Yilda qoraxitoylar va qoraxoniylar o'rtasida jang qayerda bo'lib o'tgan edi?


Download 9.44 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi9.44 Kb.
#1476707
Bog'liq
testuzbtarix


1.1137 yilda qoraxitoylar va qoraxoniylar o'rtasida jang qayerda bo'lib o'tgan edi?

A)Bolasog'un shahri yaqinida


B)Buxoro shahri yaqinida
*C)Xo'jand shahri yaqinida
D)Samarqand shahri yaqinida

2.Qoraxitoylar va qoraxoniylar o'rtasida jang bo'lib o'tgan sanalarni aniqlang.

A) 1126 yil, 1146 yil
B) 1134 yil, 1140 yil
C) 1140 yil, 1147 yil
*D) 1137 yil, 1141yil

3. Qaysi yilda bo'lib o'tgan jangdan keyin qoraxoniylar davlati tugatilgan edi?


A) 1145 yilda
*B) 1141 yilda
C) 1147 yilda
D) 1137 yilda

4.Qoraxoniylar eloqxonlari orasida eng katta obro'ga ega eloqxon kim bo'lgan?


A) Xorazm
*B) Movarounnahr
C) Bolosog'un
D) Farg'ona

5.Sharqiy qoraxoniylar davlatining poytaxtini aniqlang.


A) Buxoro
*B) Bolasog'un
C) Samarqand
D) Pishpak

6.Nechanchi yilda somoniylar davlati qoraxoniylar va g'aznaviylar o'rtasida bo'lib olinadi?


A) 999 yilda
B) 998 yilda
*C) 996 yilda
D) 997 yilda

7. Buxoro shahridagi Minorai Kalon nechanchi asrga taalluqli inshoot hisoblanadi?


A) XI asrga
B) XIII asrga
C) XIV asrga
*D) XII asrga

8.1038 yilda qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritakin g'aznaviylardan tortib olgan hududlarni aniqlang.


A) Xorazm va Xuroson
B) Qoshg'ar, Yorkent va Urumchi
*C) Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyon
D) Farg'ona va Toshkent

9.Somoniylar davlatining asosiy qismi g'aznaviylar va qoraxoniylar tomonidan bo'lib olingan yilni aniqlang.


*A) 996 yil
B) 1006 yil
C) 999 yil
D) 998 yil

10.Somoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi kimning Buxoroni egallashi bilan barham topgan edi?


*A) Nasr Eloqxon
B) Horun Bug'roxon
C) Go'rxon
D) Ibrohim Bo'ritegin

11.Qaysi davrga kelib “dehqon” atamasi o'zining qishloq hokimi degan manosini yo'qotdi?


A) X-XI asrlarda
*B) XI-XII asrlarda
C) IX-X asrlarda
D) XII-XIII asrlarda

12. Qoraxitoylar davlatining poytaxtini aniqlang.


A) Buxoro
B) Toshkent
*C) Bolasog'un
D) Samarqand

13.Qoraxoniylar davlatni......va......ga bo'lib idora qilganlar?


*A) el-yurt va viloyatlar
B) tuman va qasabalar
C) tuman va viloyatlar
D) muzofot va ellar

14.Qoraxoniylar davlatida Movarounnahr eloqxoni qaysi shaharda taxtda o'tirgan?


A) Bolasog'un
*B) Samarqand
C) Pishpak
D) Buxoro

15.Somoniylar davlati X asrda qaysi davlatlar o'rtasida bo'lib olingan edi?


A) g'aznaviylar va saljuqiylar
*B) g'aznaviylar va qoraxoniylar
C) qoraxoniylar va qoraxitoylar
D) saljuqiylar va qoraxoniylar

16. Somoniylar Movarounnahrdagi hukmronligi barham topgan sanani aniqlang


A) 996 yil
B) 1006 yil
C) 998 yil
*D)999 yil

17. Ibrohim Bo'ritegin 1038 yilda Amudaryo bo'ylaridagi viloyatlarni qo'shib olganidan keyin qanday unvon olgan edi?


A) Tavg'achxon
B) Arslonxon
*C) Bug'roxon
D) Qoraxon

18. 992 yilda qoraxoniylar Buxoroni egallashganida somoniy Nuh ibn Mansur ularga qarshi kurashish uchun kimdan yordam so'raydi?


A)Mahmud G'aznaviy
B)Nasr Eloqxon
*C)Sobuqtegin
D)Tug'rulbek

19. Qoraxoniylar davlatida vaqf mulklarining boshqaruvchisi qanday nomlangan edi?


A)sayyid
B)shayx
*C)sadr
D)mutavalli

20.Qoraxoniylar nechanchi yillarda Xurosonga ikki marta hujum qilgan edilar?


A) 1002 va 1008 yillarda
B) 1004 va 1006 yillarda
C) 1006 va 1007 yillarda
*D) 1006 va 1008 yillarda

21.XI asr boshlarida g'aznaviylar va kimlar o'rtasida hudud uchun kurash boshlanadi?


*A)saljuqiylar
B)xorazmshohlar
C)qoraxoniylar
D)qoraxitoylar

22.Qachon qarluqlar Issiqko'lning janubiy sohili va Qoshg'arda yashagan yag'mo qabilasi, chigil va o'g'uz qabilasi bilan birlashgan edilar?


A)X asr boshlarida
B)X asr o'rtalarida
C)XI asr o'rtalarida
*D)IX asr o'rtalarida

23. Qoraxoniylar davlati tarkibida qaysi qabilalar mavjud bo'lgan?


*A)yag'mo, chigil, qarluq
B)chigil, o'g'uz, totor
C)totor, tarxon, barlos
D)qoraxitoy, arslonxon, yag'mo

24. Xoqoniya nechanchi asrlarda rivoj topib kuchaygan edi?


A)XI-XIII asrlarda
B)IX-XII asrlarda
*C)XI-XII asrlarda
D)X-XI asrlarda

25. Qaysi davrdan boshlab yerdan foydalanishning iqto tartibi keng tarqangan?


A)IX asr oxiridan
B)X asr o'rtalaridan
*C)XI asrdan
D XII asrdan

26) Qoraxitoylar podshohi qanday nomda atalgan?


A)el-arslon
B)go'rxon
C)eloqxon
D)tamg'achxon
Download 9.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling