13-Mavzu: Harflarni pastki qismidan tutashtirish qoidalari bilan tanishtirish. Tutashtiruvch unsuri bor harflar guruhi ustida mashq bajarish


Download 21.7 Kb.
Sana30.04.2020
Hajmi21.7 Kb.
#102534
Bog'liq
13-mavzu


13-Mavzu: Harflarni pastki qismidan tutashtirish qoidalari bilan tanishtirish. Tutashtiruvch unsuri bor harflar guruhi ustida mashq bajarish. Tutashtiruvch unsuri yo`q harflar guruhi ustida mashq bajarish Maqsad: Tutashtiruvch unsuri bor harflar guruhi ustida mashq bajarish. Tutashtiruvch unsuri yo`q harflar guruhi ustida mashq bajarish. Matn yozish.

Topshiriq: bosh va kichik harflar ishtirokida matn yozish. Tarjimayi hol yozish.



Eslatma: O`quvchilarni yozuvga o`rgatishning muvaffaqiyatli natijasi bir qancha vositalarga bog`liq bo`lib, ularni shartli ravishda 2 turga ajratish mumkin:

  1. Texnik shartlar

  2. Ta'limiy shartlar

Texnik shartlarga quyidagilar kiradi:

  • Sinf jihozlarning ketma-ketligi.

  • Sinf xonasining talab darajasida yoritilishi.

  • Partada o`quvchining to`g`ri o`tirishi.

  • Ruchkani to`g`ri ushlashi.

  • Daftarni 65% qiyalikda ushlash.

  • Daftar chiziqlarining aniq va ko`z tashlanib turishi.

  • Ushbu shartlar bir-biriga o`zaro bog`liq holda to`g`ri yo`lga qo`yilsa, chiroyli yozuvga o`rgatishning texnikaviy shartlari bajariladi.

Ta'limiy shartlar o`quvchilarning faoliyati bilan bog`liq bo`lgan shartlar majmuasidir.

Harflarning qo'shib yozilishini ta'minlash uchun ayrim chiziqlar o'z harakati bo'yicha orqaga qaytadi, bu narsa, ayniqsa, cho'zinchoq doira shaklidagi harflarda ko'proq uchraydi. Masalan: ta, non, lo kabi bo'g'inlarda.



Bunday qo'shib yozishni ayrim bosh harflarda ham uchratish mumkin. Masalan, bosh K harfining yozilishini ko'raylik:





Ko'pchilik bosh harf lar kichik harflar bilan qo'l harakatini uzmay, ulab yoziladi.

O'quvchilarga harflarni bir-biriga ulab yozish qoidalarini namuna sifatida quyidagi tartibda tushuntirish mumkin:

- Bolalar, qarang, men kichik "m" harfini kichik "o" harfiga qo'shib yozishni ko'rsataman. Siz mening qo'l harakatimga qarab turing.

- Kichik "g" harfining ikkinchi elementini yuqoriga olib chiqib, salgina pastga burib, yana orqaga qaytamiz va kichik "o" harfini hosil qilamiz.

- Qani, bolalar, kim ko'rsatadi, bu ikkala harfni men qanday qilib qo'shib yozdim?

Bir o'quvchi doskaga chiqib, o'qituvchi yozgan harflar ustidan qo`lini yurgizib ko'rsatadi, qolgan o'quvchilar esa diqqat bilan qarab turadilar.

- Qani endi, bolalar, bu harflarning qo'shilishi harakatini havoda hammamiz birga qaytaramiz. Hammangiz ruchkangizni oling. Boshladik (o'qituvchining o'zi ham birga qaytaradi).

O`quvchilar doskadagi "o" va "g" harflarining yozilishiga qarab, havoda harakat bajaradilar.

- Endi bolalar, bu harflarni daftaringizga ko'chirib yozing. Bir qator ko'chirib yozganingizdan so'ng o'zingizni tekshirib ko'ring. Agar yozayotganingizda qo'l harakati uzilmagan bo`lsa, demak, to'g'ri yozyapsiz.

- Endi shu ikki harfni qo'shib bir necha qator yozamiz.

O'qituvchi sinfni aylanib chiqib, noto'g'ri yozayotgan o`quvchilarga yordam berishi lozim. Boshqa harf va so'zlarni qo`shib yozishda ham shunday yo'l bilan tushuntirish zarur.

Birinchi sinfda o'quv yilining II yarmidan boshlab o'quvchilar 4-5 harfdan tashkil topgan so'zlarni qo'l harakatini uzmasdan yoza oladilar.Ikkinchi sinfdan boshlab esa har qanday murakkab so'zlarni hum bog'lab yozishlari lozim. Ammo ayrim harflar esa qo'lni uzib yozishni talab etadi.

Foydalanish uchun adabiyotlar

1.M.G`ulomov, K.Tursunova, D.Po`latova. chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish.Toshkent, 2013.

Qo`shimcha adabiyotlar


  1. Abdullayev Q. va boshq. Savod o`rgatish, T., 1996.

  2. Abdullayev Y. Hamrohim. T., 1997.

  3. Abdullayev Y. Sovg`a. T., 1998.

  4. Abdullayev Y., Yo`ldosheva Sh. Yangi alifbo va imlo. T., 2000.

  5. Husnixat daftari. 1-sinf uchun. T., 2016.

  6. Husnixat daftari. 2-sinf uchun. T., 2016.

  7. Husnixat daftari. 3-sinf uchun. T., 2016.

  8. Husnixat daftari. 4-sinf uchun. T., 2016.

  9. Alifbe darsligi. T., 2017.

10. 1-2 yozuv davtari. T., O`qituvchi, 2017

11.www.pedagog.uz

Chet el adabiyotlari:

12 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW SPENCER “Linguistics An Introduction” Cambridge university press 2011. p. 111



13. Igor de Rachewiltz va Volker Rybatzki . Xung Chin Introduction to Altaic Philology 2013/ p.
Download 21.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling