Kechagi qog‘ozdagi sur’atni otamga ko‘rsatinglar


Download 25.42 Kb.
bet3/9
Sana23.09.2023
Hajmi25.42 Kb.
#1686545
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BILET

TOPSHIRIQLAR:


1. Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi hamda g‘oyasini aniqlang. (20 ball)
2. Asar qahramonining ushbu holga tushishiga sabab bo‘lgan omillarni izohlang.(20 ball)
3. Asar janriga xos xususiyatlarni ajratib yozing.(10 ball)
4. Matnda ajratib berilgan so‘zning shakldoshini va leksik xususiyatini yozing. (10 ball)
5. Matnda berilgan 1-gap tarkibidagi so‘zlar turkumini aniqlab yozing va gapdagi
sintaktik vazifasini belgilang. (20 ball)
6. Matndan tagiga chizilgan qo‘shma gap turini aniqlab yozing hamda sodda gaplarning
bog‘lanishini izohlang. (10 ball)
7. Matnda berilgan 2-gapdagi tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang. (10 ball)


IV VARIANT


Bahri muhitdek behudud qumliklarning to‘q sariq, qo‘ng‘ir «to‘lqin»lari silsilasi ko‘zni olardi. Qum barxanlari uzra jimirlab harorat ko‘tarilar – bu yerda issiqlik juda baland bo‘lishiga qaramay, Me’mor qiynalmay nafas olar edi. «Do‘zax» deb atalmish Qizilqumda ham cho‘ponlar yashardi. Negadir bu yerlarda Me’mor o‘zini bardam seza boshladi. Horunbek ilgari ham bu holatni sezgan edi. U yolg‘iz turgan Me’mor yoniga kelib, havoning issiq bo‘lishiga qaramay, sof ekani, bu yerlarda kishi asabi juda muloyim-u mo‘tadil bo‘lishini
aytdi.
– So‘zingiz juda to‘g‘ri, inim, – dedi Me’mor kaftlarini bir-biriga ishqalab, – qumda havo qiziq bo‘lishiga qaramay, nafas olish qulay. Asablar ham yumshab, kishi kayfiyati ko‘tariladi.
Ana, rutubatli Hirot orqada qoldi. (100 so‘z)


TOPSHIRIQLAR:

1. Berilgan matn qaysi asardan olingan? Asar nomi hamda g‘oyasini aniqlang. (20 ball)


2. Asar qahramonining Hirotda qolishiga to‘sqinlik qilgan sabablarni izohlang.(20 ball)
3. Asar janriga xos xususiyatlarni ajratib yozing.(10 ball)
4. Matnda ajratib berilgan so‘zning ma’nodoshini va leksik xususiyatini yozing. (10 ball)
5. Matnda berilgan 1-gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklarni topib, so‘z turkumini aniqlab
yozing. Gapdagi sintaktik vazifasini belgilang.(20 ball)
6. Matnda berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirib yozing.
(10 ball)
7. Matnda berilgan 2-gapdagi tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang. (10 ball)

Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling