Orol dengizining qurishi insoniyat tarixidagi dunyoning eng yirik ekologik fojialaridan biri boʻldi. Sahroga aylangan dengiz tubidagi tuzlar, qum-chang va zaharli oʻgʻitlar insonlarhayoti va tabiatni xavf ostiga qoʻygan


Download 296.42 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi296.42 Kb.
#1053816
  1   2   3
Bog'liq
13-Mavzu


Mavzu: Orol dengizi atrofida olib borilayotgan ekologik tadbirlar xususida.
Reja:

  1. Dunyoda misli koʻrilmagan tajriba: Oʻzbekiston Orol dengizi tubini oʻrmonga aylantirmoqda.

  2. “Orol dengizi ketdi, lekin odamlar qoldi, biz ular haqida qaygʻurishimiz kerak”


Orol dengizining qurishi insoniyat tarixidagi dunyoning eng yirik ekologik fojialaridan biri boʻldi. Sahroga aylangan dengiz tubidagi tuzlar, qum-chang va zaharli oʻgʻitlar insonlarhayoti va tabiatni xavf ostiga qoʻygan.
Ammo bugun Oʻzbekiston dunyoda misli koʻrilmagan tajribaga qoʻl urmoqda: dengiz oʻrnidagi sahroni oʻrmonga aylantirmoqchi.
Bu Qoraqalpogʻistonda hayotni asrab qola oladimi?
Birinchi musulmon kapitan
Moʻynoqlik 78 yashar Almas Tolvashev shahar chetidagi sahro chetida qum kechib, zanglab yotgan ulkan kema qoldiqlarini oralab nimalarnidir eslaydi.
Qurigan sohil boʻylab qator tizilgan oʻndan ziyod kema qoldigʻi va tepaklikdagi mayoq bu yerda bir paytlar ulkan bandargoh boʻlganini eslatib turadi.
"Qoraqalpoq xalqining tarixi dengizdan boshlanadi" - deydi eski kema qoldigʻiga qarab sobiq baliqchi Almas ota: "Baliqchilik bizga otalarimizdan meros kasb. Oʻgʻil bolalar bizda eng avval otasidan dengizda baliq ovlashni oʻrgangan".
Endi bu anʼanani davom ettirib boʻlmaydi.
Moʻynoq Qoraqalpogʻistonning markazida joylashgan. Hali yarim asr oldin ham Oʻzbekistondagi baliqning 98% ayni shu yerda tutilardi.
U paytlari shaharcha uch tarafi suv bilan oʻralgan yarim orolchada joylashgan boʻlgan.
"Mening kemamning oti Volga deyishardi" - zanglagan kemani silaydi Almas-ota.
"Moʻynoqdagi birinchi musulmon kema kapitani edim, desam ham boʻladi. Mengacha faqat ruslarni olishgan" - faxr bilan qoʻshib qoʻyadi suhbatdoshim.

Almas-ota Tolvashev 18 yil umri dengizda oʻtganini aytadi.


"Dengizda u paytlar 250ta kema suzardi. Har kuni oʻz kemamda 10 nafar baliqchi bilan birgalikda 600-700 kilo baliq tutardik".
Hamon yosh yigitlardek baquvvat va qotmadan kelgan Almas ota tez-tez Moʻynoqning sobiq bandargohidagi "Kemalar qabristoni"ga kelib, zanglagan kemalardan xabar olib turadi. U zanglagan temirga aylangan har bir kemaning 40 yil oldingi nomi va tarixini biladi.

Download 296.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling