Mavzu 6 Kriptovalyutalar elektron tijorat bozorining rivojlanishi
Download 202,04 Kb.
|
mavzu 6RI
1982-yilda kriptograf Devid Chaum xarid qilingan tovarlar yoki mijoz tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotni kuzatishni taklif qildi. Savdo va moliyaviy operatsiyalarni ishonchli amalga oshirish uchun Devid Chaum 1989-yilda DigiCash korporatsiyasini tashkil etdi, u birinchi anonim to‘lov tizimini taqdim etdi. DigiCash to‘lov tizimi Internet orqali tranzaktsiyalarni o‘tqazish xavfsiz usuli edi. O‘sha davrdagi aksariyat tizimlar, shu jumladan Visa va Mastercard, katta hajmdagi mahsulotlarni faqat elektron usulda qayta ishlashi mumkin edi. Bunga javoban, tizim kichik tranzaktsiyalarni yuborishga imkon berdi. DigiCash to‘lov tizimi Devid Chaumom tomonidan ishlab chiqilgan "ko‘r imzo" texnologiyasiga asoslangan edi. Ko‘relekt- ron raqamli imzo - elektron raqamli imzoning (ERI) muhim o‘zgarishlaridan biri bo‘lib, unda imzo chekuvchi imzolangan hujjatning mazmunini ishonchli bilmaydi. Uning asosiy qo‘llash sohasi - bank sektori, shuningdek, elektron ovoz berish sohasi. Elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishda bank doimo pul mablag‘larini kim, qayerda, qachon va kimga o‘tkazganligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega. Ushbu fakt foydalanuv- chilarning shaxsiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘r elektron imzodan foydalanish to‘lovlarning maxfiy- ligini ta’minlaydigan shunday to‘lov tizimlarini yaratishga imkon beradi, ammo shu bilan birga foydalanuvchilarga zarurat tug‘ilganda to‘lovlarni amalga oshirganliklarini isbotlash imkoniyatini beradi. Elektron to‘lov protokollaridagi ko‘r imzoning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Raqamli valyutalarni yanada rivojlantirishda DigiCash to‘lov tizimi katta rol o‘ynadi. Bu muqobil elektron to‘lov tarmoqlarini yaratish uchun Internet kompyuterlaridan foyda- lanishga birinchi urinish edi. DigiCash to‘lov tizimi markazlashtirildi, ya’ni doimiy naqd pul ta’minoti uchun banklarga ehtiyoj bor edi. DigiCash to‘lov tizimining modeli Bitcoin va boshqa mavjud kriptovalyutyalarni o‘z ichiga olgan keyingi loyihalarning asosini tashkil etdi. Devid Chaum tomonidan kriptografiya sohasidagi ishlan- malar bugungi kungacha qo‘llaniladi. U tufayli blokcheyndagi tranzaksiyalar xavfsizdir. 1997-yilda amerikalik kriptograf Adam Bash HashCash texnologiyasini tavsifladi [28]. Ushbu texnologiya spam bilan kurashish va DoS - hujumlariga qarshi turish uchun - kompyuter tizimiga xakerlik hujumini, uni muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi uchun, ya’ni tizimning vijdonli foydalanuvchilari taqdim etilgan tizim resurslariga (serverlariga) kira olmaydigan sharoitlarni yaratishga qaratilgan, yoki bu kirish qiyin bo‘ladi. Keyinchalik, HashCash xesh-bloklar zanjiri va tranzaktsiyalarni tasdiqlash algoritmini takomillashtirdi. Keyingi yillarda blokcheyn tarmo- g‘ining ishlashi shunga o‘xshash tamoyililar asosida qurilgan. 1998-yilda kriptograf Vey Day o‘zining noma’lum, tarqatilgan elektron pul tizimi "b-money" - deb nomlangan o‘z kriptovalyuta g‘oyasini taklif qildi. Kriptovalyuta "b-pul" ning afzalligi markazlashtirilmagan ro‘yxatga olish reestri, tranzaksiyalarga imzo qo‘yish, shuningdek, Proof – of – work (PoW) tushunchasi edi (4.3.2-bandga qarang). Keyinchalik Vei Day g‘oyalari bitkoinning asosini tashkil etdi [28]. Xuddi shu 1998-yilda, blokcheyn texnologiyasining asoschisi deb hisoblangan kriptografiya va informatika sohasidagi amerikalik mutaxassis Nik Szabo markazlashtirilmagan Bit Gold kriptovalyutani yaratishga harakat qildi. Bit Gold kriptovalyuta an’anaviy moliyaviy tizimning samarasizligi va hisob-kitob vositasi sifatida qimmatbaho metal- lardan foydalanish tufayli yaratilgan. Bit Gold kriptovalyutaning yaratilishi oltinning iqtisodiy xususiyatlarini ko‘paytirish, shuningdek uning xavfsizlik parametrlarini oshirishga urinish bo‘lgan. Nik Szabo tomonidan taklif qilingan markazlash- tirilmagan tarmoq foydalanuvchilarga jismoniy oltin taklif qila olmaydigan valyutaning mustaqillik darajasini taklif qildi. Bit Gold moliyaviy modeli foydalanuvchilarga bir qator imtiyozlarni taqdim etdi. Xususan, Nik Szabo bunday tizimning kamida ikkita asosiy xususiyatini namoyish etdi:
Keyinchalik Bit Gold g‘oyasi Bitcoinda amalga oshirildi va ikkala protokol ham o‘xshash arxitekturaga ega.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling