13-Mavzu: Bioemiruvchi fermentlar, ularning zararli xususiyatlari. Fermentlar tomonidan ayrim sanoat materiallarining yemirilishi (2 soat)


Download 26.5 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1506798
  1   2

13-Mavzu: Bioemiruvchi fermentlar, ularning zararli
xususiyatlari. Fermentlar tomonidan ayrim sanoat materiallarining yemirilishi (2 soat)
Reja:
1. Dioksigenazalar, digidrogenaza va oksidazalar.
2. Peroksidaza, katalaza, gidrolazalar.
3. Karboksilesteraza, fosfataza, tsellyulaza, karbogidraza.
4. Polimerlarning fermentlar tomonidan yemirilishi.
5. Yog`och va tsellyulozadan tayyorlangan materiallarning fermentlar tomonidan yemirilishi.
6. Rezina mahsulotlarining fermentlar tomonidan yemirilishi.


Dars maqsadi: Talabalar bioemiruvchi fermentlar to`g`risidagi ma’ruza darsida olgan bioemiruvchi fermentlar turlarini sistematik tahlil qilish to`g`risidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko`nikmalarni shakllantirish. Talabalarda darsga bo`lgan qiziqish hissini kuchaytirish.
Dars vazifasi: bioemiruvchi fermentlar turlarini sistematik tahlil qilishni o`rganish.
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: suhbat, "Klaster" usuli, guruhlarga bo`lib ishlash.
Dars jihozlari – bioemiruvchi fermentlar tomonidan zarar etkazilgan joylar to`g`risidagi slaydlar.
Dars jarayonining mazmuni:
Umumiy ma`lumot:
Mitseliy tez o`sa olishi hamda tabiiy va sun`iy sintez vositasida yaratilgan xilma-xil materiallarni o`zlashtirishga imkon beruvchi boy, quvvatli va labil ferment sistemasi mavjudligi tufayli, har xil materiallar va buyumlarni zararlovchi mikroorganizmlar orasida birinchi o`rinda zamburug`lar joylashadi.
Hozirgi paytlarda zamburug`lar uchun har xil sanoat materiallari (metall, beton, plastmassalar, rezina, teri, yonilg`i, lak va bo`yoqlar, qog`oz va h.) o`ziga xos ekologik "tokcha" (nisha) rolini o`ynamoqda. Saprotrof zamburug`lar bu materiallarga joylashishi natijasida texnofil zamburug`larning o`ziga xos terma ekologik guruhi shakllanmokda. Material va buyumlarning mog`or zamburug`lari bilan zararlanishi o`sayotgan mitseliy ularni mexanik parchalashi, bioifloslanish va asosan ferment va organik kislotalar ta`siri natijasida amalga oshadi.
Fermentlar. Materiallar fermentlar ta`sirida parchalanishi har xil reaktsiyalar - oksidlanish, tiklanish, dekarboksillanish, eterifikatsiya, gidroliz va boshkalar natijasida amalga oshadi. Mitselial zamburug`larda xalqaro klassifikatsiyada mavjud bo`lgan barcha 6 ta sinfga mansub fermentlar borligi aniqlangan. Ammo materiallarning ko`pchiligi zamburug`larning oksireduktaza, gidrolaza va liaza fermentlari ta`sirida faol emiriladi. Biozararlanish paydo bo`lishida hujayra ichidagi fermentlar - endofermentlar emas, balki atrof-muhitga ajratiladigan fermentlar - ekzofermentlar katta rol’ o`ynaydi. Hozirgi tasavvurlarga ko`ra, mikroorganizmlar DNK sida sintez qilinayotgan fermentga hujayradan ajralib chiqish qobiliyatini beruvchi signal kodonlarining universal birin-ketinliklari mavjud. Ular initsiatsiya kodonining o`ng tomonida joylashgan va mRNK hosil bo`lishida transkribitsiya qilinadi.
Mikroorganizmlar ta`sirida ko`p materiallar parchalanishida oksireduktaza fermentlaridan oksigenazalar alohida rol’ o`ynaydi. Bu birinchi navbatda karbonvodorodlar kabi gidrofob va nopolyar moddalar va tsiklik birikmalardan hosil bo`lgan materiallarga taalluqlidir. Kislorod oksidlanayotgan substratga bevosita yopishishini kataliz qiluvchi oksigenazalar mavjud. Bunday reaktsiyalar ko`p yot moddalarni tirik hujayra tomonidan metabolizatsiya qilinishining birinchi bochqichidir. Agar bu jarayonda kislorod molekulasining har 2 atomi substrat molekulasiga kiritilsa, bunday fermentlar dioksigenazalar kenja guruhiga mansub bo`ladi. Ko`p dioksigenazalarning faol komponenti gem yoki tarkibida gem bo`lmagan temir elementidir; ulardan ba`zilarining faoliyati uchun α-ketoglutarat mavjud bo`lishi talab qilinadi. Ko`pincha dioksigenazalar aromatik xalqaning aloqalari uzilishini katalizlaydi.

Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling