13-mavzu: Kolloid sistemalarning olinishi va tozalash usullari
Ultratovush yordamida “changlatish” usuli
Download 161.9 Kb.
|
3-Mavzu Kolloid sistemalarning olinishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Peptizatsiya usuli Kolloid sistemalarni olishda mexanik usul
- Fizikaviy kondensatsiya usuli.
Ultratovush yordamida “changlatish” usuli.
Kolloid eritmalar peptizatsiya usuli bilan ham hosil qilish mumkin. Zolning koagulyatsiya mahsulotini qaytadan kolloid eritma holatiga o’tkazish peptizatsiya deyiladi. Peptizatsiyani amalga oshirish uchun kolloid cho’kmasiga (koagulyatga) biror elektrolit qo’shib, erituvchi bilan aralashtiriladi. Kolloid eritma olishda ishlatilgan elektrolit peptizator deyiladi. Peptizatsiya tezligiga turli omillar (peptizatorning kimyoviy xossasi, konsentratsiyasi, cho’kmaning holati va uning miqdori, temperatura, pH va hokazolar) ta’sir etadi. Peptizatsiya usuli Kolloid sistemalarni olishda mexanik usullari bilan birga kimyoviy usullar ham qo’llaniladi. Kondensatsiya usuli ham ikki xil bo’ladi: fizikaviy kondensatsiya kimyoviy kondensatsiya. II. Kondensatsion usul. Fizikaviy kondensatsiya usullaridan biri dispersion muhitga qattiq jism bug’ini yuborish usulidir. Bu usul bilan simob, oltingugurt, fosfor zollari olinadi. Bu usulga erituvchini almashtirish usuli ham kiradi. Bu usulning mohiyatini quyidagi misolda ko’rsatib o’tamiz. Ma’lumki, ba’zi organik kislotalar etil spirtda yaxshi, lekin suvda yomon eriydi. Bunday kislotalarning suvdagi kolloid eritmalarini hosil qilish uchun avval kislota spirtda eritiladi, so’ngra hosil bo’lgan eritmaga asta-sekin suv qo’shib suyultiriladi. Suv spirt bilan har qanday nisbatda aralasha olganligidan, spirtda erigan organik kislotaning suvli spirtda eruvchanligi pasayib, uning suvdagi kolloid eritmasi hosil bo’ladi. Shu yo’l bilan oltingugurtning kolloidi olinadi. Fizikaviy kondensatsiya usuli. Kolloid sistemalarni turli kimyoviy reaksiyalar yordamida ham hosil qilish mumkin. 1 – qaytarilish, 2 – oksidlanish, 3 – almashinish, 4 – gidroliz va boshqa reaksiyalarga asoslangan usullar kiradi. Kimyoviy kondensatsiya usuli. Qaytarilish reaksiyasi yordamida dispers faza chin eritma biror qaytaruvchi modda ishtirokida qaytariladi. Masalan, oltin gidrozilini hosil qilish reaksiyasi. Bu reaksiya quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi: 2HAuCl4 + 5K2CO3 = 2KAuO2 + 8KCl + 5CO2 + H2O 2KAuO2 + 3HCOH + K2CO3 = 2Au + HCOOK + KHCO3 + H2O Oltin zolini olishda KAuO2 ni chumoli aldegid bilan qaytariladi. Shuningdek, vodorod sulfidni sulfit angidrid bilan qaytarish orqali oltingugurtni kolloid holatiga o’tkazish mumkin: 2H2S + SO2 = 3S↓ + 2H2O Download 161.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling