13-Mavzu: Deviatsiya konsepsiyalari. Deviatsiya va uning turlari


Download 14.13 Kb.
Sana31.10.2023
Hajmi14.13 Kb.
#1735739

13-Mavzu: Deviatsiya konsepsiyalari. 
Deviatsiya va uning turlari: 
Odatda deviatsiyalar o’spirinlik davrida yuzaga keladi. O’spirinlik davri 
yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o’tish davri ham deb atashadi
chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o’tish ro’y beradi va bu jarayon 
o’smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy 
rivojlanishida o’z ta’sirini ko’rsatadi.
O’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y 
beradi, bu esa o’z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan 
munosabatlarning yangi shakllari paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijtimoiy 
maqomi o’zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar 
qo’yila boshlaydi.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan hatti-harakatlar. qoidalar va me'yorlardan 
chekingan o`smirlarni oqir yoki tarbiyasi qiyin yoki tabiyasi oqir o`smirlar deb 
atashadi.
Tarbiyasi qiyin o`smirlar deganda turli xil sabablarga ko`ra pedagogik 
ta'sirlarga qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o`rnatilgan me'yor va 
qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi oqir o`smirlarni ilmda deviatsiya 
deb atashadi.
Deviant hatti-harakat-bu psixik sog`lom shaxslar tomonidan me'yoriy 
qoidalarni buzish hollaridir.
Deviatsiya- bu ijtimoiy pedagogik muammo bo`lib, inson ruqiy olamidagi, 
uning atrofidagi muhitning o`zgarish hollari Bilan bog`liq. Bu hol, ayniqsa, o`smir 
yoshdagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo`lib, bu 
yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqacha 
jihatlarida o`zgarishlar ro`y beradi. Bu o`zgarishlar o`z navbatida ularning 
psixikasida uzgarishlar ruy berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida
jamoada o`zini tutishida o`zgarishlar ro`y berib, ularni ko`proq «Men kimmanq”-
degan savol qiynaydi.
Deviatsiya o`z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti-harakatlarni 
birlashtiriradi.
Deviant hatti-harakat-bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila, maktab) hamda 
xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jiqatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos 
ijtimoiy me'yorlardan, hatti-harakatlar va qoidalardan og`ish, chekinishning bir 
turidir. Ya'ni bu turdagi harakatni intizomsizlikdeb ham atash mumikn.
Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o`z boshimchalikka yo`l 
qo`yish, bolalar va o`smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, 
oliftagarchilik qilishlari, assotsial xarakatlarga berilish kabilar deviant 
xarakatlarning 
asosiy 
ko`rinishlaridir. 
Ma'lum 
vaziyatlarda 
bolalar 
va 

o`smirlarning shu kabi hatti-harakatlarni namoyon etishi deviant harakatlarning 


tipik xususiyatidir.
Delinkvent hatti-harakat- deviant qarakatlardan farqli o`laroq, ular vaziyat 
ta'sirida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial xarakatlarning quyidagi turlari 
mavjud:
· haqoratlash, xo`rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv
bosqinchilik harakatlar;
· Kichik o`g`riliklar, ta'magirlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va 
anjomlarni o`qirlash kabi moddiy foyda ko`rishga qaratilgan o`z shaxsiy mafaati 
yo`lidagi xarakatlar;
· Narkotiklar sotish va tarqatish.
Kriminal hatti-harakat- bu jinoiy javobgarchilikka tortilishga yoshi yetgan 
shaxslarning huquqlarga zid harakatlari bo`lib, ular ustidan jinoiy ish qo`zg`atilish 
jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent xarakatlar asos yaratadi.
Download 14.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling