13-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Download 52.16 Kb.
|
8-mavzu lotin “Etika” fanining
Axloq va mafkura. Axloq bilan mafkuraning aloqasi ham jamiyat hayotida juda katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, har bir mafkura muayyan g’oyalar va qarashlar tizimidan iborat bo’ladi. Rasmona mafkurani axloqiy g’oyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Lekin g’oya hyech qachon o’z-o’zicha, shunchaki mavjud bo’lmaydi. U albatta insonda in’ikos topadi va muayyanlashadi. Bu haqda Hyegel o’zining «Falsafiy bilimlar qomusi» asarida shunday deydi: «G’oya haqida gapirganda, uni qandaydir olis va narigi tomondagi narsa tarzida tasavvur qilish kerak emas. G’oya, aksincha, butunisicha shu yerda ishtirok etadi hamda, shuningdek, har bir ongda, kam deganda, buzilgan va zaiflashgan holda mavjud bo’ladi».4 Demak, muayyan g’oyalarni, shu jumladan, axloqiy g’oyalarni o’zida mujassamlashtirgan kishilargina mafkurani yaratadilar va uni ommalashtiradilar.
Erkin demokratik fuqarolik jamiyatini o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan bizning mamlakatimizda bu masalaga jiddiy e’tibor berilgan. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidagi birinchi bo’lim, ikkinchi bobning 12-moddasida shunday yozib qo’yilgan: «O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hyech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas». Demak, bizning davlat demokratiya tamoyillariga asoslangan holda, barcha mafkuralarning yashash huquqini ta’minlovchi institut sifatida ish ko’radi. Milliy mafkuramiz esa boshqa biror-bir mafkurani kamsitmasdan, ko’pchilik jamiyat a’zolarining ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-estetik g’oyalari tajassumi sifatida mamlakat va millat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Chunonchi, u, eng avvalo, yuksak axloqiylikka asoslangan. Tarixdan axloqiylikni chetlab o’tishga yoki uni axloqsizlikka niqob qilib, axloqni soxtalashtirib umr ko’rishga uringan mafkuralar ham bizga ma’lum. Ular, odatda, muayyan davlatning yagona mafkurasi deb e’lon qilinadi va u millatga yolg’on vositasida singdirishga uriniladi. Olmoniyada hitlerchilar ilgari surgan milliy sosializm mafkurasi yoki sobiq sho’rolar ittifoqidagi kommunistik mafkura shular jumlasidandir. Har mafkura ham o’zini tan olganlardan «mafkuraviy dushmanlar»ni jisman yo’qotishni talab etdi - jinoyatni qahramonlik tarzida, eng buyuk axloqsizlikni axloqiylik sifatida targ’ib qildi. Lekin niqoblangan axloqsizlikning umri uzoq emas. Bu holatni buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin «Tiklanish» degan she’rida bag’oyat go’zal tasvirlagan: Vahshiy rassom mudroq, beizn, Daho suratini buzadi Va u surat ustiga o’zin Beburd suratini chizadi. Lekin u yot bo’yoqlar bir-bir Ko’chib tushar yil sayin, ayon; Va daho ijodi bequsur Avvalgidek bo’lur namoyon...5 Lenin, Stalin, Hitler singari «vahshiy rassomlar» chizgan suratlar - totalitar tuzumlar mafkuralari qismatini shu she’rda ko’rish mumkin. Zero, axloqiylik har qanday mafkura muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi. Axloq bilan mafkura bir-biri bilan ana shunday uzviy bog’liq. Shu o’rinda axloqning ma’naviyat tizimidagi «o’zak»lik xususiyati haqida batafsilroq to’xtalmoq joiz, deb o’ylaymiz. Negaki, axloqni mohiyatan mehvarga o’xshatish mumkin - qolgan ma’naviy qadriyatlar uning atrofida aylanadi, undan uzoqlashdimi, bas, mehvardan chiqib ketgan sayyoradek puchmoqda parchalanib halok bo’ladi. Masalan, yuqorida ko’rib o’tganimiz - dinni olaylik: ba’zi ekstremistik guruhlarning paydo bo’lishida asosiy sabab - ular tomonidan diniy aqidalarning mutlaqlashtirilishi. Bu mutlaqlashtirish faqat axloqiylik chetga surib qo’yilgan holatdagina yuz beradi. Aqidaparastlar dinning Alloh tomonidan belgilab qo’yilgan vazifasini - axloqiy yuksak, komil insonni tarbiyalash uchun xizmat qilishini inkor etadilar, bu bilan go’yo dinni yuksakka ko’tarmoqchi bo’ladilar. Lekin aslida dinning obro’sini tushirishga xizmat qiladilar. Chunki din hyech qachon maqsad bo’lgan emas, bo’lolmaydi ham, u solih bandani tarbiyalash vositasi, ya’ni axloq - maqsad, din esa - vosita, faqat yuksak axloq egasigina Alloh vasliga muyassar bo’la oladi. Boshqacha qilib aytganda, Alloh - Mutlaq va Oliy maqsad, axloq - nisbiy maqsad, din esa vosita. Shuning uchun qur’oni karimda Alloh o’z bandalariga nozil qilgan ilohiy kitob-larning hammasini hurmat qilishni, ahli kitoblarni esa kamsitmaslikni qayta-qayta buyuradi. «Moida» surasining 48-oyatida shunday deyiladi: «Sizlardan har bir millat (ya’ni din) uchun (alohida) shariat va yo’l qilib qo’ydik. Agar Alloh xohlasa edi, hammangizni bir millat qilib qo’ygan bo’lur edi. Lekin O’zi ato etgan narsalarda sizlarni imtihon qilish uchun (har bir millatga) alohida shariat, yo’l qilib qo’ydi».6 Demak, dunyoni zo’rlik yo’li bilan islomlashtirish yoki nasroniylashtirish mohiyatan Allohga qarshi borish, eng ulkan axloqsizlikdir. Nafaqat diniy e’tiqod, balki barcha ma’naviy hodisalar shaxsdan axloqiylikni talab etadi. Yana bir misol tariqasida fanni olib ko’raylik. Uning axloqiy qadriyatlardan muxtorligi, «sof»ligi haqidagi gaplar mohiyatan mantiqiylikdan yiroq, puch ekanini ikki jahon urushini boshidan kechirgan insoniyat yaxshi tushunib oldi. «Mening vazifam - kashfiyot, u yog’i bilan ishim yo’q» qabilidagi yondashuv olim uchun axloqsizlik va jinoyat ekanini ilm ahli e’tirof etdi va etmoqda. «Urush, - deb yozadi alloma V.I. Vernadskiy, - fanning holatiga muqarrar ta’sir ko’rsatgan chuqur asorat qoldirdi. Ulardan biri - jahon olimlarining o’zlari faol ishtirok qilgan mislsiz va dahshatli shafqatsizliklarni his etishlari bilan bog’liq bo’lgan teran axloqiy iztiroblardir. ... Fanning axloqiyligi masalasi, olim uchun axloqning diniy, davlat shaklidagi yoki falsafiy ko’rinishidan qat’i nazar, kun tartibiga chiqmoqda. U faol amaliy kuch bo’lib bormoqda va u bilan borgan sari ko’proq hisoblashishga to’g’ri kelyapti».7 Biz yuqorida axloqning boshqa ma’naviy hodisalar bilan aloqalari haqida to’xtalib o’tganimiz uchun yana misollarga murojaat qilib o’tirmaymiz. Xulosa shuki, axloq mehvarida aylanmagan ma’naviy hodisalar o’z ma’naviylik kuchini yo’qotadi, insoniyat uchun keraksiz va hatto zararli voqyelikka aylanadi. Shu sababli axloqqa «ha, endi shunchaki axloq-da, biror-bir muhim kasbmidi u» deb, axloqshunoslikka esa «kichkinagina fan», asosiy kasb haqidagi fanlarning rizqini yarimta qiladigan ikkinchi darajali kurs sifatida qarash «bir miri hayon - uch miri ziyon» degan xalq maqolini eslatadigan kaltabinlikdir. Sho’rolar davrida shakllangan bunday qarashlar bizning davrimizda mutlaqo inkor etilishi kerak. Chunki, ko’rganimizdek, axloq umumma’naviy ahamiyatga molik, ma’naviyat tizimida birlashtiruvchilik xususiyatiga ega bo’lgan yagona universal ijtimoiy-ma’naviy hodisadir: «axloq - ma’naviyatning o’zagi». Axloqshunoslik fanida qo’llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo’lishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bularning birinchisi - axloqiy bilish bilan real hayot o’rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in’ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini - axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me’yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo’lib, nisbatan muayyan, tor qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» vazifasini o’taydilar. Biroq, «yurak va aql», «hissiyot va ong» bahsida g’arb, ayniqsa, XX asrda, so’zsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar istisnoli hollardir. Shu bois axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhabbat haqida gap ketsa, uni hissiyot deb yana buning ustiga, ta’riflash qiyin bo’lgan tuyg’u, deb ataydilar va uni tushuncha tarzida olib qarashdan cho’chiydilar. Vaholanki, muhabbat aynan axloqiy hissiyot va axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir. Download 52.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling