13-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning o‘rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish
-jadval XVF kreditlash shartlari2
Download 65.76 Kb.
|
13-ma\'ruza
3-jadval
XVF kreditlash shartlari2
«Stend-bay» kreditlar. XVF kreditlash siyosatining asosini tashkil etodi. «Stend-bay» krediti to‘g‘risidagi shartnomaga asosan a’zo mamlakatlar to‘lov balansida qisqa muddatli muammolarni bartaraf etish uchun odatda 12 — 18 oyga belgilangangan miqdorda kredit olish huquqiga ega. Kengaytirilgan kreditlash mexanizmi. XVF kengaytirilgan kreditlash mexanizmi bo‘yicha a’zo mamlakatlar belgilangangan miqdorda kredit olish huquqiga ega bo‘lib, odatda, uch-to‘rt yilga taqdim etiladi. Ushbu mexanizm asosida ajratilgan mablag‘lar a’zo mamlakatlarda to‘lov balansi holatiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tuzilmaviy xususiyatga ega muammolarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi. Kambag‘allikka qarshi va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi. Qo‘shimcha zahiralarni moliyalash mexanizmi. Qoplovchi moliyalash 1963 yilda joriy etilgan bo‘lib, jahon bozorlarida tovar xom ashyo narxining o‘zgarishi natijasida eksport tushumi kamomadi hosil bo‘lgan yoki oziq-ovqat importi qiymatining o‘sishiga duch kelgan mamlakatlarga taqdim etiladi. Favqulodda yordam. Ushbu tartib favquloddagi holatlar tufayli to‘lov balansida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda a’zo mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1962 yilda joriy etilgan. 1995 yilda a’zo mamlakatlarda harbiy mojarolar tufayli ularning institutsional va ma’muriy salohiyatiga putur yetkazilgani sababli mazkur tartibni qo‘llash miqyosi yanada kengaytirilmokda. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) — Umumjahon banki guruhining asosiy tashkiloti bo‘lib, o‘rta va kam daromadli, to‘lov qobiliyatiga ega mamlakatlar hukumatlariga qarz beradi. XTTB 1944 yilda tashkil etilgan va hozirda a’zo mamlakatlar soni 186tani tashkil etodi. XTTBning maqsadi — a’zo-mamlakatlar iqtisodiyotini qayta tiklashga va rivojlanishiga kapital qo‘yilmalar berish, investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish orqali qo‘llab-quvvatlash, to‘lov balansi muvozanatini ta’minlashga qaratilgan qarz berishdan iborat. XTTB, odatda, 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddatda uzoq muddatli kreditlarni beradi. Bankning resursi ikki manbadan shakllanadi. SHu jumladan, asosiy qismi moliya bozorlarida turli xil qarz majburiyatlarini joylashtirishdan shakllanadi. XTTB a’zo mamlakatlarga hukumat kafolati asosida qarz beradi. Qarzni odatda 10-15 yil muddatga 5 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi. XTTBning foiz stavkasi har 6 oyda o‘zgaradi va o‘rtacha 7% atrofida belgilanganadi. XTTB ustaviga muvofiq aholi jon boshiga 5055 dollargacha YaIM to‘g‘ri keladigan mamlakatlargina bankdan qarz olish huquqiga ega. Yirik taraqqiy etgan mamlakatlar, xususan, bankning 5 ta eng yirik aktsionerlari qarz olishi mumkin emas. Jahon banki qariyb 70 yillik faoliyati mobaynida 140 ta mamlakatda qiymati 300 mlrd. dollarga teng 6 mingdan ortiq loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etgan. Ushbu bank tomonidan O‘zbekistonga ajratilayotgan kreditlar iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, jumladan, xususiylashtirish, moliya sektorini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirildi. Download 65.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling