13-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar reja


Download 32.91 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi32.91 Kb.
#1829191
  1   2   3
Bog'liq
13-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar reja


13-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR
REJA:
1. Muomalamadaniyati–axloqiymadaniyatningtarkibiyqismi.
2. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg’unligi.
3. Shaxs axloqiy kamolotida ta’lim va tarbiyaning o’rni.
4. Etikaningzamonaviymuammolari
Axloqiy tarbiya
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib etishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab etadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi, axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi.
Inson borliqdagi eng buyuk zotdir. Insonning axloqiy hayoti esa uning axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liqdir. Zero axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib etishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri.
Komillikning har bir davrga xos ijtimoiy mezonlari ham bo‘lgan. Buning boisi shuki, odamzod aqliy, ruhiy va jismoniy iqtidori, iste’dodi, salohiyati jihatidan bir – biridan farqlanadi. Darhaqiqat bir – biridan farqlanuvchi insonlarniaxloqiy tarbiya orqali komillikka etkazish mumkin. Aziziddin Nasafiy kamolotning belgisi sifatida ikki narsani asos qilib olgan. Buning biri – axloq bo‘lsa, ikkinchisi – o‘z - o‘zini tanish. SHu ikki asosning bor yoki yo‘qligiga qarab u odamlarni uch qismga ajratgan.

  1. Hamida axloqiy hislatlar bilan bezanmagan va o‘z – o‘zini tanimagan odamlar.

  2. Hamida axloqiy hislatlar bilan bezangan, ammo o‘z – o‘zini tanimagan odamlar.

  3. Hamida axloqiy hislatlar bilan bezangan va o‘z – o‘zini tanigan odamlar.

SHu tariqa, komil insonning o‘ziga hos axloq qoidasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish har bir odamning orzu – armoni deb qaralgan.
Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri - qanday yashamoq kerak, ikkinchisi - nima qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko‘rinishidir.
SHunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka etkazish yo‘llaridan biri. Uning vositalari ko‘p. Ularning bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. CHunonchi, maktabgacha bo‘lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an’anaviy tarbiya bilan o‘yinchoqlar va o‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo‘llaniladi; bunda bola qizg‘anchiqlik, g‘irromlik qilmaslikka, halol bo‘lishga o‘yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televidenie, radio, qo‘g‘irchoq teatri, kino san’ati katta rol o‘ynaydi.
Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi - san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta.
Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo‘lgan yo‘li, bu - namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo‘lishi kerak. Maktabda va oliy o‘quv yurtida muallimlarning ta’lim berish usullaridan tortib, to «mayda-chuyda» xatti-harakatlarigacha o‘z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz-shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo‘ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta’minlovchi omillardandir.
Hozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televidenieni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan muntazam ko‘rsatuvlar ham berib boriladi.
Axloqiy tarbiyaning aqliy-ma’naviy va jismoniy tarbiya bilan qo‘shib olib borilishi maqsadga muvofiq. O‘shanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratilgan.
Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • jamiyatda insonlarini yuksak darajada axloqiy g‘oyalarga sodiq bo‘lish, milliy g‘urur, sha’n va qadr – qimmatini saqlashni oliy axloqiy xislatlar deb tushunish ruhida tarbiyalash;

  • axloqan pok, rostgo‘y, mas’uliyatli, mustaqil fikrlovchi insonlarni tarbiyalab etishtirish;

  • yuksak axloqiy madaniyat sohibi, insonparvar, xushmuomalaligi bilan faxrlanish mumkin bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash.


Download 32.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling