13-Mavzu. Elektron to‘lov tizimlariga tahliliy baho


Download 149 Kb.
bet1/3
Sana17.11.2023
Hajmi149 Kb.
#1782735
  1   2   3
Bog'liq
электрон бизнес лекция 14

13-Mavzu. Elektron to‘lov tizimlariga tahliliy baho


Amalda ko‘proq qo‘llanadigan Rossiyaning elektron to‘lov tizimlariga qisqacha ta’rif beramiz.


PayCash to‘lov tizimi
PayCash (pey kesh) Bu Internet tarmog‘idagi raqamli naqd pul to‘lovlari tizimidir. (Tom Studio webagentligi mahsuloti). [Bu “Tavricheskiy” banki va “Alkorxolding” kompaniyalar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan qo‘shma loyihadir] PayCash tizimi debet toifasiga kiradi, to‘lov oldindan mijoz hisob raqamidan “to‘lov daftarchasi”ga o‘tkazilgan holda raqamli naqd pulda amalga oshiriladi (tashuvchi – ShK (shaxsiy kompyuter)). Ko‘rib chiqilayotgan to‘lov tizimi tarmoqda 1997yil dekabr oyining boshida paydo bo‘lib, 1998yilning yanvar oyida ommaviy e’lon qilingan. PayCash tizimi Internet tarmog‘i doirasida keng miqyosdagi to‘lovlarni tez va samarali amalga oshiruvchi vosita sifatida o‘ylab chiqilgan. Bu kredit kartochkalarini qo‘llabquvvatlovchi tizim yoki bankmijoz tizimi emas, balki aynan Internet tarmog‘idagi raqamli naqd pul to‘lovlari tizimidir.
PayCash tizimida ishtirokchilar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun oldindan “hamyon” deb shartli nomlanuvchi maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish majburiyatini oladilar. Foydalanuvchi tomonidan shaxsiy kompyuterda o‘rnatilgan “hamyon” alohida noyob (xos) parametr – “hamyon” yordamida jo‘natiluvchi hamma elektron hujjatlar uchun elektron raqamli imzo uchun kalit yaratib beradi. Kalit faqat “hamyon” bilan bog‘liq va u hosil qilingan kompyuter bilan umuman bog‘liqligi yo‘q. “Hamyon” egasi hech qanday cheklovlarsiz uni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga erkin o‘tkazishi, uydan, ishxona yoki mehmonda bo‘lganida ham to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Elektron magazin egalari PayCash tizimi yordamida Internet orqali to‘lovlarni qabul qilishlari va rasmiylashtirishlari mumkin.
Hozirgi kunda elektron pullar PayCashning boshqa ishtirokchilari yordamida to‘lovlarni samarali o‘tkazishga sharoit yaratib beruvchi tayyor dasturiy ta’minotni o‘zida to‘la aks ettiradi.
PayCash to‘lov tizimining ishtirokchilari banklar ham, mijozlar ham bo‘lishi mumkin. PayCash birbiri bilan umuman bog‘lanmagan o‘z mahalliy tizimini tashkil qila oluvchi bir qancha banklar borligini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, PayCash hech qanday cheklovlarsiz, bank tizimida qo‘llaniladigan, (elektron ko‘rinishda chiqarilgan pul majburiyatlari) elektron pulning bir ko‘rinishi foydalanadigan global to‘lov tizimini tashkil qilishga imkon yaratadi.
Foydalanuvchilar jismoniy va yuridik shaxslar, shu bilan birga, (elektron magazinlar, kazino) kompyuter dasturlari bo‘lishi mumkin. Bank uchun har qanday foydalanuvchi bir xil huquqqa ega. Xususan, to‘lovlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘lish uchun foydalanuvchi maxsus “elektron magazin” nomini olishi talab etilmaydi. Foydalanuvchi o‘zining Pay Cash tizimi doirasida o‘tkaziluvchi barcha operatsiyalarini “Hamyon” yordamida amalga oshiradi. Tizimning boshqa ishtirokchilari bilan foydalanuvchi vint tarmog‘ida xabar almashinuv jarayoni yordamida birgalikda harakat qiladi (“hamyon” yordamida tayyorlangan va jo‘natilgan).
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, PayCash tizimida foydalanuvchi, oddiy qog‘oz pullari singari yo‘qotib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan, elektron ko‘rinishda chiqarilgan (elektron pullar), taqdim etuvchi uchun bank majburiyatlariga o‘z buyrug‘ini oladi. Masalan, kompyuter nosozlikka uchrasa yoki o‘g‘irlab ketilsa, o‘z kompyuteriga o‘tkazgan, lekin xarajat qilishga ulgurmagan mijoz hamma pulini yo‘qotadi. Shu tarzda PayCash tizimi oddiygina mijozbank tizimi emas, balki nomi ko‘rsatilmagan elektron pullar tizimidir. Bu yana shu bilan o‘z isbotini topadiki, unda bank mijozga o‘z kompyuteriga o‘tkazishga ulgurgan elektron pullarni o‘z xohishiga ko‘ra ishlatilishiga qarshi turishi va tizimdagi barcha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
Agar mijozga o‘z pullarini PayCash tizimidan tashqariga olib chiqish talab etilsa, u mablag‘ning ma’lum qismi yoki hammasini o‘z hisob raqamidan oddiy bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq beradi. Masalan, naqd pulsiz bank o‘tkazmasi yordamida oddiy magazinda to‘lovni amalga oshirish yoki ularni naqd pulda olish. PayCashda, Internet tarmog‘idagi naqd pul to‘lov tizimilari kabi, to‘lov tizimi ishtirokchilari o‘rtasida to‘lov vositasi sifatida bank tomonidan chiqarilgan elektron pul majburiyatlaridan foydalaniladi. PayCash to‘lov tizimining ishlash sxemasi quyidagicha ko‘rinishga ega. Bo‘lajak mijoz “hamyon” yordamida bankda hisob raqam ochadi (hisob raqam Internet tarmog‘ida shaxsiy kompyuter yordamida ochiladi). Keyin u tanish usullar orqali shu hisob raqamga pulni o‘tkazadi (masalan, bank kassasiga naqd pul topshirish, bank yoki pochta o‘tkazmalari, kredit kartalar yordamida). Shundan keyin u rasmiy mijozga aylanadi.



Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling