Mavzu. Ijtimoiy menejmentning predmeti va mazmuni Reja: Ijtimoiy menejment predmeti va vazifalari Korporativlik tamoyillari


Download 19.75 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi19.75 Kb.
#1216703
  1   2
Bog'liq
4 mavzu ijt


Mavzu. Ijtimoiy menejmentning predmeti va mazmuni


Reja:
1. Ijtimoiy menejment predmeti va vazifalari
2. Korporativlik tamoyillari
3. Ijtimoiy menejment ilmi va san’ati
Ijtimoiy menejmentning paydo bo’lishi jamiyat hayotida «ijtimoiy» va barcha fanlar, ayniqsa sostiologiya va ijtimoiy boshqaruvning rivojlanishi bilan uzviy bog’liq. Ijtimoiy menejment ularning asosiy qismi sifatida ijtimoiy muno-sabatlar tizimini, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy resurslar va ularning zimmasiga tushadigan boshqaruv va tashkiliy munosabatlar, ularning qonuniyatlari va tamoyil-larini o’rganadi.
Ijtimoiy menejment ijtimoiy boshqaruvning fundamental bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv harajatlari bilan eng ko’p ijtimoiy samara olishga intiladi. Oxirgi natija qanchalik yuqori, boshqaruv yo’qotishlari qanchalik kam bo’lsa, ijtimoiy menejmentning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Ijtimoiy menejment paydo bo’lishi XX - asr 80-90 yillarda Farbdagi boshqaruvchanlik revolistiyasi natijasida yuzaga kelgan. U ijtimoiy soxadagi samarali boshqarish ta’siri va uning bozor strukturasi, moliya, iqtisod, boshqaruv tuzulma-larining teskari bog’likliklari bilan aloqador. Ijtimoiy boshqaruv sohasi ham ta’sir etish ob’ekti, ham sub’ekti nuqtai-nazaridan mustaqil, ko’p tuzilmali va ommaviy bo’lib bormoqda, bu sohada o’zgacha boshqaruvchi-mutaxassis paydo bo’lmokda. Shartnoma bo’yicha yollangan, natijalar bo’yicha bosh-qaruv faoliyatiga mas’ul bo’lgan har bir menejer boshqaruv sohasida tadbirkorga aylanmoqda. Boshqaruv va boshqaruvchilar-ning alohida istituti-bozor shakllanmoqda. U davlat boshkaruvi bilan munosib raqobatlashmoqda. Jahon tajribasi shuni ko’rsatdiki, bu nafaqat menejerlar, balki davlat boshqaruv organlarining ham mas’uliyatli va professional jamoasini shakllantirishda asosiy mexanizm ekan.
Avval aytilganidek, nafaqat menejmentning klassik holat-lari rivojlanishi va chuqurlashuvi sodir bo’lmoqda, balki «kovboylik menejmenti» ni ommaviy siqib chiqarish kuzatil-moqda. Uning o’rniga madaniy hamkorlik tamoyillari, avvalambor ijtimoiy tashkilotda bozor raqobatida hamkorlik kelmoqda. Ijtimoiy sohada ko’rsatkichlar va statistika to’rt darajaga bo’linadi: xalqaro, milliy, regional, mahalliy. Ular yagona konsteptual asosda qurilgan, yagona ahborot tizimi doirasida birlashgan va xalqaro me’yorlarga mos.
XX asr oxiri ijtimoiy menejmenti innovastion madaniyat - ijtimoiy sharoitda shakllanmoqda. Bu umumiy boshqaruv mada-niyatining eng muhim elementiga aylanmoqda. Uni amalga oshirishning muhim mexanizmi bo’lib ijtimoiy menejment aqliy va ishlab chiqarshi sohasida, xizmatlar, turistik biznes, pullik medistinada tadbirkorlikning turli ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi.
Yangi bozor tadbirkordan innovastion va yanada ko’proq ijodiy hulkni talab qildi. Bunga axborot va texnologik inqilob misol. U kichik tadbirkorlikka nafaqat tirik qolishga, balki boshni ko’tarib, yirik va o’rta korxonalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon beradi.
Shu yillarda tadbirkorlik xulqining butun ish strategiyasi negizidan o’zgarmoqda: iste’mol-chilarga mavhum yondashuvdan - ularning ehtiyojlarini, individual didlarini o’rganishga o’tilmoqda. Egiluvchan va dinamik ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar va marketingga ehtiyoj sezil-moqda. Bir so’z bilan aytganda, XX asr oxiri tadbirkorligi, avvalambor boshqaruv sohasida innovastiyaga aylanmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirkolikda muvaffaqiyat ko’p jihatdan bugun o’zini biznesga bag’ishlagan insondagi odob sifatlari yig’indisiga bog’liq. Tadbirkor shaxsining bunday xislatlari ichida asosiy e’tibor tadbirkorlik madaniyatining shakllanishi bilan bog’liq bo’lganlarga qaratiladi. Boshqaruv madaniyatida asosiy rolni oqilona boshlash - bilim, zamonaviy konstepstiyalar, ilmtalab texnologiyalar o’ynaydi. Boshqaruv asosi bilimlarisiz jamiyatni isloh qilish, tadbirkorlik faoliyatini oqilona amalga oshirish mumkin emas. Moliya va tijorat institutlari egalari soni ortmoqda. Shartnoma bo’yicha yollangan va boshqaruv faoliyati natijalariga mas’ul bo’lgan har bir mahalliy menejer boshqaruv sohasida kichik bir tadbirkorga aylanmoqda. Shunday qilib, yangi turdagi tadbirkorlik madaniyati - menenjerlik shakllanmoqda.
Bu jarayon ommaviy miqyosda sodir bo’lib, joylardagi butun boshqaruv tizimini tubdan o’zgartirmoqda va uni maqsadli qilmoqda: aholi-akstiyadorlar-kengash-menejment. Natijada, menejerlar nafaqat keng vakolatlar oladilar, balki aholi oldida ham mas’ul bo’ladilar. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bu menejerlar va mahalliy ma’muriyat mas’uliyatli va profes-sional jamoasini shakllantirishning yagona samarali mexanizmi. Aholi mahalliy hamjamiyat rivojlanishi maqsadlarini aniq-laydi, ma’murlar va menenjerlar korporativlik va menejerlik tamoyillariga rioya qilgan holda joylardagi hokimiyat vakillik organlariga hisobot beradilar. Bu nafaqat korporativ boshqa-ruvni tashkil etishning muhim tamoyili, balki zamonaviy boshqaruv madaniyatini shakllantirish mexanizmi sifatida ham namoyon bo’ladi. Shunday qilib, korporativ boshqarish va madaniy kichik tadbirkorlik yordamida butun jamiyat hayotini sog’lom-lashtirish uchun sharoit yaratiladi.
XXI asr ko’rsatilgan tendestiyaning yanada ko’proq kengayi-shini talab qilmoqda. Unda iqtisodiyot ijtimoiylik va ma’naviyat ustidan hukmronlik qilmaydi, balki ular ko’p jihatdan jamiyat rivojlanishi vektori, uning maqsadlari va ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi. Aynan shuning uchun, aholi tadbirkorligini cheklashga har qanday urinish, bu sohani davlat ma’muriy usullar bilan haddan oshiq nazorat qilishi rivoj-lanish manbalarini bo’g’adi, jamiyat tuzilmalarining o’z vaqtida yangilanishini to’xtatadi, ba’zida esa, inqirozni vujudga kelti-radi. Jamiyatda shunday xaqiqatni anglash sodir bo’lmoqdaki, uning muvozanati eng boylar va eng qashshoqlar daromadlarning farqi o’n barobar bo’lishiga imkon bermaydi. Shu narsa tabora oydinlashmoqdaki, ob’ektiv sabablarga ko’ra, qashshoqlikda yashayotgan aholi 10% dan oshmasligi kerak. Bu ko’pgina rivojlangan mamlakatlar uchun kritik nuqta hisoblanadi.
Muammoni tushunish, ilg’or rivojlanish tendenstiyalarining namoyon bo’lishi ularni hal qilishning yangi usullarini ham yaratadi. Ular boshqaruv sohasida vujudga kelib, strategik va taktik xarakterga ega. Boshqaruv, shuningdek bozor organlari aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqi-shadi. Bu bozorni ijtimoiy tomondan chegaralash imkonini beradi. Boshqaruvning bosh sub’ekti - davlatning rivojlanishiga yangi talablar qo’yiladi. U xo’jalik faoliyatini nazorat funk-stiyalarini o’zining fuqarolari, hududlari, ishlab chiqarish uyushmalari va assostiastiyalari kichik va o’rta korxonalarga berishi kerak. Bu o’z navbatida mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiiy - moliyaviy va huquqiy bazasini mustahkamlaydi. Ular nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy, bosh-qaruv va boshqa resurslardan samarali foydalanishga tobora faol ta’sir etadilar.
Korporativlik tamoyillari korporativ mulk va boshqaruv madaniyatining rivojlanishi jihatidan umumiy bo’lib, ularning hatti-harakati jamiyat hayotini tashkil etishning hamma daraja-lariga yoyilmoqda. Ular doimo davlat siyosati doirasiga kiri-tiladi. Uning yordamida davlat: birinchidan, korporativ hayot tarzi, korporativ boshlashni har tomonlama qo’llab-quvvatlashni maqsadga muvofiq amalga oshiradi; ikkinchidan, hokimiyat munosabatlarini jamiyat bilan korporativlik, kelishuv, o’z huquq va resurslarini hududlarga va ijtimoiy tashkilotlarga berish tamoyillari asosida o’zi qurishga majbur. Bu fuqarolik jamiyatining o’rnatilishi jarayonidir. U markaziy va mahalliy hokimiyat o’rtasidagi munosabatlarni o’zgartirishga, kelishuv va o’zaro nazorat asosida ularning muvozanatlashgan hamkorligini ta’minlashga, hokimiyat munosabatlariga ko’pgina mulk sub’ekt-lari kirishiga imkon beradi.
Aynan fuqarolik jamiyati sharoitlarida markaziy hoki-miyat faoliyati, kapitaldan foydalanish ustidan harakatchan jamoatchilik nazorati mexanizmlari paydo bo’ladi.
Ijtimoiy menejment yordamida moliyaviy mablag’larni ijtimoiy ehtiyojlarga sarflash maqsadida byudjetni to’ldirish mexanizmlari ishlab chiqiladi, ish o’rinlari soni ortadi.
Shuni aytish kerakki, ijtimoiy menejment o’zining zamonaviy ko’rinishini korporativlik nazariyasi va amaliyoti ta’siri ostida namoyon qilmoqda. U menejment taraqqiyotida mavjud mexanizma amalga oshirish bilan to’ldirib bormoqda.
Shunday qilib, jamiyat hayotining bu ikki ko’rinishi jamiyat rivojlanishi maqsadlari bo’yicha ko’p jihatdan bir biriga mos keladi. Lekin ularning eng katta mosligi maqsadlarda emas, balki ularga erishish mexanizmlari va texnologiyalaridadir. Korporativlik va ijtimoiy menejment jamiyat rivojlanishi-ning zamonaviy sharoitlarida xo’jalik hayotining, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning sog’lomlashini ta’minlaydi.
«Menejment» so’zi keng ma’noda - bu qo’yilgan maqsadlarga aql, boshqa odamlar orqali, mexnat bilan erishishni o’rganish tushuniladi. Tor ma’noda esa, menejment bu boshqaruv bo’yicha ishni tashkil etuvchi ijtimoiy qatlamning aniqlangan insonlar kategoriyasidir.
Menejment ostidagi ijtimoiy boshqaruvninng zamonaviy nazariyasi va amaliyotida alohida ishlovchi, ijtimoiy guruh yoki butun jamiyatni boshqarish jarayoni tushuniladi. Deyarli barcha mashhur horijiy qomuslarda «menejment» tushunchasi ijtimoiy tashkilot maqsadiga insonlarga rahbarlik qilish hisobiga erishish jarayoni sifatida izohlanadi.
«Menejment» ko’p ma’noli tushuncha, u quyidagilarni bildiradi:

  1. tadbirkorlik faoliyati, hayot tarzi va zamonaviy jamiyat siyosati sohasiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy va iqtisodiy institut;

  1. ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida boshqaruv mehnatida band bo’lgan shaxslar yig’indisi;

  1. jamiyat ishlab chiqarishini boshqarishning texnik - tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini o’rganuvchi ilmiy fan, «boshqarish tuzilmalari, shaxslararo munosabatlar tizimi va mexanizmi, mehnat faoliyatini rag’batlantirish».

«Menejment o’z oldiga har qanday faoliyat sohasiga yaroqli umumiy boshqaruv tamoyillarini shakllantirish va amalda qo’llashni maqsad qilib qo’ygan. Ularga quyidagilar kiradi: boshqaruv muammolari va maqsadlarini aniqlash; ularga erishishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqish; tashkilot ichida turli bo’linmalar hamkorligi; ierarxik tuzilmani mukammallashtirish, qarorlar qabul qilish jarayonlari va kommunikastiyalarini maqbullashtirish»1.

Menejment nazariyasi va amaliyotida ijtimoiy tashkilot, moliyaviy tuzilma, firma, butun jamiyatning rivojlanish maqsadlarini aniqlash hal qiluvchi yo’nalish hisoblanadi.



Download 19.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling