Loyihaning nomi
|
Hajmi mln. doll.
|
Loyihaning qisqacha tavsifi
|
Qishloq xo‘jalik korxonalarini rivojlantirish
|
50
|
Qishloq joylaridagi kichik biznes korxonalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash. Moliyalashtirish 28 ta investitsion loyiha bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
|
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani infratuzilmasini rivojlantirish va xo‘jaliklarini qayta tarkiblash
|
36
|
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish hamda fermerlarning paxta va bug‘doy etishtirishdan oladigan daromadlarini barqarorlashtirish. Ushbu loyiha sinov loyihasi bo‘lib, keyinchalik uni mamlakat miqyosida joriy etish ko‘zda tutilgan.
|
Don yekinlarining hosildorligini oshirish
|
26
|
Bug‘doyni etishtirish, qayta ishlash, sotishning tejamli va barqaror tizimlarini rag‘batlantirish. Loyiha 217 ming qishloqdagi uy xo‘jaligiga foyda keltiradi, shularning 35%i kam ta’minlangan oilalardir.
|
Amu-Zang kanali mashina tizimlarini tiklash
|
73,2
|
Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini, fermerlar daromadlarining barqarorligini saqlash va oshirish
|
Erlarning meliorativ holatini yaxshilash
|
60,2
|
Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining 9 ta tumanida yerlarning degradatsiya muammosini hal qilish
|
Umumta’lim tizimida darsliklar va o‘quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish
|
260
|
Darsliklarning sifati, foydalanish muddatini oshirish yo‘li bilan umumta’limning sifati va ahamiyatini oshirish.
|