13-mavzu: Kolloid sistemalarning olinishi va tozalash usullari


Download 213.89 Kb.
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi213.89 Kb.
#1362656
1   2   3
Bog'liq
4-Mavzu Kolloid sistemalarning tozalash usullari

2. Ultrafiltrlash.
Tegishli membrana ishlatib, kollodiy eritmani elektrolitlardan va bir zolni ikkinchi zoldan ajratish mumkin. Buning uchun membrana teshiklarining diametri bir zol zarrachalaridan katta, ikkinchi zol zarrachalaridan kichik bo’lishi kerak.
Kolloid eritmalarni tozalashda eng muhim usul – elektrodializ. Dializ elektr toki yordamida tezlatiladi. Ikki membrana oralig’iga elektrolitlardan tozalanishi kerak bo’lgan kolloid eritma solinadi. Idishning bir chekkasiga anod, ikkinchisiga katod o’rnatiladi. Idish orqali elektr toki o’tkazilganda musbat ionlar katodga, manfiy ionlar esa anod tomon harakat qiladi. Ular membranadan o’tib, idishning elektrodlar tushirilgan qismlariga yig’ila boshlaydi. Tozalangan zol esa ikki membrana o’rtadagi qismiga qoladi.
3. Elektrodializ.
Elektrodializ organik kolloidlarni tozalashda keng qo’llaniladi. Sanoatda elektrodializdan jelatina, yelim va hakozolarni tozalashda keng foydalaniladi.
Elektrodializatorda kolloid eritma yarim o’tkazuvchi membrana bilan ajratilgan erituvchi orasiga joylashtiriladi. Erituvchi muhitiga elektrodlar joylashtiriladi va doimiy elektr toki manbasiga ulanadi. Kolloid eritmadagi kationlar katodga, anionlar anodga harakatlanib, eritmadan chiqarib yuboriladi.
Kolloid eritmalar, xususan tozalangan va stabilizator qo’shilgan liofob kolloid eritmalar termodinamik jihatdan beqaror bo’lishiga qaramasdan juda uzoq vaqt mavjud bo’la oladi. Masalan, 1857 yilda M. Faradey tayyorlagan qizil tusli oltin zoli shu kunlarga qadar saqlanibkelinmoqda. Bunday zol tayyorlash uchun Faradey olti tuzining suvdagi eritmasidan oltinni oq fosfor bilan qaytarish reaksiyasidan foydalanilgan. Shunga asoslanib, kolloid sistemalar metastabil muvozanat holatida juda uzoq vaqt mavjud bo’la oladi, degan xulasaga kelish mumkin.
Kolloid eritmalarni tozalashda va ularni turli fraktsiyalarga ajratishda eng ko’p ishlatiladigan metod – Ultrasentrifugalash metodidir.
Kolloid eritmalarni tozalash uchun sentrifugalash datslab 1913 yilda A.V. Dumanskiy foydalandi. Keyinchalik shved olimi Svedberg va uning shogirtlari 105-106·g (g – yerning tortish kuchi tezlanish 9,8) yaqin tezlanish bilan ishlaydigan ultrasentrifuga (minutiga 60000 marotiba aylanadi) lar yaratishga muvaffaq bo’ldi.

Download 213.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling