Banklarda lizing operatsiyalarini tashkil etilishi. Lizing operatsiyalari turlari va ularni amalga oshirish tartibi


Download 64.24 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi64.24 Kb.
#1472462
  1   2   3
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi


Banklarda lizing operatsiyalarini tashkil etilishi. Lizing operatsiyalari turlari va ularni amalga oshirish tartibi




Reja:


1. Lizing munosabatalarining nazariy asoslari.
2. Lizing uning funksiyalari, lizing turlari va uni guruhlashtirish mezonlari.
3. Lizing operatsiyalari va ularning hisobi
4. Xulosa


  1. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining o‘rnatila boshlanganligi va taraqqiy qilishi, ancha eskirgan ishlab chiqarish moddiy texnika bazasini rekonstruksiya qilish zaruratini yuzaga kelishi mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish bazasidan amalda tadbirkorlik faoliyatining bir shakli sifatida lizing yuzaga keldi.

Lizing ilmiy – texnik taraqqiyotning talablariga, xususiy, guruhiy, ijtimoiy, manfaatlarning talablariga mos keladi. Moliyaviy kamchiliklar davrida korxonalarning yangi, zamonaviy va mukammal texnologiya, mashina hamda uskunalardan chetlab ketmasligini ta’minlaydi.
Lizing tadbirkorlikda yangi, ancha keng rag‘bat tizimini shakllantiradi. U g‘oyalar va ishbilarmonlik uchun moddiy va moliyaviy, shuningdek, mehnat resurslarini samarali ishlatish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Har bir ishlovchiga o‘z ishlab chiqarish vositalarining haqiqiy egasiga aylanish imkonini beradi.
Lizing munosabatlarining jozibadorligi shundaki, tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatida katta cheklangan kapitalga ega bo‘lib turib ham, shaxsiy – xususiy faoliyatini boshlash yoki mustahkamlash imkonini beradi.
Tadbirkorlikning lizing shaklini afzallik jihatlari keng bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston xalq xo‘jaligida bu faoliyat juda sekinlik bilan tadbiq etilmoqda. Ishlab chiqarishda ilmiy – texnik taraqqiyot yutuqlarini unumli ishlatish imkonini beruvchi yuqori samarali va o‘zgaruvchan investitsion vosita sifatida lizingning moliyaviy imkoniyatlarini mamlakatda yaratilgan normativ baza sharoitida realizatsiya qilinishining umumiy lizing biznesi va iqtisodiy mexanizmi tizimida ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.
Lizing bir vaqtning o‘zida moliyalash va yangi texnologiyalarni xarid qilish masalalarini hal etish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish hamda boshqa ehtiyojlar uchun mablag‘larni ozod qilish imkonini beruvchi moliyaviy vositalardan biridir.
Hozirgi zamon iqtisodiy amaliyotida lizing sohasidagi muammolar turlicha ta’riflanadi.
Lizing muomalasi o‘z xususiyatiga ko‘ra mulkni pirovardida uzoq muddatli ijaraga berish, hamda undan vaqtinchalik foydalanish uchun xarid qilish asosida boshqa sub’yektga topshirish bilan bog‘liq mulkiy munosabatlar majmuini tashkil etadi. Texnologiya va uskunalar olishni kreditlashning an’anaviy bank beradigan ssuda (qarz)ga nisbatan muqobil shakllaridan biri hisoblanadi. Lizing tushunchasi o‘z ichiga bir qator elementlarni jumladan: uskunani xarid qilish, uni ijaraga berish, sug‘urtalash va lizing to‘lovlarini ta’minlash (kafolatlash)ni qamrab oladi.
Lizing deganda, mulkni davriy ijara to‘lovlarini amalga oshirish hamda undan ma’lum davrda foydalanish uchun uni so‘rayotgan mijozga ijaraga berish tushuniladi.
Lizing bu:

  1. Texnika qiymatini bir necha yillik uzoq muddat davomida qaytarish hamda jahonda eng zamonaviy xizmat turi;

  2. Lizing muddatidan qat’iy nazar texnikani ishlab chiqaruvchi zavodning narxida otib olish va yetkazib berish;

  3. Texnikaga ishlab chiqaruvchi zavod kafolatining mavjudligi;

  4. Bank kreditlariga nisbatan arzonroq bo‘lgan moliyalashtirish manbai;

  5. Texnik markazlarining xizmatidan foydalanish imkoniyati;

  6. Bankdan kredit olishdagiga nisbatan osonroq bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish;

  7. Xorij kapitalini jalb qilish;

Lizing mulkni ijaraga berishning turi bo‘lib, bunda lizing ob’yekti ijarachi uchun barcha ijara muddati davomida ijaraga beruvchining huquqi saqlangan holda undan ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida sotib olinadi.Lizing funksiyalari: Lizing – bu tadbirkorlik faoliyatining alohida turi bo‘lib, ularning tashkiliy – iqtisodiy munosabatlarining uch shaklini qamrab oladi: ijara, kredit va savdo munosabatlari bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos mulkiy – moliyaviy operatsiyalarni o‘zida aks ettiradi.Lizing mazmuni, uning iqtisodiy va ijtimoiy mohiyati lizing funksiyalari xarakteristikasini yoritish orqali to‘laroq ochib berish mumkin. Ular iqtisodiyotda lizing munosabatlarining alohida shaklini o‘zida namoyon etadi. Lizing bajaradigan funksiyalar – amal qilish chegarasiga qarab ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi.
Lizingning ichki funksiyasi korxona doirasida amal qiladi.





Download 64.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling