13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar
Download 317.5 Kb.
|
13-mavzu
JON A. HOBSON
Angliya tartibga solinmagan bozorlar jamiyat farovonligini eng yuqori darajada ta’minlaydi degan asosiy ta’limoti bilan ortodoksal nazariya qo’rg’oni bo’lib kelgan bo’lsada, lekin bu yerda unga qarshi chiquvchilar ham bor edi. Bulardan eng katta ta’sir ko’rsatgan Jon A. Hobson (1858-1940) ning noortodoksal fikrlari hozirgi farovon Angliyaga ma’naviy turtki bo’ldi. Hobson-ning akademik faoliyati birinchi kitobini nashrdan chiqarganidan so’ng tez orada yakuniga yetdi. Bunga uning kitobidagi “kitobimni o’qigan iqtisodiyot professori uni yer qattiqligini o’lchash uchun sinab ko’radi”26 degan fikrlari sabab bo’ldi. Mustaqil faoliyat uni ortodoksal nazariyaga yana va yana qarshilik qilishga undadi, u qirqqa yaqin kitoblar va katta maqolalar nashr qildi. Keynes Umumiy nazariya da Hobsonni maqtaguniga adar uning ishlari akademik doirada yaxshi kutib olinmasdi. Shunday qilib sof nazariyada Hobsonning ta’siri sezilarsiz bo’ldi, u ingliz iqtisodiy siyosatini shakllantirishda muhim ta’sir ko’rsatdi. Hobson ham boshqa ko’plab noortodoksal iqtisodchilar kabi ortodoksal nazariyaning kamchilik-larini ko’ra olar va ularni ta’riflardi, lekin amaldagi ta’limotni ag’darishga yetadi-gan yangi ta’limot tuzishga qodir emas edi. Provard natijada Hobsonning noortodoksal nazariyasi amaldagi aralashmas-lik siyosatini maqullashga qarshi chiqdi, chunki bozorlar ijtimoiy farovonlikni ta’minlash uchun yetarli edi. Ortodoksal nazariya bozorlar ijtimoiy talablardan mustaqil holda iloji boricha past narxli maxsulot ishlab chiqarishni ko’zda tutar edi. Bozorlardan keladigan foyda esa ishtirokchilarni ularning maxsuldorligiga qarab taqsimlanardi. Shunday qilib iqtisodiy kuch;arning bunday harakati barcha ijtimoiy resurslarning foylanilishini ta’minlardi. Chunki umumiy olganda, narx-larning yaxshi o’lchovi va iqtisodiyotning foyda bilan ta’minlashi jamiyat erishgan farovonlikning ko’rsatkichlaridir. U o’sha davr ingliz iqtisodinng amal qilinayotgan uchta xatosini topdi. Birinchisi, doimiy haddan ortiq zahiralash yoki iste’mol tufayli to’liq ish bilan ta’minlanmaganlik. Ikkinchisi foydaning yuqori daromadli oilalar o’rtasida ularning yuqori savdo kuchlari sababidan nohaq taqsimlash. Uchinchisi moliyaviy foydaga yo’nlgan boshlang’ich qiymat tizimlari uchun bozorlar ijtimoiy narx va ijtimoiy foydani yaxshi belgilay olmasligidadir. Shunga qaramasdan ortodoksal fikrlovchilar iqtisodiyotda muvozanatni topishdi va bu muvozanatni ko’rsatib beruvchi ta’limotlarini yaratishdi. Hobson aralashmaslik iqtisodiyotining salbiy ta’sirlarini taxmin qildi va mavjud sanoat jamiyatining xatolarini tuzatuvchi nazariy tuzzilma yaratishga harakat qildi. Hobson agarda jamiyatning maqsadi aniq qilinganda iqtisodiy nazariya jamiyatni “yaxshi hayot”ga erishishga ishontirishi mumkin deb hisoblaydi. U Jon Nevill Keynesning biz farqlashimiz mumkin bo’lgan nima mavjud va nima bo’lishi mumkin degan nuqtai nazariga va ortodoksal nazariyaning nima mavudligini tahlil qilishdagi cheklangan harakatlariga e’tibor qaratdi. Hibson uchun iqtisodiy nazariya jamiyatga “majburiyatlarini ” ko’rsatib bera olganligi-dan rostdan ham foydali edi. Ortodoksal nazariya tomonidan amalga oshorilgan normativ-ijobiy bo’linish ilojsiz edi, chunki undagi dalillar etikal va iqtisodiy edi. Hobsonnnig ortodoksal nazariyaga bo’lgan qarshiligi uning hammualliflikda yaratgan kitobida boshlangan edi: Biz Adam Smit davridan buyon butun iqtisodiyot o’qitish asosida turgan xulosaga keldik, chunonchi yillik ishlab chiqarish miqdori Tabiiy vakillar, Kapital va Mehnat agregatlari yordamida aniqlash mumkinligi yolg’on, aksincha ishlab chiqarilgan mahsulot agregatlar tomonidan qabul qilingan limitlardan ancha pastda. Bu mahsuotni haddan ortiq to’plash va haddan ortiq ko’p yetkazib berish natijasida ortga suriladi27. Baxs munozaraga sabab bo’lgan yana bir narsa Hobson va uning hamkasbi A.F.Mameri ortodoksal nazariyani to’plash oxir oqibatda xuddi investitsiya kabi foydaga olib keladi degan fikrlarga qo’shilishlaridir. Keyingi yozuvchilarda xususan Hobson xosalari hech qachon zaiflashmadi, u barcha xizmatlarni tashqi muhofaza qilish uchun kapitalizm tushkunlik keltirib chiqarishga odatlanib qolganligini aytadi. 1902-yilda u Mustamlakachilik nashr ettirdi, kapitalistik davlatlarning mustamlakalarini kengaytirishlarini tashqi ehtiyojlardan chiqish yo’li va barcha xizmatlarda tovarlarning ortiqcha yetkazib berilishiga sababchi bo’lgnligini tasdiqladi. Lenin Hobsonning mustamlakachilik tezisini qabul qilishi qiyin bo’ldi. Hobson xulosa chiqardi: mustamlaka amaliyotida urush uchun sarflashda, ishchilar sinfi sharoitini yaxshilash uchun hukumatga oid sarf harajatlarni rejalashtirish, ortiqcha sarf harajat qilinadigan iste’mol tovarlari-ning o’rniga mamlakat ichidagi o’rinbosar tovarlarni ko’paytirish, daromadning taqsimlanishini yanada tenglashtirish orqali muqobillikka erishish. Axloqiy to’g’ri muqobilliklar aniq: soliq orqali foydaning qayta taqsimlanishini kambag’allarning axvolini yaxshilkash uchun davlatga oid sarf harajatlar bilan birlashtirish. Hobson daromadning taqsimlanishi haqida ko’p yozgan. U yerlarda taqsim-lash marginal unumdorlik nazariyasini rad etdi. Marginal mahsulotlarni alohida omillar uchun hisoblashning imkoni yo’q edi. Zamonaviy murakkab iqtisodiyotda, u ishlab chiqarish, ijtimoiy yoki hamkorlikdagi faoliyat degan fikrga ega; biz ahloqiy savollar atrofidagi foydaning taqsimlanishini so’raymiz, differensial hisob-lashning ma’nosiga ko’ra ishlab chiqarish turli xil omillarining marginal taqsimlanishini tanib olishga harakat qilamiz. Bundan tashqari uning aniqlash omillari bahosi tahlillarda ortodoksal nazariya ishlab chiqarishning turli xil omillari teng kelishish imkoniyatiga egaligini taxmin qiladi. Lekin u iqtisodiyotni kuzatish orqali tasdiqlanadi va ishchilarning kelishish munosabati birmuncha kuchsiz, buning sababi sifatida u ish haqining ozligini ko’rsatadi. Ishlab chiqarishning turli xil omillariga to’lovlar amaliy jihatdan uch qismga bo’linadi: 1) omilning o’zini moddiy qo’llash imkoni uchun to’lov, 2) miqdor va unumdorlikda omillar o’sishiga izn berishga to’lov, 3) yaxshilash va tuzatish uchun to’lov. Hobson ularni “foydasiz narsa” deb atagan. Zamonaviy sanoat iqtisodiyoti ishlab chiqarish hajmini namoyaon qiladi. Turli omillarni tuzatish uchun to’lovlar yetarliligiga qaraganda u ko’proq bozor baholash omillarining kelishuv jarayoni, u qaysi omillar foydasiz narsalarni qabul qilishini aniqlaydi. Hobson yer samarasiz narsalarni qabul qilishini tasdiqladi, bunga uning tabiiy tanqisligi va kapital samarasiz narsalarni qabul qilishi sabab bo’ladi. Chunki uning bosh kelishuv imkoniyati va sun’iy tanqisligini manopol kuchlar keltirib chiqargan. Daromad-ning tengroq bo’lishi, ishchilar uchun yagona balandroq maoshlar berish, faqatgina maoshnigina emas balki ishchilar unumdorligini ham oshirish kerak. Shuningdek, yaxshiroq tenglik iste’molni o’stirib, tejamkorlikni kamaytiradi. Bu orqali iqtisodi-yot tushkunlikni oldini oladi. Hobson bu fikrida ortodoksal nazariyaga qarshi holatiga asoslanib mamnun bo’lmadi. U qiymat tizimining ortodoksal nazariyadagi ma’nosiga asosiy va keskin qarshi fikr bildirishni davom ettirdi. Hobsonning fikriga ko’ra ortodoksal nazariya noto’g’ri yondoshuvga ega. Unda qimatlar ishlab chiqarilgan maxsulotlar ijtimoiy harajatlar maxsuli va ijtimoiy foydalar iste’mol qilish tovarlaridan qabul qiladi. Hobson narxlarni qiymat va foyda qismlaridagi ijtimoiy yordamning talabga javob bermaydigan o’lchovi sifatida ta’sis etdi. “Fan pulni hali ham o’zining me’zoni sifatida qabul qiladi va olamni ishlab chiqarish vositasi deb hisoblaydi, haqiqatning xususiyatida murakkab va chuqur inson muammolarining qobiliyatsiz sayqalida ijtimoiy savol yaratilgandi”28. Hobsonning yechimi biz qiymatlarda ifodalangan narxlardan farq qiluvchi inson qiymatlarini va bozor narxlari kabi bir xil bo’lmagan inson foydasini ham hisoblashimiz kerak. Bu tahlilarda Hobson zamonaviy ijtimoiyn yordam nazariya-sini iqtisodiyotni bilmagandek qabul qiladi, ta’minlash-qiymat tomoni ham talab-foyda tomoniga ham murojaat qilingan. Uning talab qismi ahlillari Veblenning asarlari ta’sirida bo’lgan; u ko’zga ko’ringan iste’mollar va sotuvchilik san’atini zamonaviy iqtisodiyotda sinab ko’rish orqali behuda sarflash paydo bo’lishini ko’rsatib bergan. Hobsonning yechimi hukumat aralashmaslik soyosati yondashu-vini yo’q qilgan va foyda zamonaviy iqtisodiyot tabiatining mo’ljali bo’ldi. “Sanoatimiz me’yoriy jarayonlarida to’g’ri yo’nalgan ijtimoiy nazoratni shaxsiy foyda qidirish omili o’rniga ishlatish ijtimoiy qayta qurishning har qanday sog’lom tizimida muhim hisoblanadi”29. Hobsonning bu qisqacha fikri uning ortodoksal nazariyaga arshi kuchli fikr bildirish xususiyatini berishidan biroz ko’proq edi. U Sayning qonunini rad etdi. Bo’linishning ortodoksal nazariyasiga e’tiroz bildirdi, ijtimoiy yordamning talabga javob bermaydiga me’yori uchun qiymat tizimini tashkil etdi, ortodoksal nazariya-ning me’yoriy- pozitiv bo’lishini ham rad etdi, ahloqiy muhokama qilishni iqtisodiy tahlil qilishga qo’shishni taklif qildi. Jamiyatda foyda omili salbiy natijalarga egaligini ko’rsatib berdi va yuqoridagilarning hammasi aralashmaslik siyosati yakuni sifatida ko’rsatdi. U ko’plab asosiy noortodoksal mutafakkirlarning qismati-ni boshidan o’tkazdi: u ortdoksallar tomonidan nazorat qilingan akademik jamiyatda qo’lga kiritgan xizmatlariga layoqatsiz emasdi. Uning g’oyalari yaxshilab ko’rib chiqilmasdan rad etildi. 1913-yilda “Janob Hobsonning yangi kitobini biror kishi turli hislar bilan qo’lga oladi. Kimdir o’z fikrlarini rag’batlantirish va mustaqil va o’ziga xos qarashdan ortodoksal tanqid olish uchun lekin o’quvchi biroz o’jar, qaysar, noto’gri tushunadigan va safsataboz fikrli bo’lishi mumkin”30. Keyinchalik Keynes Say qonunini rad etganidan so’ng u ortodoksal pozitsiadan ketdi, uning rivojlanishiga muvofiq ravishda Hobson ham o’zgardi. 1936-yilda u Hobsonning Sanoat psixologiyasi asarini maqtadi. Huddi yaqin ellik yillar ichidagi birinchi va ko’plab jildlarning eng ahamiyatlisi edi. U ortodoksal guruh a’zolariga qarshi g’ayrat va dadillik bilan kurashishga harakat qildi.Mister Hobson harakatdan charchamadi, lekin bu baribir foydasiz bo’ldi. U mukammal bo’lishiga qaramay bugun unutilgan, mohiyatda bu kitobni nashr qilish iqtisodiy fikrlardagi bir davrdir31. Keynes e’tiroz bildirishni davom ettirdi, u Hobsonni talabga javob bermaydigan iste’mol nazariyachilarining noortodoksal iqtisodchi-larining muhim guruhiga tegishli deb ta’kidladi. U tushunarsizlik va kamchilik haqiqatini afzal ko’rardi; xatoni davom ettirish oson mantiq orqali barqarorlik va aniqlik bilan haqiqatdan erishadi lekingipotezalarga to’g’ri kelmaydigan dalillar bor32. Ko’plab noortodoksal yozuvchilar bilan Hobsonning ichki mohiyatni tushu-nishi uni barqaror boshqarmadi, nazariy tuzulishni to’g’ri joylashtirdi. Shunday qilib hozirgi ortodoksal nazariyada Hobsonga tegishli ko’zga tashlanadigan muhim jihat yo’q. U ortodoksal iqtisodchilar gilam ostini supurishni rejalashtirgani kabi muammolarni namoyish qildi. Va nihoyat bu muammolar aytilganda Hobson fikrlari e’tiborga olinmay, iqtisodchilar tomonidan boshqa yechim taklif etildi. Shunga qaramay Hobson Britaniya iqtisodiy siyosatiga muhim ta’sir ko’rsatdi, unning g’oyalari Mehnat partiyasiga Ruhiy ta’sir ko’rsatishda ustunlik qila boshladi. Uning saoatni ijtimoiy nazorat qilishi va barcha xizmat dasturlari bilan, II jahon urushi davrida Britaniya Mehnat partiyasining dasturiga Jon A. Hobsonning iqtisodiyot fani manbaa sifatida olindi33. Download 317.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling