13-Mavzu. Elektron to‘lov tizimlariga tahliliy baho


Ma’lumotlarni shifrlashda juda qimmat tizimdan foydalanganligi


Download 149 Kb.
bet2/3
Sana17.11.2023
Hajmi149 Kb.
#1782735
1   2   3
Bog'liq
электрон бизнес лекция 14

Ma’lumotlarni shifrlashda juda qimmat tizimdan foydalanganligi.


WebMoney to‘lov tizimi
To‘lov turi: Web Money Exchange – “raqamli naqd pullar”ga o‘xshash Internet hisobkitoblari tizimi. Tizimda ishlash uchun WM Keeper Classic va WM Keeper Light bepul dasturini o‘rnatish talab etiladi.
Ko‘p valyutalilik: AQShning dollari, Rossiyaning rubli, Yevropaning yevrosi, Ukrainaning grivnisi va O‘zbekistonning so‘m pullari saqlanadi.
Transaksiya bahosi: IMTB, Web Money naqdsiz pul o‘tkazmalari uchun “hamyon”ingizdan quyidagi tariflar bo‘yicha pul ushlab qoladi:
Tizim ishtirokchilari o‘rtasida hisobkitoblarni amalga oshirishda vositachilik xaki faqat mablag‘ni jo‘natuvchidan undiriladi va o‘tkazilgan mablag‘ summasining 0,8%ni tashkil etadi.
Xar bir transaksiyani amalga oshirganlik uchun tizim to‘lov summasining 0,8% miqdorida, lekin 100WMY dan kam va 55000WMY dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tarif undiriladi ( bir WM– indentifikatorning hamyonlari bilan o‘tkazilgan operatsiyalar bundan mustasno).
Transaksiyalarni amalga oshirganlik uchun tariflar o‘zgarishi mumkin. O‘zbekistonda www.webmoney.uzto‘lov tizimi 2007yildan boshlab qo‘llanilib kelmoqda. Bu saytning ko‘rinishi 4.1 rasmda keltirilgan.

4.1rasm
O
‘zbekistonda WebMoney to‘lov tizimining sayti

Tizimning afzalligi: Web Money tizimidagi to‘lovlar anonim bo‘lgani sababli, pul harakati ustidan nazorat qilib bo‘lmaydi, elektron biznes ishtirokchilari biri ikkinchisiga qachon va nima uchun pul o‘tkazganini bilib bo‘lmaydi.


Web Money tizimida identifikator taqdim etiladi, bu degani ro‘yxatga o‘tish vaqtida WebMoney Transfer tizimi ishtirokchisiga ish olib borish uchun zarur bo‘ladigan 12raqamli unikal WMidentifikator taqdim etiladi. WMidentifikator tizim foydalanuvchisining unikal belgilanishi hisoblanadi.
WMidentifikator egasi o‘zi mustaqil ravishda foydalanish parolini kiritadi va maxfiy kalitlar saqlanadigan fayllar va hamyonlarning saqlanish joyini belgilaydi. U dasturning ma’lumotlar qismiga o‘zi haqidagi ma’lumotlarni kiritishi, zarur bo‘lganida ularni o‘zgartirishi mumkin.
Tizimda identifikatsiyadan tashqari Siz WMidentifikator yordamida maxfiy kalit va uning paroli asosida autentifikatsiya jarayonini ham olib borasiz. Maxfiy kalit Sizning mulkingiz hisoblanib, boshqa shaxslarga berilmasligi kerak.
WMidentifikator egasining shaxsini aniqlash uchun tizimda WMattestatsiya tadbiri olib boriladi.
Tizim foydalanuvchilariga o‘zlarining ilovalarini ishlab chiqishlari shartida identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimda olib boriladi.
Xavfsizlik xizmati WebMoney Transfer texnologiyasi Internet tizimi orqali ma’lumotlarni ayir boshlovchi dasturlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talabga to‘la javob bergan holda ishlab chiqilgan. Muayyan choratadbirlar orqali foydalanuvchilarning ma’lumotlari va mablag‘larining xavfsizligining ta’minlovchi samarali tizim ishlab chiqilgan.
Tizimda qo‘llaniladigan xavfsizlik choratadbirlaridan bir qanchasini ko‘rib chiqamiz.
WM Keeper dasturiga kirish uchun foydalanuvchining 12raqamli unikal WMidentifikatorini va parolini (foydalanuvchi tomonidan kiritiladi), shuningdek, maxfiy kalitlar va hamyonlar saqlanadigan fayllarning kompyuter xotirasidagi saqlanish joyini bilish talab qilinadi.
Dasturning tuzilish arxitekturasi o‘zga foydalanuvchilarning WMhamyonlaridan noqonuniy foydalanish va hisobida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan WMhamyonlardan hisobkitoblarni amalga oshirish holatlarining oldini oladi (bundan kredit kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimlari mustasno).
Dasturning barcha operatsiyalari —WebMoney larni hamyonlarda saqlash, hisob raqamidan ko‘chirma, foydalanuvchilar RSA simon algoritmlardan foydalangan holda kodlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Har bir seans uchun amalga oshiriladigan operatsiyalarning maxfiyligini ta’minlash uchun unikal seans kalitlari ishlatiladi.

Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling