13-mavzu. Blokcheyn texnologiyasi va undan foydalanish yo’llari. Reja


Download 22.63 Kb.
bet1/2
Sana21.09.2023
Hajmi22.63 Kb.
#1684092
  1   2
Bog'liq
13-ma\'ruza (3)


13-MAVZU. BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA UNDAN FOYDALANISH YO’LLARI.
REJA:

  1. Bloycheyn texnologiyasi va uni qo‘llanilishi.

  2. Soliq, bank, buxgalteriya sohasida blokcheyn texnologiyalarini qo‘llanilishi xususiyalari.

  3. Tranzaksiyalar jarayonida axborotlarni uzatilishi.

ISHDAN MAQSAD: Talabalarga bloycheyn texnologiyasi va uni qo‘llanilishi. Soliq, bank, buxgalteriya sohasida blokcheyn texnologiyalarini qo‘llanilishi xususiyalari. Tranzaksiyalar jarayonida axborotlarni uzatilishi kabi ma’lumotlarni berish.
TAYANCH IBORALAR: Bloycheyn texnologiyasi, soliq, bank, buxgalteriya sohasida blokcheyn texnologiyalari, tranzaksiyalar jarayoni.
QO’LLАNILАDIGАN TА’LIM TЕXNОLОGIYALАRI: nаmоyish etish, Blis-so’rоv, Klaster, muammoli savol, aqliy hujum
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko’zda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur.
Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o’stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o’tish bo’yicha “yo’l haritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur”. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida1, shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Qaror qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston Resbublikasida 1O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni 6 raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar deb ko’rsatilgan: Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraud-funding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish.
Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash. Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash. Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish.
Horij tajribasini hisobga olgan holda blokchetn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish. Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tishunchali nimalardan iboratligi pishiq-puhta bilib olish talab qilinadi. Ushbu qiziqarli va jozibali raqamli iqtisodiyot sohasiga sayohatimizni boshlashdan avval axborotlashgan jamiyat va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan bir qancha asosiy tushunchalar bilan yaqindan tanishib chiqishga harakat qilamiz. Chunki shundagina ushbu risolada aks ettirilgan masala, muammo va kontseptsiyalarni to’g’ri tushunish mumkin bo’ladi. Qisqa va lo’nda qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot– bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3832 03.07.2018dagi “O’zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborotkommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir.Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yilavvalgina boshlangan.“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqanli iqtisodiyoti” turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial iqtisodiyot” (D.Bell), “axborotlashgan iqtisodiyot” (O.Toffler), “megaiqtisodiyot” (V.Kuvaldin), “axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” (I.Niiniluto), “texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B.Geyts), “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” (D.Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog‘lab turadigan omil – bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining birlamchi o‘rinni egallashi bo‘lib hisoblanadi.Raqamli iqtisodiyot haqida so‘z borar ekan, axborotlashgan jamiyatga ta’rif berib o‘tish o‘rinlidir. Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko‘p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‘lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lgan jamiyatga aytiladi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat hayotida axborot, bilim va axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada oshishi xosdir.Raqamli iqtisodiyot ustivar bo’lgan axborotlashgan jamiyatgata’rif berishdaiqtisodchilar turli texnologik, iqtisodiy, mehnat, fazoviy, iste’mol va kreativ mezonlardan 8 foydalanadilar. Quyida ularni har birini batafsilroq ravishda ko‘rib chiqishga harakat qilamiz: 1. Texnologik mezon. Yangi texnologiyalar axborotlashgan jamiyatning tug‘ilish belgisi deb qabul qilinadi. Bunda kabelli va yo‘ldosh orqali televideniya, kompyuter tarmoqlari, shaxsiy kompyuterlar, yangi ofis texnologiyalari va boshqalar nazarda tutiladi. Texnologik yangiliklarning bunday hajmi ijtimoiy qayta qurishga olib keladi deb tasavur qilinadi, chunki ularning jamiyatga ta’siri juda ham sezilarli darajada bo‘ladi. Yaponiyada aloqa va telekommunikatsiya vazirligi 1975-yildan boshlab, telefon orqali so‘zlashuvlar, axborotni yetkazib berish vositalari hajmini o‘lchash, hisobga olish uchun murakkab texnikadan foydalanadi. Texnologik mezonga qarshi quyidagi e’tirozlar olg’a suriladi: – jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hajmini o‘lchashning oqilona birligi mavjud emasligi; – texnologik daraja ko‘rsatkichida jamiyatni axborotlashgan deb atash mumkin bo‘lgan nuqtani aniqlashning qiymatli yechimi topilmaganligi muammosi; – texnologiyalar ijtimoiy sohadan ajralmasdir, ular ijtimoiylikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Misol uchun, u yoki bu tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar masalasida qabul qilinadigan qarorlar ijtimoiy ustuvorliklarni ifodalaydi va bu baholovchimulohazalar asosida turli texnologiyalar rivojlanadi. Texnologik determinizm texnologiyaga asossiz muhim o‘rin ajratib beradi, lekin texnologiya noijtimoiy hodisa sifatida jamiyat rivojlanishining asosiy, ijtimoiy omili bo‘lib hizmat qila olmaydi.
Iqtisodiy mezon esa axborotning iqtisodiy qadr-qimmati o‘sishini hisobga olishni nazarda tutadi. Yalpi ishlab chiqarishning ichki mahsulotida axborot biznesi ulushining ko‘payishi jamiyat rivojlanishining axborotlashgan jamiyat tomon harakatlanishini bildiradi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasini aniqlash uchun olimlar tomonidan “Yalpi raqamli mahsulot” ko‘rsatkichini kiritish taklif qilinmoqda. U axborot texnologiyalari yoki axborot va intellektual tarkibiy qism yordamida iqtisodiy sektorlarda yaratilgan iste’molchi 9 uchun foydali bo‘lgan axborot, tovar va hizmatlarining bozor qiymatini aks ettiradi.Iqtisodiy mezonni eng birinchilardan bo‘lib, amerikalik olim Fris Maxlup taklif etgan, u axborot sohalariga ta’lim, huquq, noshirlik ishi, ommaviy axborot vositalari va kompyuterlarni ishlab chiqarishni kiritdi. Mark Porat esa birlamchi va ikkilamchi iqtisodiyot sektorlari orasiga farq kiritgan amerikalik olimlardan biri hisoblanadi. Birlamchi sektor aniq iqtisodiy baholanishi mumkin, chunki u bevosita bozor qiymatini yaratadi. Ikkilamchi sektor iqtisodiyot uchun muhim hisoblansada, ammo uniiqtisodiy baholanishni amalga oshirish ancha mushkul amal hisoblanadi, chunki u kompaniyalar va davlat korxonalari ichidagi axborot faoliyatini o‘z ichiga oladi. Axborot jamiyatini aniqlashning iqtisodiy mezoni amerikalik olim, professor Gerbert Shiller ishlarida ham o‘zining nazariy asosini topgan. U “axborot va kommunikatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday innovatsiyalarga nisbatan bozorning o‘rni hal qiluvchi bo‘lib qoladi: axborotlar tovar bo‘lib qolishi kerak, ya’ni ularga kirish yo‘li faqat tijorat asosida bo‘ladi”- degan hulosaga keladi. Bunday holatda axborot ko‘proq har qanday boshqa tovarlarga o‘xshab qoladi. Shillerning ta’kidlashicha, bozor tamoyillari axborot sohasida ham xuddi kapitalistik jamiyatdagidek to‘laligicha ishlaydi. Shu mezonga mos holda, ishlab chiqarilgan axborotlarning miqdori va sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularni foyda olish imkoniyati mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda bozor tamoyillariga asosan, qanday ko‘rinishdagi axborotni ishlab chiqarish kerak, kim uchun va qanday shart-sharoitlarda, degan savollarga duch kelinishi tabiiy hol hisoblanadi.Ushbu iqtisodiy mezonga qarshi quyidagi e’tirozlar ilgari surilmoqda:  axborot sektoriga nimani kiritmoq kerakligi haqidagi masalani hal etishda, yashirin sharh va baholi mulohazani chetlab o‘tish mumkin bo‘lmay qoladi. Natijada axborot sektorining iqtisodiy ahamiyati bo‘rttirib ko‘rsatilishi mumkin. Misol uchun, F. Maxlup o‘zining «bilimlar sohasi»ga “axborot binolari”ni qurishni kiritadi, bu esa shunga o‘xshash binolar, masalan, universitetlar va kutubxonalar qurilishi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan omborxona inshootlari qurilishidan keskin farq qilishini nazarda tutadi. M. Porat o‘zining “ikkilamchi axborot sektori”ni tadqiq 10 etganda, u har qanday sohani axborot va noaxborot qismlarga bo‘lib oladi. Ammo bunday “o‘ylash” va “bajarish” kabi bo‘linishda masalan, turli vazifalarni o‘z ichiga oladigan nazorat kompyuter tizimlari operatorining ishini qaysi bo‘limga qo‘shish kerakligini aniqlash qiyin bo‘lib qoladi; axborot hajmlarini o‘lchashga qiymatli yondashuv ijtimoiy ahamiyatga ega iqtisodiy faoliyatning har xil turlarini tenglashtirib qo‘yadi. Bunday yondashuvda masalan, reklamaga sarflangan $1 ilmiy jurnalni nashr qilish uchun sarflangan $1ga tenglashtiriladi.
Mehnat mezoni. Bu yerda aholi bandlik tuzilmasi va bu tuzilmaning o‘zgarish tendensiyasi ko‘rib chiqiladi. Faoliyat yurituvchi jamiyat a’zolarining ko‘pchiligi axborot sohasida ishlaganda, jamiyat o‘z rivojlanishining raqamli axborotlashgan bosqichiga kirib boradi deb tushuniladi. Bunday yondashuvda axborot jismoniy bo‘lmagan mehnat uchun xomashyo vazifasini bajaradi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi insonlar bo‘lib, ularning asosiy vazifasi axborot yaratish va undan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Mehnat mezoni amerikalik sotsiolog Deniyel Bell asarlarida o‘z nazariy asosiga ega bo‘ldi. U har qanday bosqichda butunlay va yaxlit holda mehnatning ustuvor yo‘nalishi bilan belgilanadigan ijtimoiy tuzilish turkumlarini taklif qildi. Uning fikricha, industrial rivojlanish davrigacha bo‘lgan jamiyatlarda qishloq xo‘jalik mehnati asosiy faoliyat turi bo‘lgan, industrial jamiyatlarda eng ko‘p tarqalgan mehnat manufakturalardagi mehnat bo‘lsa,postindustrial jamiyatda bandlikning asosiy turi hizmat ko‘rsatish sohasi ustuvorligida namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababini Bell ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi tufayli deb tushuntiradi. Ishlab chiqarish unumdorligining o‘sishi sababli, jamiyatda o‘qituvchilar, shifokor hamda shifoxonalar va shu kabilar sonining oshishi imkoniyati paydo bo‘ladi. Industrial jamiyat qanchalik ko‘p ne’matlar yaratsa, hizmat ko‘rsatish turlari shunchalik ko‘payadiki, industrial soha ishchilari hizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tadi. Hizmat ko‘rsatish sohasida mehnatni avtomatlashtirish qiyin bo‘lgani sababli, ushbu sohada ishlaydigan ishchilar soni industrial ishlab chiqarish unumdorligi o‘sgan sayin oshib boraveradi.

Download 22.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling