13-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja
Download 52.16 Kb.
|
8-mavzu lotin “Etika” fanining
Axloq va fan. Ba’zi bir qarashlarga ko’ra, axloqning fanga aloqasi yo’q. Bunday qarashlarni to’g’ri deb bo’lmaydi. Zotan, axloqning axloqshunoslik tadqiqot obyekti sifatidagi maqomiyoq uning fanga aloqadorligini ko’rsatib turadi.
Ayniqsa, axloqning ijtimoiy fanlar bilan aloqasi miqyoslidir. Chunonchi, ko’pgina ilmiy qarashlar, nazariyalar insonni bevosita yoki bilvosita yuksak axloq egasi, donishmand va halol inson bo’lishga chaqiradi. Lekin ayrim nazariyalar ham borki, ularni axloqsiz deb atash o’rinli. Bunga «Maltus nazariyasi»ni misol qilib keltirish mumkin. Maltus bu nazariyasida urushni targ’ib etish bilan axloqsizlikning eng yuksak ko’rinishini namoyon etdi. Shuningdek, insoniyat jamiyatini qarama-qarshi sinflarga bo’lib tashlashni, hokimiyatni zo’ravonlik, qon to’kish, terror orqali qo’lga kiritishni va shu yo’sinda tutib turishni targ’ib etuvchi markscha-lenincha sinfiylik hamda sosialistik inqilob nazariyalari ham ilmdagi axloqsizlikning bo’rtib ko’zga tashlanadigan namunasidir. So’nggi paytlarda fan-texnika taraqqiyotining yuksak darajasi va ekologik buhronlarning yuzaga chiqishi sababli ekologik axloqshunoslik singari axloq olamining yangi yo’nalishlari vujudga keldi; noosferadan yoki boshqacha aytganda, texnosferadan etosferaga - axloqiy muhitga o’tish zarurati insoniyat jamiyati axloqiy madaniyati oldidagi eng dolzarb vazifa sifatida qo’yilmoqda; zero, bu vazifaning faqat axloqshunoslik doirasidagi muammogina emasligini, keng qamrovli ekanini, butun Yer yuzining bundan keyin mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligi muammosiga aylanganini bugun yaqqol sezish mumkin. Shu bois texnikaviy fanlar taraqqiyotining navbatdagi bosqichlari faqat axloq talablariga mos, ta’bir joiz bo’lsa, axloqiy nazorat ostida amalga oshmog’i lozim. To’g’ri, ba’zilar bizga, fan - mutlaq obyektiv hodisa, u mohiyatan xolis, shunga ko’ra, uni axloqqa bu qadar bo’ysundirish nojoiz, deb e’tiroz bildirishlari ham mumkin. Biroq fanni odamlar, turli hissiyot, ehtiroslarga mo-yil, turli axloqiy fazilatlar, hatto illatlarga ega bo’lgan kishilar yaratishini yodga olsak, bunday e’tirozlarning o’zi nojoiz ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Zero, har bir olimning ma’naviy-axloqiy holati uning kashfiyotida qay darajadadir aks etmasligi mumkin emas. Xullas, fan ham bevosita, ham bilvosita axloq bilan bog’liq va aynan shu bog’liqlik tabiiy-texnikaviy fanlarni insoniylashtirish vazifasini bajaradi. Download 52.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling