MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB INGLIZ VA O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING JANR XUSUSIYATLARI………………………………………………………………..8
1.1. Folklorda ertakning janr sifatidagi xususiyati hamda uning tahlili....................8
1.2. Ingliz ertaklarining o‘ziga xos xususiyatlari…………………………..…….15
1.3. O‘zbek ertak janri va taraqqiyot asoslari………………………………..……20
I bob yuzasidan xulosalar……….………………………………………………...29
II BOB INGLIZ VA O‘ZBEK SEHRLI ERTAKLARINING QIYOSIY TIPOLOGIYASI……………………………………………………………...…31
2.1. Ingliz va o‘zbek sehrli ertaklari syujetining qiyosiy tahlili………………..…31
2.2. Ingliz va o‘zbek sehrli ertaklarida “tilsim predmetlar” talqini………………43
2.3. Ingliz va o‘zbek ertaklarida vazifadosh sehrli predmetlar obrazi…………...56
2.4. Ingliz va o‘zbek ertaklarida oziq-ovqat bilan bog‘liq sehrlar……….……….63
II bob yuzasidan xulosa.…………………………………………………………..65
III BOB SYUJETI O‘XSHASH O‘ZBEK VA INGLIZ ERTAKLARI QIYOSIY TIPOLOGIYASINING AMALIY TAHLILI………………….….69
3.1. “Bo‘g‘irsoq” o‘zbek ertagi va ingliz “Johnny Donut” ertagi sehrli predmetlarining solishtirma tahlili…………………………………………...…...69
3.2. “Zumrad va Qimmat’’ hamda “Cindrella” ertaklari qiyosiy tipologiyasi…..73
III bob yuzasidan xulosa.………………………………………………………….78
XULOSA……………………………………………………………………..…..81
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………...86
KIRISH
Jahon folklorshunosligida ertakchilik anʼanalari, professional ertakchilar repertuari dastlab etnografik, psixologik nuqtai nazardan o‘rganilgan bo‘lsa, keyinchalik ertak nazariyasi va epik ijod tabiatini tadqiq etuvchi ilmiy konsepsiyalar yuzaga kelib, rivojlandi, natijalarga erishildi. Shu konsepsiyalar asosida ertakchilarning repertuari, ertak ijrochiligining o‘ziga xos xususiyatlari, ertakchilik anʼanalarida marosimlarning o‘rni, ertakchi ijodiga hududiy faktorlarning ta'siri, professional ertakchilik, xalq ertaklarining yozib olinishi va nashrlari kabi masalalarni har tomonlama tadqiq etishga keng imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Bu masalalarning ijobiy hal etilishi xalq ertaklarining insoniyat badiiy tafakkuri tadrijidagi o‘rni va har bir shaxs kamolotidagi missiyasini aniq belgilashga, baholashga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |