13-Mavzu: Deviatsiya konsepsiyalari. Deviatsiya va uning turlari
Download 14.13 Kb.
|
13-Mavzu: Deviatsiya konsepsiyalari. Deviatsiya va uning turlari: Odatda deviatsiyalar o’spirinlik davrida yuzaga keladi. O’spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o’tish davri ham deb atashadi, chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o’tish ro’y beradi va bu jarayon o’smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi, bu esa o’z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijtimoiy maqomi o’zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo’yila boshlaydi. Jamiyat tomonidan qabul qilingan hatti-harakatlar. qoidalar va me'yorlardan chekingan o`smirlarni oqir yoki tarbiyasi qiyin yoki tabiyasi oqir o`smirlar deb atashadi. Tarbiyasi qiyin o`smirlar deganda turli xil sabablarga ko`ra pedagogik ta'sirlarga qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o`rnatilgan me'yor va qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi oqir o`smirlarni ilmda deviatsiya deb atashadi. Deviant hatti-harakat-bu psixik sog`lom shaxslar tomonidan me'yoriy qoidalarni buzish hollaridir. Deviatsiya- bu ijtimoiy pedagogik muammo bo`lib, inson ruqiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning o`zgarish hollari Bilan bog`liq. Bu hol, ayniqsa, o`smir yoshdagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo`lib, bu yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqacha jihatlarida o`zgarishlar ro`y beradi. Bu o`zgarishlar o`z navbatida ularning psixikasida uzgarishlar ruy berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o`zini tutishida o`zgarishlar ro`y berib, ularni ko`proq «Men kimmanq”- degan savol qiynaydi. Deviatsiya o`z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti-harakatlarni birlashtiriradi. Deviant hatti-harakat-bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila, maktab) hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jiqatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me'yorlardan, hatti-harakatlar va qoidalardan og`ish, chekinishning bir turidir. Ya'ni bu turdagi harakatni intizomsizlikdeb ham atash mumikn. Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o`z boshimchalikka yo`l qo`yish, bolalar va o`smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftagarchilik qilishlari, assotsial xarakatlarga berilish kabilar deviant xarakatlarning asosiy ko`rinishlaridir. Ma'lum vaziyatlarda bolalar va o`smirlarning shu kabi hatti-harakatlarni namoyon etishi deviant harakatlarning tipik xususiyatidir. Delinkvent hatti-harakat- deviant qarakatlardan farqli o`laroq, ular vaziyat ta'sirida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial xarakatlarning quyidagi turlari mavjud: · haqoratlash, xo`rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv bosqinchilik harakatlar; · Kichik o`g`riliklar, ta'magirlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va anjomlarni o`qirlash kabi moddiy foyda ko`rishga qaratilgan o`z shaxsiy mafaati yo`lidagi xarakatlar; · Narkotiklar sotish va tarqatish. Kriminal hatti-harakat- bu jinoiy javobgarchilikka tortilishga yoshi yetgan shaxslarning huquqlarga zid harakatlari bo`lib, ular ustidan jinoiy ish qo`zg`atilish jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent xarakatlar asos yaratadi. Download 14.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling