Lizing haqida


Download 0.67 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1376137
Bog'liq
Lizing haqida

Lizing haqida

Reja:

  • Lizing to’g’risida tushuncha.
  • Lizingning obyekti, subyekti va kreditdan farqli tomonlari.
  • Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirish kerak?
  • Lizing to’g’risidagi qonun va mijoz huquqlari.

Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Bir tomondan bu oddiy ijara shakliga juda ham o‘xshash. Aslida esa ular o‘rtasidagi farq yetarlicha aniq.

  • Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Bir tomondan bu oddiy ijara shakliga juda ham o‘xshash. Aslida esa ular o‘rtasidagi farq yetarlicha aniq.
  • Lizing – bu xizmatdir. Misol uchun, traktorni lizingga olmoqchi bo‘lgan fermer ushbu xizmat turini ko‘rsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, kompaniya o‘z mablag‘lari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan so‘ng esa traktorga egalik qilish huquqi bevosita mijozning nomiga o‘tadi.

2) Lizingning obyekti, subyekti va kreditdan farqli tomonlari.

  • OBYEKTI.
  • O‘zbekistonda lizing obyektlari sifatida tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa ko‘char va ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999 yil sanasidagi №756-I-sonli “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni).

SUBYEKTI.

  • Maxsus uskunalar, transport vositalari, ko‘chmas mulk yoki biznes jihozlariga muhtoj yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar lizingdan foydalanadi. Agar Sizga mashina kerak bo‘lsa, Siz jismoniy shaxs sifatida ham lizingni olish imkoniyatiga egasiz.

SUBYEKTI.

  • O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999 sanasidagi №756-I-sonli “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 3-kichik bobi, 34-bo‘lim, 6-paragraf “Lizing”

KREDITDAN FARQLI TOMONLARI.


LIZING

KREDIT

Ishtirokchilar

lizing uch tomonlama (sotuvchi – lizing beruvchi – lizing oluvchi) yoki ikki tomonlama (lizing beruvchi – lizing oluvchi) shartnomaga asosida amalga oshiriladi.

kredit ikki tomonlama (kredit beruvchi – qarz oluvchi) shartnomaga asosan tuziladi.

Egasi kim bo‘lib hisoblanadi

shartnomaning amal qilish muddati davomida mulk egasi lizing beruvchi hisoblanadi va u istalgan vaqtda mulkni qaytarib olishi mumkin.

bitimdan so‘ng sotib olingan mulkning egasi darhol korxona, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs hisoblanadi.

To‘lovlar

· lizing bo‘yicha to‘lovlar (lizing foizlari va asosiy qarz); · sug‘urta badallari; · boshlang‘ich to‘lov mulk narxining 20-30% tashkil etadi.

· kredit bo‘yicha to‘lovlar (kredit foizlari, asosiy qarz, sug‘urta); · boshlang‘ich to‘lov mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Mulk solig‘i

egalik, foydalanish huquqi lizing oluvchida bo‘lib mulk uning balansida turadi, shuning uchun mol-mulk solig‘iga tortiladi.

mulk darhol korxonaning nomiga o‘tadi, demak u soliqqa tortiladi.

3) Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirish kerak?

O‘zbekistonda lizing to‘lovlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi:

  • Dastlabki to‘lov – bu odatda tovarning sotib olish narxining 20-30%ni tashkil etadi;
  • Oylik to‘lovlar. Ular ikki xil shaklda bo‘ladi: annuitet (butun muddat davomida bir xil miqdord a oylik to‘lovlarni amalga oshirasiz) va regressiv – birinchi oyda Siz ko‘proq to‘lovni amalga oshirasiz, keyingi oylarda to‘lov miqdori asta-sekin kamayadi.

4) Lizing to’g’risidagi qonun va mijoz huquqlari.

  • Bunday vaziyatda «Lizing toʻgʻrisida»gi Qonunning (keyingi oʻrinlarda - Qonun) 11-moddasida qayd etilishicha, lizing beruvchi «…lizing oluvchi tomonidan oʻz majburiyatlarining jiddiy ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kelgusi lizing toʻlovlarini toʻlashni tezlashtirishni yoki garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing ob’yektiga qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab etish» huquqiga egadir. Mazkur tartib OXS Plenumining 27.11.2015 yildagi 289-son qarorining 19.12.2020 yildagi tahririda berilgan tushuntirishda ham qayd etilgan.

Lizing kompaniyalarining asosiy muammosi, qoidaga koʻra, lizing oluvchilar tomonidan lizing toʻlovlarining muddati kechiktirilishi yoki toʻlanmasligi hisoblanadi.

Lizing to’g’risidagi qonun va mijoz huquqlari.

Fuqarolik kodeksining 264-moddasida bir shaхsning boshqa shaхsga mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanishi, FKning 266-moddasiga muvofiq esa ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkinligi belgilangan.

THANK YOU! THE END!


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling