13-Mavzu: Bioemiruvchi fermentlar, ularning zararli xususiyatlari. Fermentlar tomonidan ayrim sanoat materiallarining yemirilishi (2 soat)


Ayrim sanoat materiallarini fermentlar ta`sirida emirilishi


Download 26.5 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1506798
1   2
4.Ayrim sanoat materiallarini fermentlar ta`sirida emirilishi
Zararlanadigan material turi bilan destruktsiya qo`zg`atuvchilarning fermentativ xususiyatlari orasida aniq muvofiqlik mavjud. Qo`zg`atuvchilarda muayyan materialdagi asosiy aloqalarni parchalashda fermentlar ayniqsa faol bo`ladi. Umuman olganda, materiallar emirilishida ularda biotsenoz hosil kilgan bir nechta zamburug` va bakteriya turlarining ko`p fermentlari ishtirok etadi va bu jarayonning biokimyosi murakkab. Misol uchun, molekulalarida amid va murakkab efir aloqalari bo`lgan polimerlar (poliamid, poliuretan, polialkshshipartrat, mochevinaformal’degid smolalari, diollar asosidagi poliefirlar) biodestruktsiyasi faol esteraza va proteolitik fermentlar sintez qiluvchi zamburug`lar bilan zararlanishi natijasida amalga oshishi mumkin.
Murakkab efir aloqali poliuretanlarga nisbatan oddiy efir aloqali poliuretanlar zamburug`lar bilan kuchliroq zararlanishi aniqlangan. Oddiy efir alokalari zamburug` polimerii parchalashi va so`ngra uni o`zlashtirishini osonlashtiradi. Uretan alokalari oralarida uzun karbon zanjirchalari bo`lgan birikmalar oson parchalanadi. Bir-biriga yaqin joylashgan uchta metil guruh mavjudligi ham uretanlar zararlanishini kuchaytiradi. Poliuretan tuproq mikromitsetlari tomonidan parchalanishi quyidagi tartibda o`tadi: qoldiq erkin izotsianatlar ——> mochevina va amid guruhlari---> uretan guruhlari--->izotsian-siydik kislotasining xalkalari.
Ko`p polimerlar (PVX, rezina, moylagichlar va h.) tarkibiga murakkab efir plastifikatorlari kiradi. Ulardan ba`zilari, masalan, adipin va sebatsin kislotalar asosidagi plastifikatorlar mog`or zamburug`lari uchun qulay ozuqa muhitidir. Bu birikmalarning efir aloqalarini parchalovchi esterazalarni hosil qiluvchi zamburug`lar bunday plastifikatorlarni emiradi. Ammo plastifikatorlar emirilishining ikkinchi mexanizmi ham mavjud, unda α-ketokislotalarni oksidlovchi fermentlar asosiy rol’ o`ynaydi. Bunda hosil bo`ladigan qahrabo va shovul kislotalari so`ngra Krebs tsikliga tortiladi. Toza va plastifikatorlangan PVX-materiallardagi plastifikatorlarning mikrobiologik emirilish tezligi va darajasi har xil; bu tezlik va daraja mikroorganizmlar ta`siriga material aloqalari bardosh bera olishi hamda plastifikatorlar material hajmidan uning ustki qismiga diffuziyasining tezligi bilan aniqlanadi. Plastifikatorlarning migratsiya qilish qobiliyati qancha kuchli bo`lsa, biozararlanish natijasida ular yo`qotilishi ham shuncha ko`p. Masalan, toza holida yaxshirok o`zlashtirilishiga qaramasdan, polimer pardalardagi past molekulyar plastifikatorlarga ko`ra poliefir plastifikatorlarni mikroorganizmlar kam o`zlashtiradi. Bu poliefir plastifikatorlarning migratsiya qilish qobiliyati kamligi bilan bog`liq.
Yog`och va tsellyulozadan tayyorlangan materiallarni (qog`oz, karton, arxiv va qurilish materiallari va h.) emiruvchilar, tsellyulozani glyukozagacha gidrolizlovchi tsellyuloza fermentlari kompleksi (bu kompleksning faoliyati yuqorida keltirilgan) produtsentlaridir.


Nazorat savollari
1. Mitselial zamburug`lar qanday fermentlarni ishlab chiqaradi?
2.Materiallar parchalanishida oksigenazalarning tutgan o`rni.
3.Tarkibida tsellyuloza bo`lgan sanoat materiallarini parchalashda qaysi guruh fermentlari aktiv ishtirok etadi?
4.Mog`or zamburug`lari kul’turalaridan nechta organik kislotalar ajratilgan va ular qaysilar?
5. Organik kislotalar ayniqsa qaysi materiallarni ko`p zararlaydi?
6.Metallar bakterial korroziyasining biokimyoviy va kimyoviy mexanizmlari to`g`risida gapirib bering.
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling