Kechagi qog‘ozdagi sur’atni otamga ko‘rsatinglar
Download 25.42 Kb.
|
BILET
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOPSHIRIQLAR
- II VARIANT Jaloliddin
I VARIANT Qoraxonning bu so‘zini o‘g‘li eshitib, yigitlariga buyurdi: “Kechagi qog‘ozdagi sur’atni otamga ko‘rsatinglar”. Yigitlari sur’atni ko‘rsatdi. Qoraxon qarasa, qog‘ozda bir qiz turibdi qayqayib: qoshini kerib, labini burib, chikka bel bo‘lib, shirin qilib kulib, taroqqoz boylab, suqsurday bo‘ylab, tovusday taranib, bellari buralib turibdi. Qoraxon insof qilib qarasa, No‘g‘ay yurtning qizi tugul, yer yuzining barnolari bir tola mo‘yiga arzimaydi. Qoraxon bildiki, to‘raning ilojini qilolmas, to Zangar bormasa, Xolbekadan boshqani xohlamas. Podsho noiloj, nochor javob bermoqchi bo‘lib, lashkarlarini yig‘ib, har dastasidan bittadan, qirq yigit ayirib berdi. Qirq xachirga zar ortib, aytdi: - Ey farzand, burungilardan bir so‘z bor: “Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar kuningga”, - degan ekan. (103 so‘z) TOPSHIRIQLAR: Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi hamda g‘oyasini aniqlang. (20 ball) 2. Asardagi “No‘g‘ay yurtining qizi” deya ta’riflangan qahramonga tavsif bering. Ushbu qahramonning asarda tutgan o‘rnini izohlang.(20 ball) 3. Asar janriga xos xususiyatlarni ajratib yozing.(10 ball) 4. Matndan xato yozilgan paronim so‘zni topib, uni jufti bilan birgalikda ma’nolarini izohlab yozing. (10 ball) 5. Matnda ostiga chizilgan gapda berilgan so‘zlar turkumini aniqlab yozing va gapdagi sintaktik vazifasini belgilang. (20 ball) 6. Matn oxirida berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirib yozing. (10 ball) 7. Matnda berilgan 3-gapdagi tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang. (10 ball) II VARIANT Jaloliddin (qog‘ozga qarab) “Podsho Badriddin shohi barru bahr, Sultoni Samarqand, Movarounnahr”. (Sultonbegimga) Eringga shohlikni so‘z bergan Chingiz, Bu ham xo‘jasiga ishlagan shaksiz. Yurtiga sarlashkar bo‘lishdan ko‘ra – Shohlik nomi bilan mo‘g‘ulga to‘ra... “G‘alati bir uzuk – o‘zi ham tumor”. Emish: “O‘limlarga qarshi madadkor”, Endi shu uzukda ochildi tilsim, Oh, yomon dahshatdir g‘azabim, hirsim! Uning bir boshiga yuz marta o‘lim!.. Ering bir sotqindur, bechora singlim! Download 25.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling