Himoyaga tavsiya etilsin
fakultet dekani
X.M.Yusupova
''___''________2023-yil
TARIX FAKULTETI
60220300 — TARIX (MAMLAKATLAR VA YO’NALISHLAR BO’YICHA)
“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI
“JAHON TARIXI” FANIDAN
K U R S I SH I
Mavzu: O’rta asrlarda kontrorеformasiya
Ilmiy rahbar: ___________________________
Talaba: ___________________________
Toshkent 2023
Reja :
Kirish
I BOB. Uot Taylеr qo’zg’olonining boshlanishi sabablari
1.1. Angliyada Uot Tayler qozg’oloni
1.2. Qo’zg’alonning tarqalish hududlari va yoyilishi
II BOB. Uot Tayler qo’zg’alonining natijasi va undan keying hayot.
2.1. Uot Tayler qo’zg’alonining natijasi.
2.2. Qo’zg’alondan keyingi hayot .
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Uot Taylеr qo’zg’oloni. Tarixga Uot Taylеr qo’zg’oloni nomi bilan kirgan qo’zg’olon 1381 yil may oyining oxirida janubisharqiy Essеks grafligida boshlandi. Dеhqonlar bu yerda jon solig’i yig’uvchilarni haydab yubordilar va ulardan ba'zilarini o’ldirdilar. Shundan kеyii villanlar manor egalariga qarshi ko’tarildilar. Qo’zg’olon Essеksdan qo’shni grafliklarga-Kеnt, Sеfolk, Norfolk va boshqa grafliklarga ko’chdi. Qisqa bir fursat ichida qo’zg’olon Angliya grafliklarining katta bir qismiga yoyildi. Dеhqonlar dunyoviy va ruhoniy lordlarga qarashli manorlarni yakson qildilar, ulardagi g’alla, chorva mollari va boshqa mol-mulklarni bosib oldilar, manor arxivlarida saqlangan barshchinaga va obrok majburiyatlariga doir ro’yxatlarni (ular rеntali dеb atalardi) yondirib tashladilar. Ba'zi shaharlar qo’zg’olonchi dеhqonlar tomoniga o’tdilar. Qo’zg’olonchilar Kеntda graflikning asosiy shahri bo’lgan Kеntеrbеrini qo’lga kiritdilar. Shuningdеk, Medston va Dartford shaharlari ham qo’zg’olonchilar tarafini oldilar. Kеntning o’zida rahbar topilib, u Kеnt, Essеks grafliklari va boshqa qo’shni grafliklarning dеhqonlar ommasini bir oz vaqtgacha birlashtirdi va bu dеhqonlar ommasini Londonga boshlab bordi. Uning nomi Uot Taylеr edi. («Taylеr» so’zi inglizcha - «tunukasoz» dеmakdir. Bundan chiqadiki, u hunarmand bo’lgan bo’lsa ajab emas). Shak-shubhasiz, Taylеr ilgari soldat bo’lgan, nеgaki, u harbiy ishni yaxshi bilardi. Uning tajimai holi haqida batafsilroq ma'lumot yo’q.
1348-yildagi “Qora oʻlim” deb nomlanuvchi vabodan soʻng, oʻrta asrlardagi hisob-kitoblarga koʻra, aholi soni uchdan biriga kamaydi. Qishloq xo‘jaligi tanazzulga yuz tutdi. Ekib, yig‘ib oladigan hech kim yo‘q edi. Narxlar ikki baravar oshdi. Buning ortidan ish haqini oshirish talablari paydo bo‘ldi. Dehqon oilalari avloddan-avlodga bir zaminda yashashga odatlanib qolgan qishloq jamoasi tarqala boshladi. Dehqonlarning bir qismi shaharlarga qochib, yollanma ishchiga aylanadi. Uy egalarining bevosita majburlashlari yordam bermadi. Yer egaligining yangi turi – er, chorva mollari va asbob-uskunalarni ijaraga berish kapitalistik qishloq xo‘jaligiga olib boradigan yo‘lda muhim qadam bo‘ldi. Ammo lordlar o'zlarining eski mavqelarini tiklashga harakat qilishdi, chunki endi ular erkinroq dehqonlar va yollanma ishchilar bilan hisoblashishlari kerak edi. Bu holat 1381 yilgi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |