Reja: Shoir Abdurahmon Akbarning hayoti
Download 408.6 Kb.
|
Abdurahmon Akbar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Shoir Abdurahmon Akbarning hayoti.
- 2. Shoirning ijodiy faoliyatidan lavhalar.
- 3. Umrining so’ngi yillari.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu:Abdurahmon Akbarning ijodiy rang – barangligi. (1962 – 2015) Reja: 1. Shoir Abdurahmon Akbarning hayoti. 2. Shoirning ijodiy faoliyatidan lavhalar. 3. Umrining so’ngi yillari. Kirish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish. Abdurahmon Akbar ijodi rang-barang mavzuda, shirali, ta’sirli yozilganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat she’rlarining qahramonlari ko’ngillari osmon kabi musaffo, shaloladek quvnoq, orzulari buloqlar suvidek toza, shamoldek tinim bilmaydigan bolakaylar ekanligining guvohi bo’lasiz. Kichkintoylar dunyoni o’zgacha idrok qiladilar. Kattalar uchun oddiy tuyulgan narsalar ular ko’z o’ngida fojiali ko’rinishi, kattalar uchun og’riqli va armonli tuyulgan yechilmas masalalar esa ular nazarida oddiy, yechimini topishi qiyin emas. 1. Shoir Abdurahmon Akbarning hayoti. Abdurahmon Akbar 1962-yilda Yangiyo’l tumani Niyozbosh qishlog’ida tavallud topgan. U 1987-yilda hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Abdurahmon Akbar o’z ijodiy izlanishlari bilan hozirgi zamon o’zbek bolalar she’riyatiga lirik kayfiyat va bola kechinmalarini qahramon tilidan berishning o’ziga xos uslubini olib kirdi. Abdurahmon Akbar ijodi rang-barang mavzuda, shirali, taʼsirli yozilganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat sheʼrlarining qahramonlari koʻngillari osmon kabi musaffo, shaloladek quvnoq, orzulari buloqlar suvidek toza, shamoldek tinim bilmaydigan bolakaylar ekanligining guvohi boʻlasiz. 2. Shoirning ijodiy faoliyatidan lavhalar. A. Akbar «Kichkintoy va paxtaoy», «Ehtiyotkor toshbaqa», «Uyquchining tushlari» kabi o’ndan ortiq she’riy kitoblar muallifi. Shoir «Qo’rqqanga qo’sha ko’rinar» nomli she’rida bolakaylarni mard,botir va ziyrak bo’lishga da’vat etadi:Adabiyotshunos Rahmatilla Barakaevning Abdurahmon Akbar ijodiga bergan bahosi ham e’tiborga loyiq.Muallif istiqlol davri bolalar adabiyoti:an’ana,vorislik va izlanish» nomli tadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida e’tibor qaratadi:« A. Akbarning mumtoz adabiyotimizdagi «Shoir dadam haqida she’riy hikoyalar» turkumini she’riy shaklgasig’magan fikrlar tizimi deyish to’g’riroq bo’lar edi. Abdurahmon bu she’rlari bilan bolalar adabiyotimizga fikrlovchi, o’ychan bola timsolini olib kirdi. Besh she’riy hikoyadan tarkib topgan turkum shoir dadasining armon-u iztiroblarini, dard-u tashvishlarini eshitib qolib, jajji yuragiga sig’dira olmay, to’lqinlanib so’zlayotgan bolakaytilidan hikoya qilinadi. YOMG‘IR Tunlari kuladigan gullar ekan yulduzlar. Ko‘zga ko‘rinmas ekan shu boisdan kunduzlar. Oftob bilan Oymoma ota-yu ona ekan. Bolalarin boshida doim parvona ekan. Bolalari kim dersiz kun va Oyni sizlar ham. Menga ishonavering,ular Bulutlar desam. Bulutlar ham bizlardek o‘ynar, uxlar, tush ko‘rar. Dengiz-u ummonlarda cho‘milmoqni xush ko‘rar. Bas, suvdan chiqing, deya koyimasa ham hech kim, Yuvar yuz-qo‘llarini ular goh chala-yarim. Bundan ranjib Oftobjon egniga peshband tutar. Farzandlarin bir joyga to‘planishlarin kutar. Bulutvoylar g‘o‘ldirab,yo‘talishsa ham „quv-quv“, Ularning ust-boshidan quyosh quyar tinmay suv. Ko‘ngli to‘lsa-ku xo‘p-xo‘p, yo‘qsa: quyar tunda Oy. Natijada tevarak bo‘lib ketar ho‘l va loy... Uydan chiqmay shu kezlar derazadan bo‘ylaymiz. Eng qizig‘i, bu suvni biz yomg‘ir deb o‘ylaymiz. 3. Umrining so’ngi yillari. Chop etilgan kitoblari: „Kichkintoy va paxtaoy“ (M. Qodirov bilan birgalikda, 1987), „So‘zlovchi yomg‘ir“ (I. Donish, D. Shokirovlar bilan birgalikda, 1990), „Ehtiyotkor toshbaqa“ (1991), „Yozning tug‘ilgan kuni“ (1992), „Kuylayotgan bog‘“ (1994), „O‘yinqaroq bulutcha“ (1996), „O‘rdakcham“, „Jonli savatcha“ (2005), „Uyquchining tushlari“ (2006). Shoir A. Akbar 2015 – yilda 53 yoshida vafot etdi. Xulosa. Abdurahmon Akbarning mumtoz adabiyotimizdagi qofiyali nasr (saj)ni eslatuvchi «Shoir dadam haqida she’riy hikoyalar» turkumini she’riy shaklga sig’magan fikrlar tizimi deyish to’g’riroq bo’lar edi. Abdurahmon bu she’rlari bilan bolalar adabiyotimizga fikrlovchi, o’ychan bola timsolini olib kirdi. Abdurahmon Akbar oʻz ijodiy izlanishlari bilan hozirgi zamon oʻzbek bolalar sheʼriyatiga lirik kayfiyat va bola kechinmalarini qahramon tilidan berishning oʻziga xos uslubini olib kirdi. Foydalanilgan adabiyotlar:
E’tiboringiz uchun rahmat!!! Download 408.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling