Бухгалтерия ҳисоби” кафедраси “Молиявий ва бошқарув ҳисоби” фанидан оралиқ назорат


Download 0.77 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#235468
Bog'liq
23-variant oraliq


Бухгалтерия ҳисоби” кафедраси

Молиявий ва бошқарув ҳисоби”



фанидан оралиқ назорат

23-вариант

  1. Ҳисоб-китоб счёти ҳисоби.

  2. Хўжалик муомалаларини дастлабки ва йиғма ҳужжатлаштириш тартиби

  3. Оборот ведомост (айланма қайднома)ларини тузиш.


Xisob-kitob schyoti xisobi tartibi

1. Korxonalar o’rtasida bank orqali xisob-kitob schyoti vositasida qilinadigan xisob-kitoblar ikki shaklda amalga oshirilishi mumkin: naqdsiz o’tkazishlar yo’li bilan va naqd pulli to’lovlar ko’rinishida.

O’zbekiston Respublikasi xududida naqd pulsiz xisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi "O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz xisob-kitoblar to’grisida"gi Nizomda (O’zr AV tomonidam 15.04.2002 Yilla 1122-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) belgilangan. Naqd pullar bank xisob-kitob schyotndan korxona kassasiga mexnatga xaq to’lash, nafaqalar, kasallik varaqlari bo’yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari va xo’jalik xarajatlarini to’lash uchun cheklar asosida beriladi.

Undiruvchilar topshiriqlari bo’yicha mablaglarni so’zsiz tartibda xisobdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

- soliq idoralarining davlat budjetiga o’z vaqtida to’lanmagan soliqlar va soliq bo’lmagan to’lovlarni undirish to’g’risidagi topshirigi bo’yicha;

- ijtimoiy sugurta jamgarmasi idoralarining boqimandalarni undirish to’g’risidagi topshirig’i bo’yicha.

Xisob-kitob operasiyalarini o’tkazish paytida naqdsiz xisob-kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: to’lov togshiriknomalari; to’lov talabnomalari; akkreditivlar; inkasso topshiriqnomalari. Naqdsiz xisob-kitoblar bankning korporativ kartochkalari bo’yicha ham amalga oshiriladi.

To’lovchilar bilan mablag oluvchilar o’rtasidagi xisob-kitoblar shakli shartnoma (kelishuv) bilan belgilanadi.

Korxona schyotida pul mablaglari yetarlicha bo’lmaganda bank uni 2-son kartotekaga o’tkazadi va korxonani o’z mablag’larini mustaqil tasarruf etish huquqidan mahrum kiladi. Mablag’larni xisob-kitob schyotidan xisobdan

chiqarib ushbu holda qonun xujjatlari bironbelgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Mustasno hollarda mablaglarni juda zarur extiyojtarga berish tegishli me'yoriy xujjatlar bilan belgilangan tartibda

amalga oshiriladi.

Vaqti-vaqti bilan (xar kuni yoki bank tomonindan belgilangan boshqa muddatlarda) korxona bankdan xisob-kitob schyotidan ko’chirma oladi. Unda operatsiya mazmuni shartli kod bilan almashtiriladi. xisob-kitob schyoti

Bo’yicha operasiyalar amalga oshirilganidan keyin beriladi. Ko’chirmaga barcha tasdiqlovchi xujjatlar biriktirib quyiladi.

Ko’chirmaning buxgalteriya ishlovida bank korxonaning qarzdori sifatida amal qilayotganini e’tiborda tutish kerak, chunki bank pul mablag’larini saqlaydi va ulardan o’z aylanmasida foydalanadi. Shu sababli mablag’lar qoldiqlari va tushumlar shaxsiy schyot krediti buyicha yoziladi, chunki ushbu summalar bankning korxonadan qarzini kursatadi, pullarni berish va o’tkazish esa debet bo’yicha kursatiladi, chunki ushbu holda bankning qarzi kamayadi. Demak, bank uchun korxonaning xisob-kitob schyoti - passiv xisobvarag’. Korxona uchun

esa u aktiv xisobvarag’, shuning uchun buxgalter ushbu operatsiyalarni 5110-"xisob-kitob schyoti" xisobvarag’iga teskari tartibda yozadi.

Bank ko’chirmasi buxgalter tomonidan tekshiriladi va yo’laklarida korrespondentsiyalanuvchi xisobvarag’lar shifri qalamda ko’rsatiladi. Ko’chirmaga ilova qilingan xujjatlarda ana shu xisobvarag’lar ko’rsatiladi. Bank

Ko’chirmalarida tuzatishlar, o’zgarishlar, ustidan chizishlarga yo’l quyilmaydi. Korxonaning xisob-kitob schyotida Uzbekiston Respublikasi milliy valyutasida pul mablag’lari mavjudligi va xarakatini xisobga olish uchun 5110-"xisob-kitob schyoti" aktiv pul xisobvarag’i ishlatiladi.





2. O'z xususiyatlariga ko'ra asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi lozim bo'lgan buyumlar ham TMZ tarkibiga kiritiladi, chunki ular odatda mehnat kurollari hisoblanadi va mustakil ahamiyatga ega bo'ladi, lekin buxgalteriya hisobini yengillashtirish maqsadida ular TMZ tarkibiga kiritiladi hamda inventarlar va

xo'jalik jihozlari tarkibida hisobga olinadi. Ularga xizmat muddati bir yildan oshmaydigan va qiymati bir birlik (komplekt) uchun xizmat muddatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha mikdorda bo'lgan barcha buyumlar kiradi. Tashkilot rahbari ularni inventar va xo'jalik jihozlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir.

Xizmat muddati va kiymatidan kat'i nazar inventar va xo'jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

- maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chikarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo'ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar);

- maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal;

- ko'rpa-to'shaklar;

- yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga ko'yiladigan asboblar va hokazo);

- oshxona inventari, shuningdek sochiq-dasturxonlar;

- ularni barpo etish xarajatlari kurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulda bo'lmagan) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;

- foydalanish muddati bir yildan kam bo'lgan almashtiriladigan uskunalar;

- ovlash qurollari (trallar, yoyma to'rlar, to'rlar, anjomlar, matraplar va hokazo).

Foydalanishga berish paytida inventar va xo'jalik jixozlarining kiymati ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga to'lik kiritiladi. Foydalanishdagi inventar va xo'jalik jihozlarining keyinchalik saqlanishini ta'minlash maqsadida ularning hisobini ishlatish joylari va moddiy javobgar shaxslar bo'yicha balansdan tashqari 014-"foydalanishdagi inventar va xo'jalik jihozlari" hisobvarag'ida yuritish lozim

Misol. Korxona mol yetkazib beruvchilardan QQSsiz har donasi 12 000 so'mdan bo'lgan, 120 000 so'mlik 10

ta kalkulyator sotib oldi. Xarid qilish quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi:

D-t 1080-"inventar va xo'jalik jihozlari" - 120 000 so'm

K-t 6010-"mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to'lanadigan schetlar" - 120 000 so'm

To'rtta kalkulyator foydalanish uchun ishlab chiqarishga, esa buxgalteriyaga berilgan va quyidagi yozuv amalg'a oshirilgan:

D-t 2010-"asosiy ishlab chiqarish" - 48 000 so'm

D-t 9420-"ma'muriy xarajatlar" - 72 000 so'm

K-t 1080-"inventar va xo'jalik jihozlari" - 120 000 so'm.

Foydalanishga berilgan inventar va xo'jalik jihozlari qiymatini balansdan tashqari

xnsobvaraqlarda aks ettirish quyidagichadir:

D-t 014-"foydalanishdagi iivsitar va xo'jalik jihozlari"- 120 000 so'm

Inventar va xo'jalik jihozlari ishga yaroqsiz holga kelishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishi paytida inventar va xo'jalik jihozlarini hisobdan chiqarish bo'yicha belgilangan shaklda dalolatnoma tuziladi va ularning qiymati 014-"foydalanishdagi inventar va xo'jalik jihozlari" hisobvarag'ining krediti bo'yicha aks ettiriladi. K-t 014-"Feydalanishdagi inventar va xo'jalik jihozlari" - 120 000 so'm.




3. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mablag‘lar harakati alohida ahamiyatlidir, chunki har bir mablag‘ning holati, mulk egasi uchun zaruriy mablag‘ hisoblanadi. Xo‘jalik faoliyatida turli manbalardan foydalaniladi va
manbalarning o‘zgarishi umumlashtirilgan va alohida olingan mablag‘ holati bo‘yicha tahlil qilinadi. Aylanma vedomostlarni tuzishdan asosiy maqsad: birinchidan, kerakli manbalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bo‘lsa,
ikkinchidan, ularning holatini umumlashtirilgan tarzda o‘rganishdir.
Aylanma vedomostlarni tuzish uchun asosiy ma’lumotlar bevosita buxgalteriya hisobining schotlaridan olinadi. Hisobot oyning boshiga bo‘lgan qoldiq har bir schot bo‘yicha aylanma vedomostda boshlang‘ich qoldiq schotning oylik oborotlari va oy oxiriga qoldiq ko‘rsatiladi („Debet“ va „Kredit“ temalari bo‘yicha). Aylanma vedomostlar tuzishdan asosiy maqsad amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘riligini nazorat qilish bo‘lsa, ikkinchidan, ularda ko‘rsatilgan manbalar holatining turlari bo‘yicha hujjatda ko‘rsatilgan miqdorlari
va summalari bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashdir. Aylanma vedomostni tuzish yo‘li bilan amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining, berilgan buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligi nazorat qilinadi.
Aylanma vedomostlar statistik schotlar bo‘yicha tuziladi.

Birinchi navbatda, har bir schotning ma’lumotlarini tegishli jurnal-orderlar bo‘yicha hisob qilib, har bir jurnalorder bo‘yicha oxirgi koordinatalarini aniqlab chiqishni talab qiladi. Sintetik schotlar bo‘yicha tuziladigan aylanma vedomostning ko‘rinishi quyidagicha:



Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, aylanma vedomostni tuzish uchun har bir sintetik schot ko‘rsatkichlarining boshlang‘ich qoldig‘i, oylik oboroti, oy oxiriga qoldiq bo‘yicha alohida-alohida ko‘rsatiladi. Demak, aylanma vedomost deb, hisobot davrida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining hisobot davrining oxiriga bo‘lgan holatini aniqlashga aytiladi. O‘z navbatida, aylanma vedomostlar 2 xil, ya’ni sintetik va analitik schotlar bo‘yicha, alohida-alohida tuziladi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sintetik schot bo‘yicha tuziladigan aylanma vedomostda mablag‘lar holati, ya’ni boshlang‘ich qoldiq, oylik oborotning oxirgi qoldig‘I pul ko‘rsatkichlarida ko‘rsatiladi.
Analitik schotlar bo‘yicha tuziladigan aylanma vedomostlarning tuzilishiga nazar tashlasak, bir-biri o‘rtasidagi farqni quyidagicha izohlash mumkin:
· Birinchidan, analitik schotlar bo‘yicha aylanma
vedomostni tuzish uchun asos qilib mol yetkazib beruvchi
tashkiliy tomondan yozilgan schot-faktura, yuk xati olinadi.
Bu hujjatga asosan aylanma vedomostning kirim qismi
ko‘rsatiladi.

Ikkinchidan, aylanma vedomostning chiqim tomonidagi ma’lumotlarga asosan tovar va mahsulotdagi korxonadan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asos qilib olinadi. ·Uchinchidan, analitik schotlar bo‘yicha aylanma vedomostlar bir vaqtda natura va pul o‘lchov birliklarida tuziladi.


Analitik schotlar bo‘yicha aylanma vedomostning tuzilishi quyidagicha:



Sintetik va analitik schotlar bo‘yicha aylanma vedomostlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash maqsadida ularning o‘zaro tengligini nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun sintetik schot bo‘yicha tuzilgan aylanma vedomostning boshlang‘ich qoldiqning summasi jami analitik schot bo‘yicha ko‘rsatilgan summaga, ya’ni ularning jami boshlang‘ich qoldig‘i summasi bilan teng kelishi shartdir. Analitik schotning chiqish tomonidagi ma’lumotlar aylanma vedomostning chiqish tomonida o‘lchov birligi va
summasi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling