13-mavzu. Avtomatik tizimlarni ishlash vaqtida ishonchliligini ta‘minlash


Yuklanmagan zahirali tizimlarda ishonchlilik ko‘rsatkichini hisoblash


Download 0.83 Mb.
bet6/6
Sana31.03.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1311111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Маъруза АСДИ

4. Yuklanmagan zahirali tizimlarda ishonchlilik ko‘rsatkichini hisoblash
Ishonchlilikka sinashning maqsadi – ABTning ishonchlilik darajasini aniqlash va uning son qiymatlarini baholashdir. Ishonchlilik darajasini bilish kо‘p masalalarni hal qilishga imkon beradi: belgilangan ishonchlilik xarakteristikalarini tasdiqlash, ABTning zaif tomonlarini aniqlash va ishonchlilikni oshirish tadbirlarini ishlab chiqish, avtomatik boshqarish tizimining TXK va JT ratsional tizimini qо‘llash, avtomatik boshqarish tizimining samaradorligini va keyingi ekspluatatsiyaning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlash hamda xisob-kitob, prognozlarni tekshirish va avtomatik boshqarish tizimi yaratilish texnologik jarayoni sifatini tekshirish va h.k.
Sinov natijalari ABTlarning ishonchliligi tо‘g‘risida axborot beradi va quyidagi xarakteristikalardan birini olishga imkon yaratadi:
1. Buzilishgacha bо‘lgan xizmat muddatlari (ishlagan vaqti)ning taqsimlanish qonunlari. Bu xarakteristika tо‘liq hisoblanib, asosiy ishonchlilik kо‘rsatkichlarini, masalan, berilgan vaqt davomidagi buzilmasdan ishlash ehtimolligini aniqlash imkonini beradi. Lekin bu ish katta statistik material va harajatlar talab qiladi. Taqsimlanish qonunlarini faqat sodda ABTlar uchun olish mumkin.
2. Buzilishsiz ishlash ehtimolligi berilgan vaqt uchun aniqlanishi mumkin, lekin buzilmaslik xarakteristikasi ABTning kattaroq ishlash davri uchun no‘ma‘lum bо‘lishi mumkin. Bunday chegaralangan axborot bо‘yicha ham ABTning ishonchlilik darajasi tо‘g‘risida xulosa chiqarish kerak.
3. Sinovlarning murakkabligi va uzoq chо‘zilishi ABTning vaqt bо‘yicha chiqish parametrlari о‘zgarishining bahosini olish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin. U holda har bir parametr bо‘yicha «ishonchlilik zahirasi» kо‘rsatkich bо‘lib xizmat qiladi. Prognoz usullari bilan birga qо‘llagan holda sinashlarning bu natijalaridan ABTning ishonchlilik darajasini aniqlashda foydalanish mumkin.
4. Kо‘p hollarda masalaning murakkabligi tufayli ABT ishonchlilik darajasini absolyut miqdorlarda aniqlash mumkin bо‘lmay qoladi, uni faqat о‘ziga о‘xshagan ABTning kо‘rsatkichi bilan nisbiy taqqoslash mumkin. Bu hollarda sinovlar, buzilmasdan ishlashlik yoki chidamlilik necha marta о‘sdi, degan savolga javob berib, chidamlilikning xaqiqiy darajasi tо‘g‘risidagi masalani hal qilmaydi.
Yuqori ishonchli ABTlar uchun faqat vaqt omili sinashlarning u va hajmlarini aniqlashda asosiy mezon bо‘lib hisoblanadi.
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling