13-mavzu: Kolloid sistemalarning olinishi va tozalash usullari


Download 213.89 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi213.89 Kb.
#1362656
  1   2   3
Bog'liq
4-Mavzu Kolloid sistemalarning tozalash usullari

4-MAVZU: Kolloid sistemalarni tozalash usullari.

REJA

  • Kolloid eritmalarni tozalash dializ usuli.
  • Kolloid eritmalarni tozalash elektrodializ usuli.
  • Kolloid eritmalarni tozalash ultrafiltrasiya usuli.
  • Kolloid eritmalarni tozalash ultrasentrifugalash usuli.

Kolloid eritmalar hosil bo’lganda ularning tarkibida dispers fazadan tashqari kislota, asos va tuzlar ham bo’ladi. Kolloid eritma barqaror bo’lishi uchun bu eritmada ma’lum miqdorda elektrolitlar ham bo’lishi kerak. Lekin kolloid eritmadan ortiqcha miqdordagi elektrolitlarni yo’qotish zarur. Kolloid eritmadagi ortiqcha elektrolitni yo’qotish uchun
1) Dializ
2) Ultrafiltrlash
3) Elektrodializ
4) Ultrasentrifugalash usullaridan foydalaniladi.
KOLLOID ERITMALARNI TOZALASH
Bu usulda yarim o’tkazgich membrana ishlatiladi. Membranadan ionlar o’tadi, lekin katta o’lchovga ega bo’lgan zarrachalar o’ta bilmaydi. Bu usulni birinchi bo’lib Grem tavsiya etgan.
Kolloid sistemalarning dializi dializator asbobida amalga oshadi.
1. Dializ.
Tagi hayvon pufagi yoki kollodiy pardadan iborat idishga tozalanishi kerak bo’lgan kolloid eritma solinadi. So’ngra bu idish suv solingan boshqa idishga tushiriladi. Idishdagi suv vaqti-vaqti bilan aralashtirilib turiladi. Hayvon pufagi yoki kollodiy parda devorlarida juda mayda teshiklar bo’ladi. Bu teshiklardan molekula yoki ionlar o’ta biladi, lekin kolloid eritmaning zarrachalari o’ta bilmaydi. Kolloid eritmadagi elektrolitlar suvda diffuziyalanib, parda orqali kolloid eritmadan chiqib ketaveradi. Suvni almashtirish yo’li bilan kolloid eritmani istalgan darajada tozalash mumkin.
Dializ jarayonini bajarish uchun qurilmaning sxemasi tasvirlangan. Stakanga toza erituvchi, masalan suv solinadi. Voronkasimon idishning pastki qismi yarim o’tkazuvchi membrane sifatida kollodiy, sellofan plenkasi yoki xom teri bilan qoplanadi.
Bu idishga kolloid eritma solinadi. Eritmani stakandagi suvga tushiriladi. Yarim o’tkazuvchi pardaning mikrog’ovoklari orqali kolloid eritmadan elektrolit ionlari suvga o’tadi, dispers faza zarrachalari o’tolmaydi.
Stakandani suvni bir necha marta almashtirib, dializ jarayonini oxirigacha olib borish mumkin. Olingan namuna qo’shimcha ionga xos sifat reaksiya bermaganda dializ to’xtatiladi.
Kolloid eritmani teshiklarining o’lchami kolloid zarracha o’lchamlaridan kichik bo’lgan fil’trlardan foydalanib ham elektrolitlardan tozalash mumkin. Bu usul Ultrofiltrlash deyiladi. Filtrlаsh jаrаyonidа оddiy filtr qоg‛оzdаn fоydаlаnilmаydi, chunki undаn kоllоid zаrrаchаlаr оsоnlik bilаn o‛tаdi, shuning uchun mахsus filtrlаr (sеllоfаn yoki kоllоdiy shimdirilgаn filtr qоg‛оz) ishlаtilаdi. Filtrlаshni tеzlаtish uchun mа‘lum vаkuum ustаnоvkаsidаn fоydаlаnilаdi. Ultrafiltr voronkasimon idish bo’lib, uning keng tomoniga kollodiydan tayyorlangan membrana o’rnatiladi. Filtrlashni tezlatish uchun voronkaning tor qismi vakuum nasosga ulanadi.

Download 213.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling