13-mavzu. Latifa va lof janrlarining o‘ziga xos xususiyatlari Reja


Download 22.54 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi22.54 Kb.
#1495270
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matni

GLOSSARIY
Janr (fr. genre – jins, tur, xil) – adabiy janr, adabiy asarlarning tarixan shakllanuvchi tipi, muayyan davr milliy yoki jahon adabiyotida umumiy xususiyatlari bilan turli ko‘lamdagi guruhlarni tashkil qiluvchi asarlarni anglatuvchi tushuncha. J. terminining qo‘llanishida turlichalik kuzatiladi: ayrim manbalarda J. termini adabiy tur (epos, lirika, drama) ma'nosida ishlatilsa, boshqa birlarida ancha tor ma'noda (epos – tur, roman – xil, tarixiy roman – janr) qo‘llanadi.
Shakl va mazmun - voqea-hodisalarning tashqi ko‘rinishini aks ettirish orqali ularning ichki mohiyatini gavdalantirish.
Metafora - yunoncha “metaphora” so‘z bo‘lib, “ko‘chirish” degan ma'noni anglatadi. U narsa-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslangan bo‘ladi. Biroq metafora aynan o‘xshatish emas.
Metonimiya - ikki tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka asoslangan o‘xshashsiz ko‘chim. Metonimiya yunoncha “metonomadzo” so‘z bo‘lib, “qayta nomlash”dir.
Sinekdoxa - yunoncha “synecdoche” so‘z bo‘lib, unda bir qism yoki bo‘lak orqali yaxlit, butun narsa bildiriladi va aksincha. Ya'ni, bir butun hodisa orqali uning ayrim bo‘lagi haqida mulohaza yuritiladi.
Jonlantirish - kishilarga xos xususiyatlarni jonsiz va mavhum narsa-hodisalarga ko‘chirishdir. Masalan, xo‘mraygan bulutlar deyiladi. Bunda kishilarga xos xo‘mrayish jonsiz bulutga ko‘chirilgan bo‘ladi. Asarlarda tog‘-tosh, shamol, daraxt, mevalar xuddi odamlarga o‘xshatib gapirtiriladi.
Sifatlash - narsa-hodisaning biror bir belgi, xususiyatini aniq-ravshan alohida ajratib ko‘rsatishdir. Sifatlash ikki xil bo‘ladi. Birinchisi oddiy sifatlash bo‘lib, unda narsa-hodisalarning o‘tkinchi belgilari ta'kidlanadi. Ikkinchisi, doimiy sifatlash bo‘lib, bunda narsa--hodisalarning doimiy xususiyatlari aytiladi.
O‘xshatish - narsa-buyumning ma'lum bir belgisini boshqa narsa-buyumga solishtirishdir. O‘xshatish fikrni yaqqol ifodalash imkoniyatini beradi.
Mubolag‘a narsa-hodisalarning xususiyat, belgilarini kuchaytirib, orttirib tasvirlashdir. Mubolag‘a muayyan narsa-hodisalarni boshqalaridan alohida ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘llanadi.



Download 22.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling