13-mavzu. Latifa va lof janrlarining o‘ziga xos xususiyatlari Reja
Download 22.54 Kb.
|
portal.guldu.uz-Ma`ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
2. Loflarning janr xususiyati. Xalq og‘zaki ijodidagi loflar mubolag‘a san'atiga asoslanadi. Lug‘atda «lof» - fors tilidan olingan so‘z bo‘lib, quruq (puch) gap, safsata, maqtanchoqlik. 1.Folklordagi hajviy-yumoristik janrlardan biri: haddan tashqari bo‘rttirilgan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on gap»1 deb izohlangan.
Loflar xalq og‘zaki ijodining latifalar va askiya kabi kulgi uyg‘otuvchi ommaviy janri hisoblanadi. Asosan, janrda qo‘llanadigan san'at mubolag‘aning ig‘roq va g‘uluvv turi hisoblanadi. Loflar badiiy adabiyotning epik turi (jinsi)ga mansub janr. Uning hajmi cheklangan: ikki-uch, uch-to‘rt jumladan iborat. Asosan, dialogda qatnashgan ikki lofchi suhbatidan bir lavha tarzida bo‘ladi. Ularda bo‘rttirilgan yolg‘on voqyea to‘qishda mohir, tajriba to‘plagan lofchi deb hisoblangan shaxslar musobaqalashadi. Har ikki taraf aytayotgan voqyeasining yolg‘on va to‘qima ekanini juda yaxshi biladi, lekin mutlaqo bu fikrini ochiq aytmaydi. Bu shart buzilsa, lof butun mohiyatini, jozibasini yo‘qotadi. Aksincha, bir lofchi suhbatdoshining bo‘rttirilgan yolg‘on gapini aksariyat hollarda tasdiqlaydi, e'tiroz bildirmaydi. Faqat lofning mazmunidan xabar topganidan so‘ng unikidan o‘tkirroq, yana ham mubolag‘ali, yolg‘onroq javob topishi lozim. Muhimi, ikkinchi lofchi keyin javob bergani uchun lof shu o‘rinda tugaydi. Ba'zan dialoglar bir oz davom etishi mumkin, lekin bari bir so‘nggi fikr bildirgan lofchi g‘olib chiqaveradi. Latifalarda, lofda, askiyada kulgiga sabab bo‘lgan jumlani kashfiyot darajasida baholash mumkin. Ularni o‘ylab topgan shaxs katta hayot tajribasiga ega bo‘ladi, ayniqsa, vaziyatni to‘g‘ri baholab kulgi hosil qilish mahoratini namoyish etadi. Buning uchun u til boyligidan ham yaxshi foydalana olish fazilatiga ega bo‘lishi zarur. Nazorat savollari 1. Latifa va loflarning farqli jihatlarini sanab bering. 2. Loflarning janr xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz? Foydalanish uchun adabiyotlar: Muhammadyiev R. Askiya. – T., 1962. Askiyada ijrochilik mahoratini oshirish yo‘llari (metodik tavsiyanoma). Tuzuvchilar: Jo‘rayev M, Sobitova T. - T, 1985. Said Anvar. Muhiddin Darvesh. - T.: Sharq NMAK, 2006. Razzoqov H. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida satira va yumor. - T.: Fan, 1965. Safarov O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. – T., “Musiqa”, 2010 Madayev O. O’zbek xalq og’zaki ijodi. T.: “Mumtoz so’z”, 2010 Yo‘ldosheva F. O‘zbek latifalarida Nasriddin afandi obrazi. - T.: Fan, 1979. Shoh Akbar va dono Birbol. - T., 1994. Afandi latifalari. - T., 1989. Sarimsoqov B. Lof / O‘zbek folklori ocherklari. 2-tom. - T.: Fan, 1989. Download 22.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling