13-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning o‘rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish


Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo‘nalishlari va hozirgi talablari


Download 65.76 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi65.76 Kb.
#1602780
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13-ma\'ruza

13.2. Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo‘nalishlari va hozirgi talablari
Ma’lumki, xalqaro iqtisodiy integratsiya o‘z mazmuni va mohiyati bilan, birinchidan, jahon mamlakatlarida ro‘y berayotgan chuqur xo‘jalik va ijtimoiy-siyosiy birlashuv sohasidagi jarayonlarni borishini, ikkinchidan, mustahkam iqtisodiy o‘zaro aloqadorlikni, uchinchidan, milliy xo‘jalikdagi mehnat taqsimotni, to‘rtinchidan, turli daraja va shaklda ruy berayotgan ishlab chiqarishdagi o‘zaro iqtisodiy hamkorliklar tushuniladi. Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar asosan bir-biriga yaqin bo‘lgan hududlardagi davlatlarining o‘zaro iqtisodiy shartnomalarida, ularning xorijiy mamlakatlardagi bo‘limlarini tashkil topishda, xo‘jalik sub’ektlari (firmalar, korxonalar) o‘rtasidagi kapitalni o‘zaro aloqadorligida namoyon bo‘ladi. Davlatlararo iqtisodiy integratsion jarayonlar mamlakatlarning o‘zaro iqtisodiy birlashuvi va milliy davlatlar siyosatining shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda sub’ektlar o‘rtasidagi integratsion jarayonlarning borishi va rivojlanishi asosan davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarning erkin harakati va xizmat ko‘rsatish sohalarda, mamlakatlar o‘rtasidagi kapital harakati va ishchi kuchi migratsiyasida, davlatlararo iqtisodiy hamkordagi o‘zaro kelishuvlarda, ilmiy-texnikaviy va texnologik sohalarda, moliya-kredit sohalarda, tashqi iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy, shuningdek mudofaa siyosati va boshqa ko‘plab boshqa sohalarda namoyon bo‘lmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar natijasida bir butun valyuta birligiga (so‘m, rubl, Yevro, dollar va x.k.lar), moliyaviy byudjetga, davlatlararo yoki millatlararo boshqaruvga asoslangan mintaqaviy xo‘jalik tarmoqlar tashkil topishi mumkin (EI tashkiloti, NAFTA, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari kabi). Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy ko‘rinishlaridan biri, savdo sohalarida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil topishi bo‘lsa, iqtisodiy integratsiyaning murakkab ko‘rinishlaridan biri esa tashqi savdo tariflari asosida muhim rol o‘ynayotgan bojxona ittifoqlarini vujudga kelishidir.
Xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar jahon mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashda bir qator qulayliklarni vujudga keltirib, ular birinchidan, xo‘jalik sub’ektlarini (tovar ishlab chiqaruvchilarni) ko‘plab resurslar bilan (mehnat va yangi texnik-texnologik materiallar) ta’minlash bilan bir vaqtda jahon bozorlariga mos, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Ikkinchidan, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarda qatnashuvchi barcha davlatlarni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatidan bir-biriga yaqinlashtiradi. A’zo davlatlarni dunyo mamlakatlari tomonidan ruy berishi mumkin bo‘lgan turli to‘siq va raqobatdan himoya qiladi. Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarda ishtirok etuvchi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. SHunday qilib, xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarni borishi iqtisodiy rivojlanish va yuksalishdan orqada qolayotgan mintaqalarni, rayonlarni rivojlanishiga, xalqaro mehnat bozorlaridagi ahvolni yaxshilanishiga, iqtisodiy kam ta’minlangan aholini esa iqtisodiy ta’minotini yaxshilanishiga imkon tug‘diradi.
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilning 31 avgustida suveren mustaqillikka yerishdi. SHu kundan boshlab respublikaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida rivojlanishning yangi davri boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, respublikada O‘rta Osiyo aholisining 45%i yashaydi.
O‘zbekiston qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston bilan chegaralanib Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlari bilan transport va telekommunikatsiya aloqalari orqali bog‘lanib turuvchi muhim strategik karidor hisoblanadi.
Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan o‘zgarishlar va turli salbiy tendentsiyalarga qaramasdan, O‘zbekistonda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat hamda xalqimizning fidokorona mehnati evaziga juda katta ijobiy natijalar qo‘lga kiritilmoqda, iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy va sifat o‘zgarishlariga erishilmoqda. Bularning barchasi pirovardida xalqimiz turmush farovonligining o‘sishiga, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘z o‘rni va mavqeining tobora mustahkamlanib borishiga mutahkam zamin yaratmoqda.


13.3. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirishda uning faol xalqaro integratsiyasini ta’minlashning xorij tajribalari
Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida umummintaqaviy tartibga solish ob’ekti bo‘lishi kerak bo‘lgan davlatlararo integratsiya dasturlarini barpo etish va amalga oshirishning alohida muhim roli va ustuvor ahamiyatini ajratib ko‘rsatish mumkin. SHu o‘rinda tashqi iqtisodiy foliyat yuritishda diversifikatsion tamoyillarga ham e’tibor qaratish, mamlakatimizning kelajakdagi istiqbolini va kutilmagan xavflarni bartaraf etish, shuningdek bunday xavflar paydo bo‘lgan taqdirda ulardan keladigan salbiy ta’sirlarni maksimal darajada kamaytirish imkonini beradi.
Diversifikatsiya – muayyan to‘plam tarkibining turli-tumanligini ta’minlash chora-tadbirlari. Diversifikatsiya darajasi turli-tumanlilik darajasi bilan belgilanganadi. Diversifikatsiyalashdan muhim investitsiya kontseptsiyasi tariqasida foydalaniladi. U investitsiya portfeli daromadliligini pasaytirmagan holda uning riskini pasaytiradi. Diversifikatsiyalashdan olinadigan eng yuqori samara bir turdagi aktiv qiymatining pasayishi boshqa turdagi aktiv qiymatining o‘sishi hisobiga qoplanishini ta’minlaydigan tarzda investitsiya portfeliga turli sinflar, tarmoqlar, mintaqalar aktivlarini qo‘shish orqali erishiladi. Ya’ni, tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishda quyidagi diversifikatsion tamoyillarga e’tibor qaratish ijobiy samara berishi mumkin:
- tashqi iqtisodiy aloqalarni iloji boricha ko‘proq va mintaqaviy jihatdan turlicha bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘rnatish lozim;
- eksport tarkibini turlicha mahsulotlar tashkil etishi lozim;
- bir xil turdagi maxsulot yoki xizmatni bir vaqtning o‘zida jahonning turlicha qit’alarida joylashgan davlatlarga eksport qilish lozim;
- iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan import mahsulotlari ham eksport siyosatida amal qiladigan tamoyil sifatida amalga oshirilishi lozim;
-jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonini tashkil etishda turli mamlakatlar tajribasini o‘zimizni sharoitga moslashtirgan holatda amalga oshirish lozim.
Yana ikkita istiqbolli yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular neft-gaz mashinasozligi va neft kimyosidir. Ularning rivojlanishi bizning respublikalarimizda neft va gaz qazib olish hajmlari o‘sishi istiqboli bilan izohlanadi, bu o‘z navbatida neft-gaz mashinasozligi mahsulotlari loyihalarini ta’minlash masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Mintaqada integratsiya jarayonlarining real shart-sharoitlari va samaradorligini ta’minlash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan majburiy makroiqtisodiy chora-tadbirlar ko‘rish fursati yetdi, ularga quyidagilar tegishlidir:
- iqtisodiy islohotlarni muvofiqlashtirish;
- milliy xo‘jalik qonunchiliklarini yaqinlashtirish;
- tuzilmaviy, kredit-pul, valyuta, narx, soliq va ijtimoiy siyosatning umumiy strategiyasini kelishish.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari integratsiyasi mintaqadagi kompleks ustuvor muammolarni hal etib ushbu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kuchayishining muhim omiliga aylanadi.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy integratsiyasining xalqaro tajribasi Markaziy Osiyo hamdo‘stligi doirasidagi integratsiya jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan bir qancha xulosalarga kelish imkonini beradi. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida juda muhimdir.
Birinchidan, iqtisodiy vazifa sifatida mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani amalga oshirish uchun o‘tkazilayotgan demokratik va iqtisodiy islohotlarning umumiy maqsadlari bilan birlashgan qatnashchi davlatlar rahbarlarining yagona siyosiy idorasi zarur;
ikkinchidan, xususiy biznesga va xorijiy investorlarga ishonch sharti sifatida barqaror makroiqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat integratsiya ittifoqi a’zosi bo‘lgan mamlakatlar iqtisodiyoti integratsiyasi muvaffaqiyatli qadam tashlashining muhim sharti hisoblanadi. O‘tish iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar uchun ularga xos bo‘lgan oldingi ijtimoiy tuzilmalarni o‘zgartirish qiyinchiliklari bilan bog‘liq erkin savdo zonasini, keyinchalik esa yagona iqtisodiy makonini barpo etish birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi. U boshqa islohotlar (tarkibiy qayta o‘zgartirishlar, xususiylashtirish, davlatning iqtisodiyotga aralashishini bekor qilish, narxlarni erkinlashtirish va boshqalar) bilan uzviy uyg‘un bo‘lishi kerak;
uchinchidan mintaqaviy integratsiya erkin savdo zonasini, so‘ngra bojxona, to‘lov va valyuta ittifoqini tashkil etishga doir kompleks chora-tadbirlar sifatida asta-sekin, izchil amalga oshiriladigan jarayon yekanligini yesda tutish zarur, bunda har bir bosqichda qatnashchilardan har birining manfaatlari va xulosalari kelishilishi kerak;
to‘rtinchidan, rivojlangan infratuzilmasi (transport, aloqa, gaz, neft quvurlari, oziq-ovqat tashish va boshqa kommunikatsiyalar) mavjudligi mintaqaviy integratsiyaning hal qiluvchi sharti hisoblanadi, ulardan integratsiya hamdo‘stligi barcha a’zolarining manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish zarur.
Iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilardan iboratdir:
1. Erkin savdo hududi. uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘zaro savdo to‘siqlarini bekor qiladilar, lekin ularning har ikkalasi uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo to‘siqlarini buzmaydi. Bunday hududda qatnashuvchi mamlakatlar chegaralaridagi bojxona nazorati saqlab qolinishi kerak. Uning maqsadi - qo‘shni qatnashchi mamlakatlarning sustroq bojxona to‘sig‘i orqali uchinchi mamlakatlardan hududga kirib keluvchi import mollar uchun soliq undirish yoki uni ta’kiklashdan iborat (bu qoida uchinchi mamlakatlarga mol eksport qilishga ham taalluqlidir). Bunga 1960 yillarda tashkil topgan Yevropa erkin savdo uyushmasi (EESU) misol bo‘la oladi. Unga 6 mamlakat birlashgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi davlatlararo erkin savdoni yuritishdan iboratdir. YeESU integratsiyaning quyi shakli bo‘lib hisoblanadi, chunki u muntazam kooperatsion aloqalarni bildirmaydi. MDH mamlakatlari o‘rtasidagi bitim erkin savdo zonasiga ikkinchi bir misoldir. O‘zbekiston erkin savdo o‘rtasida Ozarbayjon, Armaniston, Belarussiya, Qozog‘iston, Moldaviya, Rossiya va Ukraina bilan shartnomalar tuzgan. Bu shartnomalarga binoan tomonlar mazkur mamlakatlardan chiqariladigan va ular hududiga olib kiritiladigan tovarlardan bojxona to‘lovi olmaslik majburiyatini qabul qilgan. SHu asosida O‘zbekiston shartnoma tuzilgan davlatlardan chiqariladigan va respublika hududiga olib kiriladigan tovarlardan boj olmaydi.
2. Bojxonalar ittifoqi. Bunda qatnashchi mamlakatlar o‘zaro savdoda barcha cheklanishlarni bartaraf etibgina qolmay, tashqi savdo to‘siqlarining yagona tizimini ta’sis etodilar. Bu bilan ichki chegaralarda bojxona xizmatini saqlash zaruriyatini soqit qiladilar. Yevropa ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga misoldir. Yevropa ittifoqiga 1958 yilda asos solingan bo‘lib, 1993 yilga kelib u G‘arbiy Yevropadagi 12 mamlakatni birlashtirdi. Bu uyushmaninig asosiy vazifasi ishtirokchi mamlakatlar doirasida resurslar, tovarlar va xizmatlar xarakatini milliy chegaradan xoli ravishda erkin ko‘chib yurishini ta’minlash, umummiy bozorni vujudga keltirish, bozor vositasida tovarlarni davlatlararo taqsimlab, aholi talab-ehtiyojini qondirishdir. YeI tarzida G‘arbiy Yevropa bojxona ittifoqining tuzilishi savdo integratsiyasi natijalarini amaliy baholash imkonini tug‘diradi. Dunyodagi eng atoqli iqtisodchilarning fikricha, YeI doirasida bojxona ittifoqi natijasida savdoning o‘sishi ko‘proq bo‘ladi.
3. Umumiy bozor. Uning doirasidagi qatnashchilar savdodan tashqari ishlab chiqarish omillarining barchasini bemalol ko‘chirish (ishchi kuchi va sarmoya migratsiyasi) erkinligiga ham ega bo‘ldilar. Bunga yana o‘sha Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozori misol bo‘la oladi. Uning hozirgi rasmiy nomi - Yevropa ittifoqidir.
4. To‘la iqtisodiy ittifoq. Bunda qatnashchi mamlakatlar o‘z iqtisodiy siyosatlarini, shu jumladan, pul, soliq va ijtimoiy siyosatni, shuningdek, savdoga hamda ishchi kuchi va sarmoya oqimiga taalluqli siyosatni bir xillashtiradi.
Dunyoda davlatlarning necha o‘nlab iqtisodiy birlashmalari mavjud. ASEAN (Janubiy SHarqiy Osiyo) mamlakatlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalari faol rivojlanmoqda. MDH mamlakatlari doirasidagi iqtisodiy hamkorlik ayniqsa, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida tuzilgan Markaziy Osiyo umumiy bozorini tashkil etish haqidagi bitimni ham tilga olib o‘tish kerak. SHimoliy Amerika iqtisodiy ittifoqi (NAFTA) to‘g‘risidagi bitimga katta umid bog‘lanmoqda. Jahonda rivojlanayotgan yosh mamlakatlarga xos, lekin barqaror bo‘lmagan boshqa integratsiya uyushmalari ham bor. Ularning ishtirokchilari o‘tmishdagi mustamlakalar bo‘lib, iqtisodiyoti bir yoqlama, ya’ni xom ashyo yetkazishga asoslangan, shu sababli bir-birini to‘ldirib, yagona kompleksni tashkil eto olmaydi. Integratsion aloqalarning paydo bo‘lishi jahon xo‘jaligiga xos voqelik, ammo ular umumiy tus olish uchun hamma mamlakatlarda sharoit muhayyo bo‘lishi kerak.


13.4. O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi va yo‘nalishlari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning tutgan o‘rni va ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlari
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi yerishgach, ham siyosiy, ham iqtisodiy sohada ko‘pgina yutuqlarga yerishdi. Ularning eng muhimlaridan biri – bu respublikamizning jahon hamjamiyatida faol ishtirok etib, milliy manfaatlarga mos keladigan ko‘p tomonlama siyosat yuritishi va shu asosda jahon xo‘jaligida tutgan o‘z o‘rnini mustahkamlab borishdir.
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat maydonida borgan sari munosib o‘rinni egallab bormoqda. Qo‘yilgan ko‘pgina amaliy qadamlar O‘zbekistonning halqaro hamjamiyatda uzoq muddatli, istiqbolli yaratuvchilik faoliyatini olib borishga mo‘ljallangandir.
Boshqa davlatlar bilan bo‘ladigan iqtisodiy integratsiya davlatning har xil ehtiyojlarini qondirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi va fan-texnika taraqqiyotini jaddalashtirishga, millatlararo yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi.
Xo‘jalik aloqalarining baynalminallashtirish jarayonlarining kuchayib borishida, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda mustahkamlashda tashqi iqtisodiy omil muhim rol o‘ynamoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanish xususiyatlari va ularning ishlab chiqarishdagi samaradorligi milliy iqtisodiy barqarorlikni va uning rivojlanish xarakatini aniqlaydi. SHunga ko‘ra jahon mamlakatlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e’tibor bermoqdalar.
Ayniqsa, bu mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tgan respublikamiz uchun muhim ahamiyat kasb yetmoqda. Sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa qilish imkoniyatidan mahrum yedi. Bundan tashqari xo‘jalik yuritishning yopiq, sotsialistik boshqaruv tizimi sharoitida, kapital migratsiyasi, ishchi kuchi migratsiyasi, valyuta-kredit munosobatlari kabi xalqaro ayriboshlash turlari deyarli rivojlanmagan yedi. SHuning uchun ham o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarning barchasi O‘zbekistonni jahon xo‘jaligi tizimiga teng xuquqli kirishiga va barcha mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.
Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‘stirishga ko‘maklashsa, boshqa tomondan, O‘zbekistonning boy resurslari va ishlab chiqarish imkoniyatlarining jahon xo‘jaligiga ko‘shilishi, uning umumjahon iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytiradi.
Integratsiya – O‘zbekiston Respublikasining jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borshini tezlashtiradi. SHuning uchun ham O‘zbekiston iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlarning borishi muhim o‘rin tutmoqda.
Xullas, O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo Hamjamiyati (MOH), MDH va Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotlari (IHT) miqyosidagi integratsion aloqalarini kuchaytirishi, balki istiqbolda jahondagi boshqa bir qator integratsion uyushmalar bilan ham mustahkam munosabatlar o‘rnatishi lozim.
2011-2015 yillarda tarkibiy o‘zgarishlarni, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni izchil davom ettirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, shuningdek, transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan faol investitsiya siyosati olib borildi.
Iqtisodiyotning bunday yuqori sur’atlarda rivojlanishi asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining 9,6 foizga, xizmatlar ko‘rsatish hajmining 12,5 foizga, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining 6,6 foizga, shuningdek, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi hisobiga ta’minlandi1.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy hajmi ichki resurslarni safarbar qilish hisobidan amalga oshirildi.
Bu mablag‘lar, avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni amalga oshirayotgan korxonalarning o‘z mablag‘larini ko‘paytirishi, soliq yukini yanada kamaytirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va aholining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish hisobidan hosil bo‘ladi.
Strategik muhim, birinchi navbatda, infratuzilmani shakllantirish, ishlab chiqarishni rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ichki resurslarni jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi alohida o‘rin egalladi. Mazkur jamg‘armaning eng muhim vazifalaridan biri strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish maqsadida yirik xorijiy investor va sheriklarni jalb etishdir. Masalan, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 1,28 milliard dollarga teng bo‘lgan Tolimarjon issiqlik elektr stantsiyasida ikkita bug‘-gaz moslamasini qurish loyihasi shular jumlasidandir.
Aynan ana shu hamkorlikning moliyaviy ko‘magida kelgusi yillar davomida O‘zbek milliy avtomagistrali uchastkalarini qurish, ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish, qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilash, polivinilxlorid va kaustik soda ishlab chiqarish bo‘yicha yangi majmua barpo etish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi ko‘plab loyihalar amalga oshiriladi.


8.5. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o‘rni va ularning hamkorlik aloqalari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini faollashtirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida O‘zbekiston XVF, XTTB, YeTTB, OTB, ITB kabi moliya-kredit institutlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Uzluksiz makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘smishing yuqori sur’atlarini ta’minlash, tuzilmaviy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirib borish, iqtisodiyotning tayanch va ijtimoiy infratuzilmalarini bosqichma-bosqich modernizatsiyalashtirib borishni ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiy strategiyasi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik ko‘lamining o‘sib borishiga zamin yaratadi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) 1945 yilda tashkil etilgan va o‘sha 186 ta mamlakat a’zo. XVFning maqsadi a’zomamlakatlar valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish, to‘lov balansini tartibga solish va valyuta kursining barqarorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qarz berish hisoblanadi. Buning uchun fond to‘lov balansida qiyinchiliklar sezayotgan o‘z a’zolarini moliyalashtiradi, ularning xo‘jalik yuritish usullarini yaxshilashga qaratilgan texnik yordam ko‘rsatadi.
Oxirgi o‘n yilda XVFning moliyaviy vositachi va yirik kreditor sifatidagi roli oshdi. Qarzlar a’zo mamlakatlar badallaridan tashkil topgan umumiy resurslar hisobidan hamda SDR shartli birliklaridagi maxsus hisobdan berilishi mumkin.
Kreditlarni berish va qaytarish to‘lov balansi muammosining xususiyatlari hamda holatlariga bog‘liq tarzda farqlanib, quyidagilardan iborat:

Download 65.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling