4- amaliy mashg`ulot: Yi g‘iq va yoyiq gaplarni, ikki bosh bo‘lakli va bir bosh bo‘lakli gaplarni aniqlash bo‘yicha tahlil qoliplari, mashqlar va testlar


Download 15.72 Kb.
Sana06.05.2020
Hajmi15.72 Kb.
#103705
Bog'liq
4-amaliy



4- AMALIY MASHG`ULOT: Yi g‘iq va yoyiq gaplarni, ikki bosh bo‘lakli va bir bosh bo‘lakli gaplarni aniqlash bo‘yicha tahlil qoliplari, mashqlar va testlar.

327-mashq. O’qing. Sodda gaplarni topib, tarkibiga ko’ra turini ayting. Bir bosh bo’lakli va ikki bosh bo’lakli gaplardan ikkitadan ko’chirib, farqini tushuntiring.

1. Vatan o’g`limizni o’z xizmatiga loyiq topibdi. Borsin. Hunar o’rganadi, mehnatda pishadi, tengdoshlari oldida yuzi yorug` bo’ladi. (H. G`.) 2. Kelmaydi. Mototsiklini patillatib Suluvingizning oldiga ketdi. (S. Ahm.) 3. Men o’g`limning Vatan oldidagi burchi yozilgan bir enlik qog`ozni qayta-qayta o’qib, eshik oldida bir necha daqiqa turib qoldim. (H. G`.) 4. Astrobodga kelingan dastlabki kunlarda to’da-to’da mehmonlarni qabul qilishga, ularning tahsinlarini tinglashga va o’z navbatida ularga maslahatlar berib, nasihatlar qilishga to’g`ri keldi. (L. Bat.) 5. Birinchi bo’lib motorga o’t berish bilan boshqalarni ham jadal ishga chorlaydi. (J. Abd.) 6. Daraxtzor hovlidagi skameykalardan birida Malika uch-to’rt xotin bilan suhbatlashib o’tirardi. (H. G`.) 7. Malikaning so’zlarini zaldagilar qarsaklar bilan kutib olishdi. (H. G`.)



328- mashq. O’qing. Yig`iq va yoyiq ikki bosh bo’lakli gaplarni aniqlang. YOyiq ikki bosh bo’lakli sodda gaplarni yig`iq gaplarga aylantirib ko’chiring.

1. Komiljon yangi ferma binosi ichidan chiqarilgan quvur oldida qazilayotgan ariqning narigi yuziga o’tib to’xtadi. (I. R.) 2. Haydar — montyor, Anorxon —zveno boshlig`i. (I. R.) 3. Axir, Vatanim bepoyon, keng-ku. Mirzacho’lda bilagimni shimarib men ishlamasam, kim ishlaydi!? (B. Daminov.) 4. Kechasi. Vaqt allamahal bo’lib qolgan... Erta-indin imtihonlar boshlanadi. Qecha-kunduz berilib kitob o’qiyman. (SH. Siddiqov.) 5. Tog` yo’li boshlandi. Pastak adirlar oralab ketgan kaftdek yo’l ilon izi bo’lib malla rang qirlar orasida yo’qolib ketardi. (S. Ahm.) 6. Hamma jimib qoldi. Odamlarning ko’z oldiga toshlarni Farhoddek qulatgan Rustamjonning pahlavon qiyofasi kelardi. (S. Ahm.)



329- mashq. O’qing. Yoyiq sodda gaplardagi ega va kesim tarkibini ayting.

Dastlabki kunlar yo’l uncha mashaqqatli bo’lmadi. CHo’l o’tlari endi qovjirab kelayotgan bo’lsa ham onda-sonda buloqlar atrofida ko’m-ko’k o’tloqlar uchrab turardi. Bora-bora cho’l sahroga aylandi, odamlar va otlarning suvga ehtiyoji osha bordi. Afsonaviy otlarning taqalariga o’xshab uyulib qolgan qumtepalardan oshib yoki chetlab o’tish oson emas edi. Qora terga tushib hansiragan otlar oyoqlarini qumdan arang tortib olib, boshlarini quyi solganlaricha bitta-bitta qadam tashlab borardi. Sahroning berahm quyoshi yomon niyatda kelayotgan bu qurolli odamlarning boshidan olov selini quyar, ichlarini kuydirib, tashnalikdan lablarini qovjiratar, qumlar ustida jimirlab turgan qaynoq havo o’pkalarini yondirardi. (M.Osim)

o’rnini va intonatsiyasiga ko’ra qo’yilgan tinish belgilarini tushuntiring.





Savolllar mazmuni

Talabaning javobi

To’g`ri javob

Javoblar mazmuni

1

Sodda yig`iqgapni toping.







Birni kessang, o’nni ek.

2

SHaxsi umumlashgan garni toping.







Dars tugadi.

3

Bir bosh bo’lakli gaplarda asosan qaysi bosh bo’lak ishtirok etadi?







So’roqgap

4

SHaxsi ma`lum gapni belgilang.







Bog`lovchilar , ohang.

5

Atov gapni toping







SHaxsi ma`lum, shaxsi noma`lum, shaxsi umumlashgan, atov gaplar.

6

SHaxsi topilmas gapni belgilang.







Ertaga sizni ko’rgani kelaman.

7

Xol uyushib kelgan gapni toping? Gapi ifoda maqsadiga ko’ra qanday gapligini belgilang.







Ochiqqan, toliqqan otliqlarga o’tgan-ketganlar hayron bo’lib qarashardi.

8

Bir bosh bo’lakli gaplar nomi sanalgan qatorni toping.







Xonada chekilmasin.

9

Uyushiq bo’laklarni bog`lovchi grammatik vositalarni ko’rsating.







Kesim.

10

Aniqlovchi uyushib kelgan gapni belgilang







Kuz. Daraxtlar barglarini to’kib bo’lgan.

Download 15.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling