13-mavzu: elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey


Elektromagnit induksiya hodisasi


Download 193.08 Kb.
bet2/5
Sana09.03.2023
Hajmi193.08 Kb.
#1254454
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-ma’ruza. ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA HODISASI. FARADEY QONUNI..

Elektromagnit induksiya hodisasi
Bu hodisaning mohiyati quyidagichadir. Magnit induksiya oqimi yopiq o‘tkazgich bilan chegaralangan sirt orqali o‘zgarganda, o‘tkazgichda EYUK paydo bo‘ladi, uning kattaligi oqim o‘zgarishining teskari ishora bilan olingan qiymatiga tengdir:
(61.1)
Oqimning umumiy tarifiga ko‘ra magnit induksiya oqimining S sirt orqali qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(61.2)
Magnit induksiya oqimining ulchov birligi XB sistemasida “Veber” (Vb) 1Vb= 1Tl.m2. Oqimning ishorasi normal yo‘nalishining tanlab olinishiga, EYUK ishorasi esa o‘tkazgichni o‘rab olish yo‘nalishiga bog‘liq. Bu yo‘nalishlar bir biri bilan parma qoidasiga asosan moslashtiriladi: parmaning dastasini aylantirganda (tegishli tanlab olingan yo‘nalish bo‘yicha) u o‘tkazgichni o‘rab olish yo‘nalishi bilan mos keladi, ya’ni parmaning ilgarilanma harakati normalning yo‘nalishini bildiradi (97-rasm).

97-rasm 98-rasm
Bu holda, misolda ham aniq ko‘rsatish mumkinki, formula (61.1) dagi manfiy ishorasi Lens qonunining mohiyatini aks ettiradi, ya’ni induksion tok shunday yo‘nalganki, u o‘zining harakati bilan hosil qilgan sababga to‘sqinlik qiladi. Induksiya EYUK yopiq bo‘lmagan o‘tkazgichda ham hosil bo‘ladi, agar uni magnit maydonida harakat qildirsa, uni aniqlash uchun ham (61.1) formuladan foydalanish mumkin, faqat bu yerda ni dS sirtdan dt vaqt ichida o‘tgan oqim deb tushunish kerak (98-rasm).
Yana shuni qayd etib o‘tamizki, induksion toklar juda yupqa yopiq o‘tkazgichlarda hosil bo‘lishidan tashqari, balki massiv yaxlit o‘tkazgichlarda ham hosil bo‘ladi, bunday toklarni Fuko toklari deb aytiladi.
Bu yopiq induksion toklarning manzarasi juda murakkab bo‘lishi mumkin, lekin Lens qonunidan foydalanib, ularning yo‘nalishlari haqida sifat jihatdan xulosalar qilish mumkin. Aniqlash qiyin emaski, g‘altak o‘zaklarida hosil bo‘lgan induksion tok chiziqlari (o‘zgaruvchan tok o‘tayotganda) g‘altak o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikda yotadi. 94-rasmda induksion tok chiziqlari punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan.

99-rasm
Elektromagnit induksiya hodisasining xususiy holi sifatida o‘zinduksiya va o‘zaro induksiya hodisalarini qaraymiz.

Download 193.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling