13-Mavzu. Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiy tarmoqlarida qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini tashkil etish. Reja


Kimyoviy shikastlangan о‘choqda qutqaruv ishlarini bajarish


Download 24.14 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi24.14 Kb.
#1061118
1   2   3   4
Bog'liq
13-mavzu

Kimyoviy shikastlangan о‘choqda qutqaruv ishlarini bajarish birmuncha oldingisidan farqlanadi. Bu holatda birinchi navbatda ogohlantirish belgisi «Kimyoviy trevoga» berilib, darhol о‘sha joyga radiatsiya, kimyoviy va tibbiy razvedka bо‘limlari yuboriladi. Ular shikastlangan joyni, vaqtni, qо‘llanilgan qurol turini (yoki zaharli moddalar - KTZM), zaharlangan hudud о‘lchamini va uni tarqalish yо‘lini aniqlab beradilar. Mana shularga asoslanib bu obyekt fuqarolar muhofazasi boshlig‘i qaror qabul qilib, о‘zi qutqaruv omillarini hamda kimyoviy zararlanishni tо‘sish omillarini tashkil etadi. Bunday holatlarda qutqaruv ishlariga birinchi navbatda sanitar drujinachilari, umumiy otryad, zararsizlantirish guruhlari va mexanizatsiya tuzilmalari jalb etiladi.
Bunda har bir tizimlar aniq vazifa va texnikalar, jihozlar bilan ta’minlanadi. Chunonchi:

  • Sanitar va qutqaruv tuzilmalariga ish joylarini, transport vositalarini, zararlangan odamlarni о‘choqdan olib chiqish, birlamchi tibbiy yordam kо‘rsatish va evakuatsiyani tashkil etish vazifalari;

  • Radiatsiyaga qarshi (RQ) va kimyoviy himoya (KTQ) hamda umumiy tuzilmalarga qutqaruv ishlarining joyi, KTZM saqlanadigan joylardagi avariyani tо‘sish va zaharlangan inshootlarni, atrof-muhitni degazatsiya qilish ishlari;

  • Zararsizlantirish guruhlariga degazatsiya bajariladigan ish joylari, obyektlari, degazatsiya qiluvchi eritmalarni tayyorlash va mashinalarni tо‘ldirish, degazatsiya ishlarini olib borish yuklatiladi;

Kimyoviy о‘choqda qutqaruv ishlarini bajarishi lozim bо‘lgan vazifalar olingandan keyin har bir tuzilma boshliqlari о‘z qо‘l ostidagi fuqarolarni yakka tartibdagi himoya vositalari, antidotlar, SHKP-8 bilan ta’minlaydilar. Shundan keyin ular razvedka, sanitar drujina, RQ va KTQ tuzilmalaridan keyin ish joylariga borib, vazifalarini bajarishga kirishadilar.Bunda birinchi bо‘lib zararlangan odamlarga yordam kо‘rsatiladi, ya’ni gazniqob kiydiriladi, antidot berilib, tibbiy yordam kо‘rsatiladi va ular har xil zararlanish toifalariga bо‘linib, sо‘ngra tibbiyot shoxobchalariga evakuatsiya qilinadi. Zararsizlantiruvchi tuzilmalar, hamma yо‘llar, inshootlar, texnikalar degazatsiya qilinadi. Shu tariqa kimyoviy shikastlangan о‘choqda qutqaruv ishlari bajariladi.

Download 24.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling