harflardan. D) 40-42 harflardan.
60. Qaysi din Ko’k Tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini?
A) Nasroniylik. B) Zardushtiylik.
C) Buddaviylik. D) Shomoniylik.
61. Qaysi so’z arabcha “daryoning narigi tomoni” degan ma’noni anglatadi?
A) Mesopotamiya. B) Mo’g’uliston.
C) Movarounnahr. D) Mavritaniya.
62. Xurosonning markazi qaysi shahar edi?
A) Marv. B) Kobul. C) Balx. D) Hirot.
Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling