16- variant Sodda gaplar haqida ma’lumot


Download 209.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi209.5 Kb.
#186335
Bog'liq
Onatili va bolalar adabiyoti


16- variant

1. Sodda gaplar haqida ma’lumot.

2. U kishi katta usta bo’lgan, ko’p hikmatlarning egasi bo’lgan.Gapdagi so’z birikmalarini aniqlab yozing, ularning bog’lanish usulini aniqlang?

3. Issiq tuproq jazillaydi, havo dim. Ayniqsa sigir boyaqishga jabr. Oriqlikdan suyaklari terisini turtib chiqgan, oyoqlari chalishib bazo’r boradi. Baland machitdan o’tib Beshyog’ochga boramiz. Gaplarni sintaktik tahlil qilib, tuzilish jihatdan turini aniqlang.
16- variantga javoblar

1. Sodda gaplar haqida ma’lumot. Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik (Sen kosmonavt boʻlmoqchimisan? Togʻ tepasida toʻplanayotgan bulutlar tushga borib quyuqlasha boshlaydi. Men sizga mashq chalib beray). Sodda gaplar bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qaramaqarshi qoʻyiladi.

Sodda gaplarning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: uning muayyan soʻz shakllari (ran predikativ asosining tarkibiy qismlari) orqali shakllanuvchi sintaktik strukturasi va mazkur tarkibiy qismlarning oʻzaro munosabati; uning semantik strukturasi; soʻz tartibi va ohang; ran predikativ asosining tarkibiy qismlari yoki predikativ asosning kengaytiruvchilari hisoblangan gap boʻlaklari.

Sodda gaplar tuzilish asosining miqdoriga koʻra, 2 turli boʻladi; ikki tarkibli ran, bir tarkibli ran. Ikki tarkibli gapning predikativ asosi ega va kesim boʻlaklaridan iborat boʻladi (Salqin shamollargina qizning sochlari bilan oʻynashadi. Koʻkda tanho oy kezmoqda). Bir tarkibli gapning predikativ asosi ega yoki kesimga ega boʻladi. Oʻzbek tilida bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari bor: shaxsi aniq ran (Shu yorugʻ yoʻlda sizga zoʻr baxtlar tilayman); shaxsi nomaʼlum ran (Joʻjani kuzda sanaydilar); shaxsi umumlashgan ran (Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil); shaxssiz ran (Toʻrtbesh kundan keyin terimga tushiladi); atov ran yoki nomlovchi ran (Ana sovuq, mana qor! Mana Oʻsarjonning bolasi Samarqand. Registon maydoni).

Sodda gaplar yigʻiq yoki yoyiq boʻlishi mumkin. Yigʻiq sodda gaplar bosh boʻlaklardangina, yaʼni birgina predikativ sintagmadangina iborat boʻladi (Ish boshlandi. Ular kelishyapti); yoyiq sodda gaplar bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topadi, yaʼni uning tarkibida predikativ sintagma bilan birga boshqa sintagmalar ham boʻladi (Nizomjon opasining gaplarini chin yurakdan eshitib oʻtirardi).



Maqsad: ta’limiy: o’quvchilarga sodda gap va sodda gapning turlari haqida ma’lumot berish; matndagi sodda va qo’shma gaplarni yig’iq va yoyiq gaplarni, egali va egasiz gaplarni aniqlash va tahlil qilish malaka va ko’nikmalarini o’stirish;

tarbiyaviy: o’quvchilarda kamtarlik, ilm olishga intilish kabi xislatlarni tarbiyalash;

rivojlantiruvchi: o’quvchilarning ijodiy va mustaqil fikrlash matndan gaplarni aniqlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish ;

Vazifalar: o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, kengaytirishga erishish;

-mavzuga oid berilgan savollarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.



Bilim: sodda gap va uning turlari haqida bilim hosil qilinadi.
Ko‘nikma: darslikdagi mashqlar va qo'shimcha topshiriqlar orqali sodda gaplarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish ko‘nikmasi shakllantiriladi.
Malaka: turli audio, videomatnlar berish orqali mavjud bilim, ko‘nikmalarini notanish vaziyatlarda qo‘llay olish malakasi shakllantiriladi.

Sodda gaplar-yig’iq va yoyiq gaplar, egali va egasiz gaplar haqida ma’lumot berish;

2. U kishi katta usta bo’lgan, ko’p hikmatlarning egasi bo’lgan.Gapdagi so’z birikmalarini aniqlab yozing, ularning bog’lanish usulini aniqlang?

1. U kishi ( bitishuv)

2. Katta usta ( bitishuv)

3. Kishi usta bòlgan ( ega va kesim boģlanishi bitishuvli boģlanish buladi)

4. Kishi egasi bòlgan ( bitishuv)

5. Kòp hikmatlar ( bitishuv)



6. Hikmatlarning egasi ( moslashuv)

3. Issiq tuproq jazillaydi, havo dim. Ayniqsa sigir boyaqishga jabr. Oriqlikdan suyaklari terisini turtib chiqgan, oyoqlari chalishib bazo’r boradi. Baland machitdan o’tib Beshyog’ochga boramiz. Gaplarni sintaktik tahlil qilib, tuzilish jihatdan turini aniqlang.


Download 209.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling