13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining nazariy jihatlari


Byudjet kodeksida byudjet tizimining quyidagi printsiplarga asoslanadi


Download 41.93 Kb.
bet4/9
Sana18.11.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1783857
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlari g‘aznachilik ijrosining naz-www.fayllar.org

Byudjet kodeksida byudjet tizimining quyidagi printsiplarga asoslanadi (2-rasm):

2-rasm. Byudjet tizimining printsiplari
Byudjet tizimining yagonaligi printsipi - byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo’lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.
Byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi printsipi - byudjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishi lozim.
Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi printsipi- byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak. Byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda byudjetlarning mablag’lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish printsipi - byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati printsipi - byudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi.
Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi printsipi - byudjet tizimi byudjetlari mustaqildir.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi printsipi - byudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda, o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida, byudjet tizimi byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.

Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling